Ossuriya –Mesopotamiyaning shimoliy-sharqiy yassi tog‘ligida,Dajla daryosining yuqori oqimida, miloddan avvalgi XX asrda boshlarida dastlabAshshur shahar-davlati atrofidagi kichik hududlardan boshlangan davlat hisoblanadi.
Podsholik otadan bolaga o‘tgan hamda ular “Ishshakum” deb atalgan. Lekin ularning hokimiyati cheklangan bo‘lib deyarli diniy nazorat ishlari va u bilan bog‘liq qurilish ishlarini idora qilishgan. Muhim davlat ishlarini oqsoqollar kengashi hal qilgan. Bu kengash a’zolari o‘zlarini “limmu” deb ataganlar.Limmular boshqaruvi bir yil davom etgan va boshqarayotgan limmu boshqa limmular nazorati ostida bo‘lgan.Boshqaruv davrida u xazinani boshqargan va u boshqargan bir yil uning nomi bilan atalgan. Bu odat ishshukumlarning to’liqmanarxiyaga o’tgan davrida ham saqlani qolgan.
Ossuriyaning qadimgi aholisiAkkad hujjatlariga ko‘ra subariylar hisoblanadi[2]. Ammo keyinchalik Akkaddan ko‘chib kelgansemit xalqlari bilan aralashibakkad yozuvi va tili rasmiy til bo‘lib qolgan. Ashshur hukmdorlarining o‘sha davrdagi qisqacha yozuvlari akkad tilida yozilgani bundan dalolat beradi. Aholi asosan savdo-sotiq bilan shug‘illanishgan. Muhim savdo yo‘llari o‘tgan hududlarda ossuriyalik savdogar va sudxo‘rlarKichik Osiyoga borib o‘z savdo kaloniyalariga asos solishgan. Bundan tashqari dehqonchilik bilan ham shug‘illanishgan. Arxeologik tadqiqotlar natijasida ziroatchilik qishloqlari topib o‘rganilgan.
Yuqorida aytilganidek ossuriyaliklar asosan savdo sotiq bilan shug‘illanishgan. Ammo miloddan avvalgi XX asrga kelib ossuriyaliklar savdoda to‘siqlarga duch kela boshladi.Frot daryosi havzasidagi Mari davlati yuksalib Ashshurning g‘arb savdosiga jiddiy to‘siq bo‘lgan bo‘lsaXettlar ossurlarni savdosiniKichik Osiyoda to‘xtatib qo‘ygan. Aynan shu davrdagiAmoriy qabilalarining istilochilik yurushlari ham vaziyatni beqaror qilib Ossuriya savdosiga zarar yetkazgan.
Lekin miloddan avvalgi 1781-yillar atrofida vaziyat o‘zgardi.Amoriy qabilasi sardoriShamshi-Adad Ashshurni Yuqori Mesopotamiyadagi davlatining markaziga aylantiradi. Shu davrdan boshlab Ashshur Mesopotamiya shimolidagi istilochilik yurushlarinni boshlab yuboradi. Mari shaxrini bo‘ysuntirib,Karxemish bilan ittifoq tuzdi. Suriyaning ham bir qator shaharlarini bosib oldi hamda g‘arbdagi savdo vositachiligini o‘z qo‘liga oldi. Mamlakatda podsho mavqei kuchayib ketdi. Shamshi-Adad davlat boshqaruvini o‘z qo‘liga olib, mutloq hukmdor sifatida davlat va qo‘shin boshlig‘i hamda sudya vazifalarini bajardi. Mamlakat hududi, aholisi viloyatlarga bo‘linib ularga noiblar tayinlandi. Miloddan avvalgi 1757-yilda podsho Ishme-Dagan (Shamshi-Adadning o‘g‘li) davrida Bobil hukmdoriHammurapi tomonidan bosib olindi.
Ko‘p o‘tmay aniqrog‘I miloddan avvalgi 1740-yillar atrofida kassitlarnigMesopotamiyaga hujumlari Ashshurda qisqa muddatga bo‘lsada yana Shamshi-Adadning vorislari hukmronligiga zamin yaratdi. Shamshi-Adad sulolasining hukmronligiAshshur tarixining eng yorqin davri deb tan olingan va keyinchalik Ossuriya podsholari ro‘yhatiga kiritilgan.
