Parxish
Asboblar
Umumiy
Nashr/eksport qilish
Boshqa loyihalarda
Parhish — oʻsimliklarni vegetativ yoʻl bilan koʻpaytirish usullaridan biri. P. qilishda asosiy oʻsimlikning bir necha kurtakli novdasi (poyasi) yerga yotqizilgan holda koʻmilib, kurtakli uchi yer betiga chiqarib qoʻyiladi va koʻmilgan qismi ildiz olmaguncha asosiy oʻsimliqsan ajratilmaydi. Ildiz olgandan keyin asosiy oʻsimlikdan ajratiladi, shunda u mustaqil holda oʻsadi va rivojlana boshlaydi. Bu usuldan mevachilik, tokchilik, manzarali bogʻdorchilik va oʻrmonchilikda keng foydalaniladi.[1]
![]() | Ushbu maqoladaOʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Ushbu maqolachaladir. Siz uniboyitib,Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozanianiqrogʻiga almashtirish kerak. |