Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Olivia Rodrigo

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Olivia Rodrigo
Rodrigo 2021-yil iyulda
Rodrigo 2021-yil iyulda
Umumiy maʼlumot
TavalludiOlivia Isabel Rodrigo
20-fevral2003-yil (2003-02-20) (22 yosh)
Janrlar
Kasbi
Faoliyat yillari2015 – hozirgacha
Leybllar
FuqaroligiAQSH bayrogʻiAQSh
Veb-saytoliviarodrigo.com
Imzosi

Olivia Isabel Rodrigo (talaffuzi: Oliviya Izabel Rodrigo;20-fevral2003-yilda tugʻilgan)amerikalikqoʻshiqchi,qoʻshiqnavis vaaktrisadir. UDisney mahsuloti boʻlgan teledasturlar –Bizaardvark vaHigh School Musical: The Musical: The Seriesdagi roli ortidan shuhrat qozondi. Geffen vaInterscope Records studiyalari bilan shartnoma imzolaganidan soʻng, Rodrigo 2021-yili ilk singli boʻlmish „Drivers License“ni ommaga taqdim etdi. Ashula yilning eng koʻp sotilgan qoʻshiqlaridan biri boʻldi. Keyinchalik, „Deja Vu“ va „Good 4 U“ ashulalarini chiqardi.

Rodrigoning ilk studiyaviy albomiSour (2021) boʻlib, bu albom xalqaro miqyosda chartlarda choʻqqiga erishdi hamdatanqidchilar tomonidan xush qarshilandi. U yetti nominatsiyada, jumladan „Eng yaxshi yangi artist“, „Yil albomi“ hamda „Yil yozuvi“ va „Yil qoʻshigʻi“ („Drivers License“ uchun) nominatsiyalaridaGrammyni oldi. Rodrigoni 2021-yildaTime jurnali „Yil qiziqchisi“, 2022-yilda esaBillboard „Yil ayoli“, deb atadi hamda buning ortidan u bunday eʼtirofga sohib boʻlgan ilk osiyolik-amerikalik sanʼatkorga aylandi.

Dastlabki hayoti

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Olivia Isabel Rodrigo 20-fevral 2003-yildaKaliforniya shtatiningMurrieta shahridagi Rancho Springs tibbiyot markazida dunyoga kelgan.[3][4][5] BolaligiTemecula shahrida oʻtgan.[6] Rodrigo ikkimillatli boʻlib, otasifilippinlik-amerikalik, onasi esaolmon vairland ajdodlarga mansubdir.[7][8][9] Otasi terapevt, onasi esa maktabda oʻqituvchi boʻlib ishlagan.[7] Rodrigoning taʼkidlashicha, uning ota tarafdan katta bobosi oʻsmir paytidaFilippindan AQShga koʻchib oʻtgan va uning oilasi haligacha filippin urf-odatlariga amal qilishadi.[10] Rodrigo vokal boʻyicha saboqlarda bogʻchada olishni boshlagan va keyinroqpianino chalishni oʻrgangan.[11] U olti yoshida aktyorlik va kuylash boʻyicha saboq olishni boshlab, Lisa J. Mails boshlangʻich maktabida va Dorothy McElhinney oʻrta maktabida oʻqigan chogʻlarida teatr sahnalarida rollar ijro etgan.[5][12] Rodrigo 12 yoshida gitara chalishni bilgan.[11] U ota-onasining sevimlialternativ rok musiqiy guruhlari boʻlmishNo Doubt,Pearl Jam,the White Stripes vaGreen Daylarning ashulalarini tinglab ulgʻaygan. Rodrigodacountry janridagi musiqalarni, ayniqsa amerikalik qoʻshiqchi va qoʻshiqnavisTaylor Swiftning qoʻshiqlarini tinglaganidan soʻng, qoʻshiqnavislikka qiziqish uygʻonadi.[13] UBizaardvark teleserialidagi rolidan keyinLos Angeles shahriga koʻchib oʻtdi.[12]

Ish faoliyati

[tahrir |manbasini tahrirlash]

2015-2019: Aktyorlik va ish faoliyatining boshlanishi

[tahrir |manbasini tahrirlash]

2015-yilda, oʻn ikki yoshida Olivia „An American Girl: Grace Stirs Up Success“ nomli filmda bosh rolni ijro etgan. U Murrietadagi Doroti Makelxin oʻrta maktabida bir yil davomida oʻqidi, 2016 yilda Disneyning „Bizaardvark“ filmida aktyorlik rolini oʻynaganidan keyin Los-Anjelesga koʻchib oʻtdi.

