Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Otto Hahn

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Otto Hahn

Otto Xan (olmoncha: Otto Hahn) - nemis kimyogari.Nobel mukofoti laureati (1944)[1][2].

Asosiy ilmiy ishlari radioaktivlik, yadro kimyosi va yadro fizikasiga oid. Bir qancha izotoplarni va yangi radioaktiv element-protaktiniyni (avstriyalik fizik L. Maytner bilan hamkorlikda) kashf etgan; birinchi boʻlib tabiiy radioaktiv elementlarda yadro izomeriyasini ochgan (1921). Geologik jinslarning yoshini va kristallarning hosil boʻlish jarayonlarini aniqlashda radioaktiv usullarni qoʻllagan; neytronlar taʼsiri ostida uran yadrolarining parchalanishini topgan (nemis fizigi F. Shtrasman bilan hamkorlikda, 1938). Bu kashfiyot yadro energiyasidan foydalanishda dastlabki qadam boʻldi.

Manbalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  1. Nobel mukofoti sovrindorlari
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


Ushbu maqoladaOʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.


1901–1925
1926–1950
1951–1975
1976–2000
2001–yildan


OlimlarOlim haqidagi ushbu maqolachaladir. Siz uniboyitib,Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Otto_Hahn&oldid=5441755" dan olindi
Turkumlar::
Yashirin turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2026 Movatter.jp