Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Qayum Nosiriy

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Qayum nosiriydan yoʻnaltirildi)
Qayum Nosiriy
Tavalludi2(14) fevral1825
Vafoti20 avgust (2-sentyabr)1902
Ijod qilgan tillariTatar tili va Rus tili
FuqaroligiRossiya Imperiyasi

Qayum Nosiriy (taxallusi; asl ism-sharifiGʻabdulqayum Gʻabdennosirovich Nosirov)(2-fevral yoki 14-fevral 1825-yil hozirgiTataristonning Zelenodolsk tumani — 20-avgust yoki 2-sentyabr 1902-yil,Qozon) —tataryozuvchisi,olim va maʼrifatparvar.

Hayoti

[tahrir |manbasini tahrirlash]
Qayum Nosiriyning qabri

1841–1855-yillardaQozon madrasasida taʼlim olgan. 1855-yildan rus ruhoniylari bilim yurtida tatar tilidan dars bergan. Qozon untida erkin tinglovchi. 1871–1876-yillardaQozonda 1-rus-tatar maktabini ochib, unda oʻqituvchilik qilgan.

Faoliyati

[tahrir |manbasini tahrirlash]

„Sintaksis“ va bolalar uchun tabiat hodisalari haqidagi „Boʻsh vaqtlarda“ asarlari 1860-yil yozilgan.Tatar tilining ilmiygrammatikasini, toʻgʻri yozish qoidalari,matematika,geografiya,tarix va boshqalar boʻyicha darsliklar tuzgan va nashr ettirgan. „Qozon tatarlarining eʼtiqodi va urfodatlari...“ (1880), „Qozon tatarlarining xalq adabiyoti namunalari“ (1896), „Qozon tatarlari ertaklarini boshqa xalqlar ertaklari bilan solishtirish“ (1900) kitoblari nashr etilgan. „Tatarcha-ruscha lugʻati“ni tuzgan. Qayum Nosiriyning maʼrifatparvarlik gʻoyalari va nasriy asarlari tatar adabiyotining shakllanishi va rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etgan.

Asarlari:

  • „Boʻsh vaqtlarda“
  • „Favoqih al-julaso“[1]
  • „Qozon tatarlarining eʼtiqodi va urfodatlari...“ (1880)
  • „Qozon tatarlarining xalq adabiyoti namunalari“ (1896)
  • „Qozon tatarlari ertaklarini boshqa xalqlar ertaklari bilan solishtirish“ (1900)
  • „Sintaksis“
  • „Tatarcha-ruscha lugʻati“

„Favoqih al-julaso“ asari

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Qayum Nosiriy „Favoqih al-julaso“ (Doʻst bogʻining mevalari) kitobiniarab tilidagi mashhur „Mustatraf“ va „Ravza al-axr“ kitoblaridan qaysidir qismlarini olib, uni boblarga ajratadi vatatar tiliga tarjima qiladi. Asar 1884-yildaQozonda chop qilingan. Bundan tashqari asaroʻzbek tiliga ham tarjima qilinib,Toshkentdalitografik usulda nashr etilgan[2].

Manbalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  1. Ahmad Muhammad. Sharq haqni topdi..., (Sharq donishmandlari va allomalarining sara hikmatlari), Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2006 — 124-bet. 
  2. Hamidjon Xomidiy; Mahmud Hasaniy. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997-yil — 251-bet. 

Havolalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
VikiiqtibosdaQayum Nosiriyga tegishli iqtiboslar mavjud.
Stub ikonaUshbu maqolachaladir. Siz uniboyitib,Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
Bu andozanianiqrogʻiga almashtirish kerak.


Ushbu maqoladaOʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.


"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Qayum_Nosiriy&oldid=5248599" dan olindi
Turkum:
Yashirin turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2025 Movatter.jp