Diskografiyasi

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Filmografiyasi

[tahrir |manbasini tahrirlash]
YilNomRolIzohlar
2015An American Girl: Grace Stirs Up SuccessGrace ThomasDirect-to-video janridagi film
2016-2019BizaardvarkPaige OlveraBosh rol
2017New GirlTerrineaQism: „Young Adult“
2019-presentHigh School Musical: The Musical: The SeriesNini Salazar-RobertsBosh rol[15] (1-2-fasl)[16]
2021Saturday Night LiveOʻziMehmon; qism: „Keegan-Michael Key/Olivia Rodrigo“
2022Driving Home 2 U (A Sour Film)OʻziHujjatli film
2024Olivia Rodrigo: GUTS WORLD TOUROʻziHujjatli film

Gostrollari / Konsert dasturlari

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  • Sour Tour (2022)
  • Guts Tour (2023- davom qilmoqda)

Manbalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  1. „Disney+ Actress Olivia Rodrigo Signs to Geffen Records“.Music Connection. 16-yanvar 2021-yilda asl nusxadanarxivlangan. Qaraldi: 13-yanvar 2021-yil.
  2. Andrew Unterberger (12-yanvar 2021-yil).„Olivia Rodrigo's 'Drivers License' Is on Its Way to Being the First Runaway Hit of 2021“.Billboard. 13-yanvar 2021-yilda asl nusxadanarxivlandi. Qaraldi: 13-yanvar 2021-yil.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()
  3. „Ranch Springs Medical Center“ (30-mart 2003-yil), s. 14. 15-yanvar 2021-yilda asl nusxadanarxivlangan. Qaraldi: 15-iyul 2021-yil.Andoza:Open access
  4. Rodrigo, Olivia [@Olivia_Rodrigo]. „I Am 17 Years Old Today But I Still Do Not Know The Different Styles Of Eggs, Only Scrambled“ (20-fevral 2020-yil). Qaraldi: 11-yanvar 2021-yil.
  5. 5,05,1„Olivia Rodrigo“. Geena Davis Institute on Gender in Media (24-oktabr 2018-yil). 16-yanvar 2021-yilda asl nusxadanarxivlangan. Qaraldi: 14-yanvar 2021-yil.
  6. Unterberger, Andrew (13-may 2021-yil).„License to Thrive: Olivia Rodrigo Zooms Ahead After 2021's Biggest Breakout Hit“.Billboard. 18-may 2021-yilda asl nusxadanarxivlandi. Qaraldi: 9-avgust 2021-yil.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()
  7. 7,07,1Snapes, Laura „Olivia Rodrigo: 'I'm a teenage girl. I feel heartbreak and longing really intensely'“ (inglizcha). The Guardian (7-may 2021-yil). 8-avgust 2021-yilda asl nusxadanarxivlangan. Qaraldi: 10-avgust 2021-yil.
  8. „Olivia Rodrigo of Disney's Bizaardvark chats with about singing, acting, her Filipino family and skateboarding“.Center for Asian American Media. 19-yanvar 2018-yil. 9-yanvar 2021-yilda asl nusxadanarxivlandi. Qaraldi: 13-yanvar 2021-yil.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()
  9. Miguel Dumaual.. „This Filipina just debuted at No. 1 on Billboard's Hot 100 and Global 200 charts“.ABS-CBN News (20-yanvar 2021-yil). 29-yanvar 2021-yilda asl nusxadanarxivlangan. Qaraldi: 30-yanvar 2021-yil. „Rodrigo identifies as part Filipina. She was born and raised in California to a Filipino father and a German-Irish mother.“.
  10. „Five cool facts about chart topper Olivia Rodrigo“.BBC (6-fevral 2021-yil). 20-may 2021-yilda asl nusxadanarxivlangan. Qaraldi: 20-may 2021-yil.
  11. 11,011,1Phares, Heather „Olivia Rodrigo | Biography & History“. AllMusic. 3-sentabr 2021-yilda asl nusxadanarxivlangan. Qaraldi: 10-avgust 2021-yil.
  12. 12,012,1Rachel Kleine (28-dekabr 2015-yil).„Murrieta's Olivia Rodrigo: An American Girl Success Story“.IE Sports & News. 29-noyabr 2019-yildaasl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 17-noyabr 2019-yil.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format () (Wayback Machine saytida 29-noyabr 2019-yil sanasidaarxivlangan)
  13. Shafer, Ellise „From Disney to 'Drivers License': Inside Olivia Rodrigo's Musical Journey to Become the Voice of Her Generation“. Variety (11-avgust 2021-yil). 12-avgust 2021-yilda asl nusxadanarxivlangan. Qaraldi: 13-avgust 2021-yil.
  14. „Reviews and Tracks for Sour by Olivia Rodrigo“. Metacritic. 21-may 2021-yilda asl nusxadanarxivlangan. Qaraldi: 21-may 2021-yil.
  15. Nick Romano. High School Musical series assembles a main cast ready to 'Bop to the Top'“. Entertainment Weekly (15-fevral 2019-yil). 16-fevral 2019-yilda asl nusxadanarxivlangan. Qaraldi: 12-aprel 2019-yil.
  16. Paul, Larisha „Olivia Rodrigo Isn't Graduating FromHigh School Musical Quite Yet“. Rolling Stone (8-mart 2022-yil). 9-mart 2022-yilda asl nusxadanarxivlangan. Qaraldi: 12-mart 2022-yil.

Havolalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
VikiombordaOlivia Rodrigo
haqida turkum mavjud
Olivia Rodrigo olgan mukofotlar
Portallar:
 Biografiyaflag AQShicon Disney Musiqa
Tashqi havolalarBuni Vikimaʼlumotlarda tahrirlash
"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Olivia_Rodrigo&oldid=5355643" dan olindi
Turkum:
Yashirin turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2025 Movatter.jp