Geografiya (grekcha:γεωγραφία;γη yokiγαια — „Yer“,γραφειν — „tasvirlamoq“ yoki „yozmoq“ yoxud „xaritalamoq“) —Yerning geografik qobigʻi, uning struktura va dinamikasi, alohida komponentlarini hududlar boʻyicha oʻzaro taʼsiri va taqsimlanishini oʻrganadiganfanlar majmui. Antik dunyo gʻarb olimlari Yer yuzasining manzarasini „geografiya“ soʻzi bilan ifodalaganlar. Geografiya terminini dastlabEratosfen (mil. av. 276—194-yillarda yashagan) kiritgan.Oʻrta Osiyoda 9—10-asrlardan boshlab Geografiya soʻzi maʼnosida „surati arz“, „yetti iqlim“, „Kitob almasolik valmamolik“ („Mamlakatlar va masofalar kitobi“) iboralari qoʻllanilgan. 19-asrda va 20-asr boshlarida oʻzbek tilida „geografiya“ arabcha talaffuz bilan „jugʻrofiya“ shaklida yozilgan. (Davomi...)
Erbil (kurdcha:ھەولێر) —IroqningKurdiston viloyati markazi va eng yirik shahri. Shuningdek, tarixiy manbalarda shaharArbel nomi bilan ham uchraydi. Bugungi kunga qadar shahar aholisini roʻyxatga olish oʻtkazilmagan va aholining aniq soni maʼlum emas. Shahar aholisining soni 1 600 000 atrofida deya taxmin etiladi. Miloddan avvalgi 5-mingyillikda Erbil hududiga odamlar kelib oʻrnasha boshlagan. Shahar markazida qadimiy Erbil qal’asi va Mudafariya minorasi joylashgan. Mintaqaga oid eng qadimgi tarixiy maʼlumotShumerning uchinchi Ur sulolasi davriga toʻgʻri kelgan boʻlib, oʻshanda shoh Shulgi Urbilum shahri haqida taʼkidlagan. Keyinchalik shaharOssuriya tomonidan bosib olingan(Davomi...)