Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Oshlash

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Oshlash, teri oshlash — maxsus moddalar, eritmalar (qarangOshlovchi moddalar) bilan teri va moʻynani ishlash, terining junini toʻkish (yalangʻochlash). Terini O. bilan odamlar qadimdan shugʻullanishgan. Ibtidoiy odamlar kiyim oʻrnida hayvon terisini yopinib yurishgan. Ular asta-sekin teri O.ni, unga kimyoviy va mexanik ishlov berib, undan charm tayyorlashni, charmdan poyabzal va kiyim-bosh tikishni oʻrganib olishgan. Oʻrta Osiyo shahar va qishloqlarida ham teri oshlash hunari mashhur boʻlgan, dastlabki teri Oshlash doʻkonlari 19-asr 2-yarmida paydo boʻlgan. 20-asr boshlarida artellar, zavodlar tashkil boʻla boshlagan. Pekin xususiy teri oshlovchilar ham saqlanib qolgan (ular hozir ham mavjud). Oshlash zavodlarda chanlar, barkaslar, barabanlarda amalga oshiriladi. Oshlash jarayonida jun qirish mashinasi, silliklash mashinasi va boshqa mashina hamda apparatlardan foydalaniladi (yana qarangKoʻnchilik,Koʻnpoyabzal sanoati).[1]

Manbalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


Ushbu maqoladaOʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.



Stub ikonaUshbu maqolachaladir. Siz uniboyitib,Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
Bu andozanianiqrogʻiga almashtirish kerak.
"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Oshlash&oldid=4058828" dan olindi
Yashirin turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2025 Movatter.jp