Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Nemislar

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Olmonlardan yoʻnaltirildi)

Nemislar yoki Olmonlar (oʻzlarinidoyche deb ataydilar) – xalq,Germaniyaning asosiy aholisi (74,6 mln. kishidan ortiq). Umumiy soni 86 mln. kishi (1990-yillar oʻrtalari), jumladan,Rossiya Federatsiyasida 843 ming kishi,Qozogʻistonda 958 ming kishi (1990-yillar oʻrtalari).Nemis tilida soʻzlashadi. Dindorlari –protestantlar (asosan, lyuteranlar) vakatoliklar.

Nemis xalqining etnik asosini milodiy 1-ming yillik oʻrtalaridaReyn vaOder daryolari oraligʻida yashagan qadimgi german qabilalari:franklar,sakslar, bavarlar,alemannlar, tyuringlar,tevtonlar, kimvrlar qabilalari ittifoqlari tashkil etgan. Bu ittifoq namoyandalari 10-asr ga kelib oʻzlarini –„tevtonlar“ deb atay boshlaganlar. Nemislar 9-asrda elat boʻlib shakllangan. Nemis xalqining shakllanishi jarayonida (12—13-asrlar) gʻarbiy slavyan (polab) va Bol-tiqboʻyi qabilalari (prusslar va ularga qardosh litva qabilalari) ham qatnashgan. 1871-yildaPrussiya yetakchiligida Germaniyaning siyosiy va iqtisodiy birlashuvi nemis millatining shakllanishini, asosan, nihoyasiga yetkazgan. Nemislarning aksariyati yuksak rivojlangan sanoat va xizmat koʻrsatish sohasida band.[1]

Manbalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


Ushbu maqoladaOʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.


Stub ikonaUshbu maqolachaladir. Siz uniboyitib,Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
Bu andozanianiqrogʻiga almashtirish kerak.
"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Nemislar&oldid=5353934" dan olindi
Turkum:
Yashirin turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2025 Movatter.jp