Pizza Hut (talaffuzi: Pitsa Hat;inglizchaHut – „kulba“) – dunyoning 100 dan ortiq mamlakatlarida 15 mingdan ortiq ovqatlanish joylariga ega pitseriyalar tarmogʻi[4]. Pizza Hut – Yum! Brandsning bir qismi.
1958-yildaKansasningWichita shahrida aka-uka Dan va Frank Carneylar tomonidan tashkil etilgan. U pitsaning amerikacha versiyasini, shuningdek,makaron,tovuq qanotlari,sarimsoqli non kabi o'xshash taomlarni tayyorlashga ixtisoslashgan. Dunyodagi eng katta pitseriya tarmogʻi boʻlgan.
Pizza Hut ikki turga: oilaviy tushlik uchun Pizza Hut va tez tayyorlanadigan Pizza Hut Express boʻlingan. Oilaviy pitseriyalarfastfud restoranlaridan koʻproq menyusi, koʻproq joylari va xodimlari (masalan, Golden Corral restoranlar tarmogʻidagi kabi) bilan farqlanadi.