Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Oqsuv

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Bu atamaning boshqa maʼnolari ham mavjud. Qarang:Oqsuv (maʼnolari).

Oqsuv — toza chuchuk suv. Oʻrta Osiyoda keng tarqalgan atama. Koʻproq turgʻun, zax suvdan farq qilib, oqar suv maʼ-nosida ishlatiladi. Koʻpincha suv nomlari (gidronim)ga aylanadi. Koʻpgina olimlar, jumladan, N. G. Mallitskiy, "muzlik tagidan oqib chiqadigan suv oqsuv deyiladi, chunki tarkibidagi muz zarralari tufayli muzlik suvi oq koʻrinadi", deb hisoblaydi. V. L. Vyatki n fikricha, togʻ daryolari Oqsuv (yoki Okdaryo)dir. Akademik V. V. Bartoldning kuzatishicha, oʻz oʻzanida oqadigan suv Oqsuv yoki Oqdaryo, kanal qazib oqizilgan suv esa Qorasuv yoki Qoradaryo deb yuritiladi (k,. Qorasuv).

A. N. Kononov O.ni okar suv deb izohlaydi. Oqsuv soʻzi "Boburnoma"da koʻp uchraydi. Umuman, muzlik suvlari oqish koʻringanidan shunday nom olgan. Suvi loyqa daryolar ham O. Okdaryo deb yuritiladi. Shu nomdagi daryo juda koʻp.[1]

Manbalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Stub ikonaUshbu maqolachaladir. Siz uniboyitib,Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
Bu andozanianiqrogʻiga almashtirish kerak.
Bu maqoladaboshqa til boʻlimlariga ishorat yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin.



Ushbu maqoladaOʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.


"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Oqsuv&oldid=2851510" dan olindi
Yashirin turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2025 Movatter.jp