Ozarbayjon | Polsha |
| Diplomatik vakolatxona | |
| Ozarbayjon elchixonasiVarshavada. Zwyciezcow ko'chasi, 12 03-941 | Polsha elchixonasiBokuda. Icheri-shahar, Kichik Gala ko'chasi, 2 |
| Elchixona | |
| Elchi Nargiz Gurbanova | Elchi Rafal Poborski |
Ozarbayjon — Polsha munosabatlariOzarbayjon vaPolsha oʻrtasidagi ikki tomonlama diplomatik munosabatlardir.
Har ikki davlatYevropa Kengashi vaYXHTning toʻlaqonli aʼzosi hisoblanadi.
Ozarbayjon va Polsha oʻrtasidagi diplomatik aloqalar XV asrda,Oq-Qoyunlu hukmdoriUzun-HasanYagiello bilan diplomatik aloqalar oʻrnatgan paytdan boshlangan.
Ledinskiy va Alimardan-bek Topchibashevlar Rossiya imperiyasi Davlat dumasida Polsha va Ozarbayjon muxtoriyati uchun kurashuvchi maxsus guruh tuzganlar.
1918-yildaOzarbayjon Demokratik Respublikasi tashkil etilganda Ozarbayjon armiyasining birinchi shtab boshligʻi polsha generali Matvey Sulkevich boʻlgan[1].

Polsha Ozarbayjon mustaqilligini 1991-yil 27-dekabrda tan oldi.
Diplomatik munosabatlar 1992-yil 21-fevralda oʻrnatilgan[2].
Polshaning Ozarbayjondagi elchixonasi 2001-yil 23-avgustda ochilgan. Ozarbayjonning Polshadagi elchixonasi 2004-yil 30-avgustda ochilgan[3].
Ozarbayjon parlamentida Polsha bilan aloqalar boʻyicha ikki tomonlama ishchi guruhi faoliyat yuritadi. Guruh rahbari Sattor Mehbaliyev[4].
1997-yil avgust oyidaHaydar Aliyevning Polshaga tashrifi va 1997-yil oktabr oyida Polsha PrezidentiAleksandr Kvasnevskiyning javob tashrifi ortidan intensiv diplomatik aloqalar rivojlana boshladi.
Mamlakatlar oʻrtasida 51 ta hujjat imzolangan.
2006-yildan buyon iqtisodiy hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiya faoliyat koʻrsatmoqda.
Ozarbayjon eksport tuzilmasi: propilen, meva sharbatlari, sabzavotlar, funduk, kerosin, qurilish materiallari. Polsha eksport tuzilmasi: dizel dvigatellari, dori-darmonlar, qandolat mahsulotlari, sanoat uskunalari, qurilish sanoati uchun uskunalar.
2022-yil 28-maydan boshlab PolshaningLOT aviakompaniyasi Boku-Varshava-Boku yoʻnalishida parvozlarni amalga oshirmoqda[5][6].
2017-yildan beri Polshada Polsha ozarbayjonlari Yoshlar Kengashi faoliyat yuritmoqda, uning qoshida Varshava, Vrotslav, Katovitse va Lodz shaharlarida ozarbayjonlar uyushmalari faoliyat yuritadi[10].
Ozarbayjonda minglab polyaklar yashaydi[11].