Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Pasxa

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Pasxa (ibroniycha:פסח‎ [ˈpʲesəx] — oʻtmoq) —yahudiylar vaxristianlarningbahor bayrami. Qadimda koʻchmanchisemit qabilalari pasxani chorva mollarining bahorgi bolalash vaqtida bayram qilganlar. Bu qabilalarning oʻtroqlashishi va dehqonchilik bilan shugʻullanishi natijasida pasxa oʻrim-yigʻim bayramiga aylangan. Pasxa yaxudiylarning yillik bayramlari ichida eng eʼtiborlisidir. Bu bayram xristianlarning pasxasidan farqli oʻlaroq, yaxudiylarning Misrdagi Firʼavn qulligidan qutulib chiqqanlari (taxminan miloddan avvalgi 8-asr) munosabati bilan nishonlanadi. Yaxudiylar pasxa sida keyinchalik messiyani kutish gʻoyasi ham oʻz ifodasini topdi. Xristianlikda bu bayram Isoning tirilishi toʻgʻrisidagi rivoyat bilan bogliq boʻlib, pravoslavlarning asosiy bayrami hisoblanadi. Bahorgi tengkunlik va toʻlin oydan keyingi 1-yakshanbada nishonlanadi. Bayram kunlari sanasini hisoblab chiqish uchun jadvallar (pasxaliya) tuziladi. Pasxa pravoslav cherkovida Yuliy taqvimi boʻyicha (eski hisobda) 22 martdan 23 aprelgacha boʻlgan davrga; gʻarbiy xristianlarda — Grigoriy taqvimi boʻyicha 26 martdan 23 aprelgacha boʻlgan davrga toʻgʻri keladi.[1]

Manbalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



Ushbu maqoladaOʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.



Stub ikonaUshbu maqolachaladir. Siz uniboyitib,Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
Bu andozanianiqrogʻiga almashtirish kerak.
"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Pasxa&oldid=5485848" dan olindi
Turkum::
Yashirin turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2026 Movatter.jp