Miloddan avvalgi 1500-yillarda Mitanni davlati Shimoliy Suriya hududlarini bosib oladi. Zaiflashgan Ossuriya esa Mitanni hokimiyatini tan olishga majbur bo‘ladi. Mitannining tazyiqiga qarshiMisr bilan diplomatic aloqa o‘rnatadi. Ammo miloddan avvalgi XV asrda Ashshur Mitanni podshosiShaushtatar tomonidan istilo qilinadi. Uning g‘arb bilan savdosi butunlay to‘xtatiladi. Keying asr boshlarida Mitanniga qarshi Bobil bilan yaqinlashishga harakat qiladi. Lekin Bobil hukmronligini tan olishga majbur bo’ladi. Shunday qilib Ossuriya Mitanni zulmidan ozod bo‘lib Bobil tasiriga tushib qoladi. Tez orada Bobilning zaiflashib qolganidan foydalanib Ossuriya o‘z mustaqilligini qayta tiklaydi va bu hududda Bobilga qarshi ta’sir o‘tkazish uchun harbiy harakatlarni boshlaydi.
Milloddan avvalgi 1353–1318-yillarda podsho Ashshurballit Osuriyani qudratli davlatga aylantiradi. Zaiflashgan Mitanni Xettlarga qarshi Ossuriyaga ittifoqchiga aylanadi. Tez orada Ossuriya Xettlarni yuqori Mesopotamiyadan haydab chiqarib, Frot daryosiga chiqadi. Mitannining sharqiy viloyatlari, shu jumladan bu yerdagi diniy markaz –Nineviya bosib olinadi. DastlabMitanni keyinchalik Bobil ham Ossuriya ta’siri ostiga tushib qoladi. Ossuriya kichik shahar-davlatdan qudratli davlatga aylanadi. Yetti yuz yil mobaynida talonchilik urushlari, bosib olgan hududlar aholisiga nisbatan shavqatsizligi bilan qo‘shnilariga qo‘rquv va daxshat solib turdi.
Ossuriyaning davlat bo‘lib shakllanishi miloddan avvalgi 1295-1264-yillarda hukmronlik qilgan Adad-Nerari davriga to‘g‘ri keladi. U birinchi bo‘lib o‘ziga podsho unvonini berib Oldi Osiyodagi buyuk davlat hukmdorlariga teng bo‘lgan “Buyuk podsho” unvoniga da’vo qilgan.
Adad-Neraruning o‘liSalmanasar I otasining mitanniga qarshi yurishini davom ettiradi. Yuqori Mesopotamiyani Karxemeshgacha Osuriyaga qo‘shib oladi.Mitanni davlatini tugashiga ham sababchi bo‘ladi. Bu orada Xett davlati Misr bilan sulh tuzib, Bobil bilan ittifoqni qayta tiklashga erishadi. Oqibatda Old Osiyo mintaqasida kuchlar muvozanati qayta tiklanadi.
Salmanasar I ning o‘g‘li Tukulti-Ninurta I Bobilga vaKavkazortiga g‘olibona yurushlar uyushtiradiXett podshosi Tudxali IV Sharqdagi mulklarini himoya qilish uchun Tukulti-Ninurtaga qarshi qo‘shin tortadi lekin yozma manbalarda Tudxali o‘z qo‘shiniga ishonmaganligi haqida ham ma’lumotlar bor.Erbil shaxri yaqinida bo‘lgan jangda Oosuuriya qo‘shinlari g‘alaba qozonadi. Manbalarga ko‘ra jangdan so‘ng 28,800 kishi asir olingan[4]. Xettlar davlati kuchsizlana boshlaydi.
Janubda Bobil davlati urushga tayyorlana boshlagan edi. Miloddan avvalgi 1223-yilda kuchlar o‘zaro teng bo֥‘lgan jangda Tukilti-Ninurta Bobil podshosi Kashtiliash IV ni asir olib kiyimsiz holida Ashshurga olib ketadi. Bobildagi Marduk ilohi haykallari ham aynan shu urushda olib ketilgan. Podsho Ashshurdan 3 km shimoli-sharqda o‘zi uchun yangi poytaxt Каг Tukulti-Ninurta (“Tukulti-Ninurta savdo qo‘nalg‘asi”) shahrini qurdiradi. Ashshurda lshtar xudosi ibodatxonasini qayta tildaydi. Ammo Ossuriya zodagonlari podshoning Bobil ilohlariga qarshi qilgan shakkokligini bahona qilib, unga qarshi fitna uyushtirishgan. Natijada Tukulti-Ninurta I aqldan ozgan deb e'lon qilinadi va uy qamog'iga olinib o‘ldiriladi.
