Paligorskit (Uraldagi Paligorskkoni nomidan), attapulgit,togʻterisi, togʻpoʻkagi, togʻyogʻochi —mortmorillonit guruhiga mansubmineral,magniyningsuvlisilikati. Monoklin yoki rombsingoniyali. Kristallari strukturasi choʻziqlentali yoki qatqat.Rangi oq, baʼzan sargʻishkulrang.Qattiqligi 2—2,5,zichligi 2100—2300 kg/m³.Arid iqlimli joylarda,dengiz va shoʻr suvlihavzalarda (koʻl valagunalar), qismannurashqobiqlarida magnezial silikatlar (mas,serpentin)dan qosil boʻladi. P.ning qattiq va zich massasi qoplama va qatlamcha shaklida, tarqoq kristallarigil minerallari,mergel vaohaqtoshlar orasida uchraydi. P.neftni qayta tozalash,qogʻoz sanoati,tibbiyotda,parmalashishlari vaqurilishda keng qoʻllanadi.Ukraina,Shim. Kavkazda, Oʻzbekistonda (Fargʻona,Surxondaryo viloyatlarida hamdaQizilqumda) P.konlari bor.[1]
![]() | Ushbu maqolachaladir. Siz uniboyitib,Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozanianiqrogʻiga almashtirish kerak. |
![]() | Ushbu maqoladaOʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |