Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Plantatsiya

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Plantatsiya (lotincha plantatio — oʻsimlik ekish) — 1) yirik dehqonchilik xoʻjaligi. Bunday xoʻjaliklarda, asosan, tropik, subtropik ekinlar — paxta, choy,shakarqamish, kofe va boshqa yetishtiriladi. Buyuk geografik kashfiyotlar natijasida Yevropa mamlakatlari bosib olgan mustamlakalarda kapitalning dastlabki jamgʻarilishi davrida paydo boʻlgan. Dastlabki P. Vest-Indiyasa 16-asr boshlarida tuzildi. 19-asrning 1yarmida AQSH P. tizimining markazi boʻlgan davrda gʻoyat rivojlandi va qora tanli qullar mehnatidan shafqatsiz foydalanildi. 19-asr oxirida arzon yollanma ish kuchi va qisman majburiy mehnatdan foydalanadigan yirik latifundiyalar paydo boʻldi. 20-asrda mustamlakachilikdan ozodlikka erishgan koʻpgina mamlakatlarda P. xoʻjaliklari natsionalizatsiya qilindi. P. bir qancha rivojlanayotgan mamlakatda saqla-nib qolgan; 2) qishloq xoʻjaligi ekinlari bilan band boʻlgan katta yer maydoni.[1]

Manbalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


Ushbu maqoladaOʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.



Stub ikonaUshbu maqolachaladir. Siz uniboyitib,Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
Bu andozanianiqrogʻiga almashtirish kerak.
"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Plantatsiya&oldid=5190316" dan olindi
Yashirin turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2025 Movatter.jp