Taxtga fitna ishtirokchisi podshoning o‘g‘li Ashshur-Nadin-Apal o'tqaziladi. U Marduk ilohi haykalini Bobilga qaytarib yuboradi. Ammo Bobilliklarni tinchlantira olmaydi. Tez orada qo‘zg‘alonlan boshlanadi. Ossuriya noibi shaharni tark etadi. Kassit qabilasidan bo‘gan zodagonlardan biri Bobil ossurlardan ozod bo‘lganini e’lon qiladi.
Keyinchalik Bobil davlati kuchayib, Ossuriyani bosib olgan hududlaming katta qismini qayta egalab oladi. Mamlakat uzoq tashqi urushlar natijasida zaiflashib, ichki nizolar bo'lib o'tadi. Ossuriya davlati siyosiy tushkunlikka uchraydi.
Podsho Tiglatpalasar I davrida Ossuriya yana kuchayadi. Bu davrda Xettlar frigiyaliklarning hujumiga uchrab halokatga uchragan, Misr esa kuchsizlanib qolgan edi. Uning atrofidagi yirik davlatlar endi Ossuriyaga havf sola olmas edi. Bundan foydalangan Tiglatpalasar I Shimoliy suriya va Shimoliy finikiya, Kichik Osiyoning janubi- sharqiy qismlariga harbiy yurishlar uyushtiradi. Mamlakat 38 yil davomida qo‘shni xalqlar bilan urush olib bordi. Aynan shu urushlar tufayli Tiglatpalasar I o‘z jang aravalarini Kichik Osiyoning tog'li o'lkalariga ham boshlab bordi. Karkemish shahri bir kun ichida zabt etildi. Hatto Misr fir’avnlari Tiglatpalasar I ga sovg‘a sifatida timsoh yuborishdi. Tiglatpalasar I Bobil podshosi Marduk-Nadin-Axxega qarshi ikki marotaba harbiy yurish qilib. vaqtincha uni kuchsizlamirishga erishadi. Lekin bobilliklar o'z mustaqilligini saqlab qoladi. So'ngra aramey qabilalariga qarshi 28 marotaba yurish uyushtiradi. Ammo arameylami shimoliy Mesopotamiya yaylovlariga kirib borishiga butunlay to'sqinlik qila olmadi. Uning vafotidan so‘ng vorislari davrida Ossuriya siyosiy tushkunlikni boshdan kechiradi.
Ossuriyaning gullab-yashnashiga miloddan avvalgi XI asrlarda Arabistondan ko'chib kelgan chorvador oromiy qabilalari chek qo'yadi. Shu tariqa. Ossuriva podsholigi sivosiy mavqeyidan ajrala boshlaydi.
Miloddan avvalgi X asr oxirlarida tarixda "Ossuriya renessansi” deb nom olgan davr boshlandi. podsho Ashshurdan II mamlakat taraqqiyotini qayta yo'lga qo'yadi Natijada ossuriyaliklar Shimoliy Mesopotamiyada o'z hukmronliklarini qayta tikladilar va faol istilochilik yurishlarini boshlash uchun zamin yaratadilar.
Bu vaqtda Ossuriya armiyasi o‘zining soni, yuqori darajada tashkilashtirilganligi, qurollanish darajasi va jangavor qobiliyati bilan Old Osiyodagi birinchi o'ringa chiqib oladi. Podsho Tukulti-Ninurta II ning o g'li Ashshumatsirpal II. davrida dastlab shimoli-g'arbga Dajla daryosi qirg'oqlariga yurish qiladi. Miloddan avvalgi 882-yilda Xulay boshchiligidagi qo‘zg‘olonni shafqatsizlik bilan bostiradi. O‘rtayer dengizi qng oqlariga yurish qiladi. O‘zining qarorgohini yangi poytaxtiKalxu(KaIax)ga ko'chiradi. Miloddan avvalgi 886-yilda Bit-Zamam o'lkasi podshosi Ilanu boshchiligidagi qo‘zg‘olonni bostiradi. Ashshumatsirpal II podsholigi davrida Ossuriya yanaimperiyaga aylanadi. U Nineviya shahrini davlatining shimolidagi tayanch nuqtasiga aylantirdi. Dajla daryosi qirg'oqlarida Kalxu shahrini qayta tiklab, poytaxtga aylantirdi. Ashshur shahridan mohir ustalar va bog'bonlar olib kelinib shahar obodonlashtirildi, Hukumatni ham shu yerga ko‘chiradi.
