Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Olmaxonsimonlar

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Olmaxonsimonlar (Sciuridae) — kemiruvchilar oilasi. Gavdasining uzunligi 6—60 sm. 25 ga yaqin urugʻi, jumladan, olmaxonlar,burunduqlar, sugʻurlar, ingichka barmokli yumronqoziqlar va boshqa mavjud. 230 ga yaqin turi maʼlum.Yevrosiyo, Afrika, Shimoliy Amerika va Janubiy Amerikaning shim. qismida moʻʼtadil, subtropik va tropik mintaqalardagi oʻrmonlar, ochiq tekisliklar, tundra va baland togʻlarda (3800 m balandlikkacha) tarqalgan. Daraxtlarda (olmaxonlar, burunduklar), yerda (sugʻurlar, yumronqoziqlar) hayot kechiradi. Koʻpchilik turlari qishda uyquga ketadi. Asosan, oʻsimliklar bilan oziqlanadi, ayrim turlari qishga oziq gʻamlaydi. Yilda 1—3-marta bolalaydi. 6 turi XalqaroQizil kitobga, koʻk sugʻur Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.[1]

Manbalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


Ushbu maqoladaOʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.



Stub ikonaUshbu maqolachaladir. Siz uniboyitib,Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
Bu andozanianiqrogʻiga almashtirish kerak.
"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Olmaxonsimonlar&oldid=5126932" dan olindi
Turkumlar::
Yashirin turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2026 Movatter.jp