Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Portlovchi moddalar

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Portlovchi moddalar – tashqi taʼsirlar (zarba, issiklik va boshqalar) natijasida katta tezlik bilan kimyoviy reaksiyaga kirishib, koʻp issiklik va gaz ajratib chiqaradigan kimyoviy birikmalar yoki moddalar aralashmasi. Bu reaksiyalar Portlovchi moddalarning qizishi, unga berilgan zarb, ishqalanish, shuningdek, boshqa Portlovchi moddalarning portlashi yoki qandaydir tashqi taʼsir natijasida sodir boʻladi va zaryad boʻylab issiqlik tashigich (yonish) yoki zarbiy toʻlqin (detonatsiya) yordamida energiya uzatish hisobiga tarqaladi. Kondensatlangan qattiq va suyuq moddalar, gazlar, shuningdek, gazlardagi qattiq yoki suyuq moddalarning muallaq zarralari Portlovchi moddalar boʻla oladi. Detonatsiyada reaksiya shiddatli boradi va gazsimon mahsulotning temperaturasi bir necha ming gradusgacha koʻtarilib, hajmi zaryadning dastlabki hajmigacha siqiladi, bosimi bir necha yuz ming kg.kuch/sm2{\displaystyle ^{2}} gacha koʻtariladi. Siqilgan gaz tez kengayib, tevarakka kuchli zarb bilan tarqaladi – portlash yuz beradi. Portlay oladigan koʻpgina moddalardan 20—30 ga yaqini Portlovchi moddalar sifatida ishlatiladi. Shulardan asosiylari: trinitrotoluol, tetril, geksogen, oktogen, nitroglitserin, ten (tet-ranitropentaeritrin) va boshqa[1].

Manbalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


Ushbu maqoladaOʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.



Stub ikonaUshbu maqolachaladir. Siz uniboyitib,Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
Bu andozanianiqrogʻiga almashtirish kerak.
"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Portlovchi_moddalar&oldid=5212735" dan olindi
Yashirin turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2025 Movatter.jp