Miloddan avvalgi 876-yilda Ossuriya qo‘shinlari Finikiya qirg‘og‘iga chiqdilar. Salmanasar III Suriyaga yangi yurish uyushtirdi. Bu hududda Ossuriyaning ekspansiyasiga qarshi bir necha shahar-davlatlaming Damashq podsholigi boshchiligida ittifoqi tashkil topdi. Miloddan avvalgi 853-yildagi Oront daryosi yonidagi jangSuriya,Falastin, Finikiya, Kilikiya vaDamashqning birlashgan qo'shinlari ossur qo'shinlarini jangda magiubiyatga uchratdilar. Bu haqida biz hozirgi kunda Britaniya muzeyida saqlanayotgan monolit toshdagi yozuv. Salamanasar III hukmronligining birinchi yetti yilligi annallarini o‘zida aks ettirgan. Monolitdan bilishimiz mumkin. Ushbu ManolitlarDiyorbakirdan janubdagi Kurxe degan joydan topilgan.
Miloddan avvalgi 845-yilda Salmanasar III 120 ming kishilik qo'shin bilan Suriyada yana jang harakatlani boshladi. Lekin bu harbiy harakatlar ham muvaffaqiyatli chiqmadi, Ossuriyalildar vaqtinchalik Suriyadan chekindi. Ammo tez orada ittifoqchi shahar-davlatlar o‘rtasida kelishmovchiliklar boshlandi va ossuriyaliklar bundan oqilona foydalanib qoldi. Miloddan avvalgi 841-yilda Suriyada, miloddan avvalgi 840-yilda 16ta yurishdan so‘ng Damashq podsholigi ham bo‘ysuntirildi.
Osuriya uzoq vaqt olib borilgan urushlar natijasida zaiflashib qoldi. Mil.avv. VIII asr-da Osuriya iqtisodiy tushkunlikka yuz tutadi. Ichki ziddiyatlar, qo‘zg‘olon va isyonlar boshlanadi.
Osuriyaning yangidan yuksalishi podsho hokimiyatini bosib olgan harbiy boshliq, podsho Tiglatpalasar III davrida boshlandi. Tiglatpalasar III harbiy zodagonlar yordamida podsho Ashshurnirari VI ni taxtdan tushirib, hokimiyatga keldi va istilochilik urushlarini olib bordi Tiglatpalasar III podsho hokimiyatini mustahkamlash uchun qator islohotlar o‘tkazdi. U mamlakat hududini kichik-kichik noibliklarga bo‘lib yubordi. Noiblar ustidan markaziy hokimiyatning nazorati o‘rnatilib, noiblarning vakolatlari belgilanib, vazifalari cheklandi. Viloyat noiblariga viloyatda soliqlarni to‘plash, fuqarolarning majburiyatlarni bajarishini tashkil qilish va o‘z viloyatlari harbiy qismlariga rahbarlik qilish vazifalari yuklandi.
Tiglatpalasar III xazinadan maosh oladigan ko‘p sonli muntazam qo‘shin tuzdi va ko‘ngillilarni harbiy xizmatga chaqirishdan voz kech di. Harbiy xizmatga aholining o‘rta va past tabaqalari jalb qilindi. Osuriya qo‘shini davlat bosqinchilik siyosatining asosiy quroli bo‘lgan. Qo‘shin qurollariga qarab, bir necha qismlarga bo‘lingan. Piyoda qo‘shinlar son jihatidan eng ko‘p sonli bo‘lib, u yengil va og‘ir qurolli qismlarga bo‘lingan. Miloddan avvalgi IX asrdan boshlab otliq qismlar paydo bo‘ladi. Qo‘shinning zarbdor qismi jang aravalari bo‘lgan.
