Otbosar qoz. Атбасар | |
---|---|
shahar | |
51°48′0″N68°22′0″E / 51.80000°N 68.36667°E /51.80000; 68.36667 | |
Mamlakat | Qozogʻiston |
viloyat | Akmola viloyati |
{{{tuman_turi}}} | Otbosar tumani |
Hukumat | |
Asos solingan | 1845 |
Iqlim turi | keskin kontinental |
Aholisi (2012) | 29,909 |
Vaqt mintaqasi | UTC+6 |
Telefon kodi | +7 71643[1] |
Pochta indeks(lar)i | 020400[2] |
Avtomobil kodi | C, 03 |
Otbosar — (qoz. Атбасар) shahar,Akmola viloyatidagiOtbosar tumanining maʼmuriy markazi (1928).Astana shahridan shimoli-gʻarbga tomon 232 km masofada, Jabay daryosining oʻng qirgʻogʻida joylashgan. Shahar aholisining soni1897-yil 3 ming,1997-yil 35,3 ming,2006-yil 29,1 ming2012-yil 29 909 kishini tashkil qildi.
Poydevori1846-yili qurilgan. 19-asrning 40 — 50 yillarida oʻzi bilan nomdosh okrugning, 1869-yildan Akmola viloyati Sarisu vezining markazi. Oktyabr revolyutsiyasigacha bunda yiliga Otbosar (Petrov) yarmarkasi oʻtkazilib turdi.1928-yil tuman markaziga aylandi. Akmola — Qartali temir yoʻlining barpo etilishi (1940) shaharning undan ham rivojlanishiga yaxshi sharoit yaratib berdi.
Ulugʻ Vatan urushi vaqtida shaharga chetdan koʻplab aholi va bir nechta korxonalar koʻchirilib keldi. Otbosarda batamom mexanikalashtirilgan, yangi texnika bilan jihozlanganQozogʻistondagi eng yirik elevatorlarning biri ishga tushurildi. Hozirgi kunda avtomobil, qishloq xoʻjaligi texnikasini taʼmirlash, qurilish materiallarini ishlab chiqaruvchi, v.b. korxonalar faoliyat yuritmoqda. Shaharda qishloq xoʻjaligini mexanikalantiruvchi va elektrlandiruvchi mutaxasislar toyyorlaydigan kolledj, oʻrta va asosiy, musiqa maktablari bor[3].