Miloddan avvalgi 743–740-yillarda Shimoliy Suriya va Kichik Osiyo hokimlarining birlashgan ittifoqining kuchlari tor-mor qilindi. Urartu davlatiga qarshi g‘olibona yurishlar olib borildi va mamlakat talon-taroj qilindi. Sharqda Osuriya Midiyaning bir qismiga ega bo‘lib, bu yerda bir necha provinsiyalar tashkil qilindi. Miloddan avvalgi 729-yilda Bobilni bosib olib, Tiglatpalasar III Pulu nomi bilan Bobil podshosi tojini kiydi. Sargon II davrida miloddan avvalgi. 722-yilda Isroil podsholigi bosib olindi. Hokimiyatni noqonuniy ravishda bosib olganSargon II podshoning yangi qarorgohi –Dur-Sharrukin («Sargon qal’asi»)ni qurdi. Uning avlodlari – Sargoniylar Osuriyani uning halokatigacha boshqarganlar.
Badjahl podsho – Sinaxxerib poytaxtni Nineviyaga ko‘chirdi. Uning podsholigi davrida Ossuriya Kichik Osiyoning janubiy-sharqini qo‘ldan chiqardi. Yahudiyaning qarshiligini bostira olmadi va uni qo‘llab-quvvatlagan Misrni bo‘ysundira olmadi.
Sinaxerribning vorisi Asarxaddon vayron qilingan Bobilni qayta tikladi. Zaif, qaram Bobilni Osuriya bilan ittifoqda bo‘lgan alohida podsholik deb e’tirof etdi. Asarxaddon mamlakat shimoliy-g‘arbida miloddan avvalgi. 679-yilda paydo bo‘lgan kimmeriylar hujumini bartaraf qilib, Eronning shimoliy-g‘arbida yashagan skiflar bilan miloddan avvalgi 672-yilda ittifoq tuzdi. U miloddan avvalgi 671-yilda Misrni bosib olib, shimoliy arab qabilalarini bo‘ysundirdi. Bu davrda Osuriya davlati chegaralari Nil daryosining birinchi ostonalaridan Kavkazortigacha, Eron pasttog‘idan Kichik Osiyogacha, O‘rtayer dengizidan Fors qo‘ltig‘igacha cho‘zildi.
Bu ulkan davlatni boshqarish Osuriyaga juda katta qiyinchiliklarni tug‘dirdi. Tiglatpalasarning vorislari Sargon II, Sinaxxerib, Asarxaddon va Ashshurbanipal yuz yillar davomida ko‘plab istilochilik urushlari natijasida tashkil etilgan ulkan imperiyani mustahkamlashga harakat qildilar. Ammo Ashshurbanipal hukmronligining so‘nggi yillarida imperiyaning yemirilishi boshlandi. Ashshurbanipal mil.avv. 629-yilda vafot etdi. Uning ukasi Sinshariskun taxtga chiqdi. Uch yildan so‘ng joylarda Osuriyaning hukmronligiga qarshi kuchli noroziliklar boshlanib, oxir-oqibatda uning halokatiga olib keldi. Imperiyaning jadal yemirilishi boshlandi. Bobil, Elam, Xaldey, Oromiy hokimliklari, Suriya va Finikiya shaharlari Osuriya hukmromligiga qarshi bosh ko‘tardi. Bobil va Midiya birgalikda Osuriyaga qarshi ittifoq tuzib, miloddan avvalgi. 614-yilda Ashshurni, miloddan avvalgi 612-yilda Nineviyani vayron qildilar. Miloddan avvalgi 590-yilda Xarran[5] yonidagi jangda Osuriyaning harbiy qudrati to‘liq sindirildi.
[1] D.G.Reder, E.A.Cherkasova – “Qadimgi dunyo tarixi” – Toshkent “O‘qituvchi” 1974 – 210-b
[2] Subariy qabilalari xurrit qabilalarining bir qismi sifatida qaraladi.
[3] akkad tilida Shulmanu – ashared mil.avv. 1274–1245-yillar
↑O‘g‘li, Esonov Murodali Qambarali; O‘g‘li, Fayzullayev Axror Azamat (2025-05-01).„OSSURIYA PODSHOLIGI VA UNING ICHKI VA TASHQI SIYOSATI“.FORMATION OF PSYCHOLOGY AND PEDAGOGY AS INTERDISCIPLINARY SCIENCES (inglizcha). 4-jild, № 40. 249–256-bet.