Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Oleshki qumliklari

Koordinatalari:46°35′00″N33°03′00″E / 46.58333°N 33.05000°E /46.58333; 33.05000
Vikipediya, erkin ensiklopediya

Oleshki qumliklari
Олешківські піски?
MamlakatUkraina Ukraina
regionXerson viloyati
typeQumli choʻl
Maydoni1 612 km²
Oleshki qumliklari (Ukraina)
MamlakatUkraina Ukraina

 

Oleshki qumliklari (ukraincha:Олешківські піски)Ukrainadagimashhurchoʻllardan biri[1]. UQora dengizningUkraina qirgʻogʻi ichki tomonida joylashgan boʻlib, balandligi besh metrgacha boʻlganqumtepalar yokikuchuhurlardan (mahalliy nomi) iborat. Qumloq tuproq zonasida oʻsimlik dunyosi juda siyrak.

Kelib chiqishi

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Qumlar eng soʻnggimuzlik davrida Aeolian jarayonlarining sodir boʻlishi va yaqin atrofdagiDnepr daryosining pastki qismlarida qoyalarning shakllanishi natijasida hosil boʻlgan deb taxmin qilinadi. Taxminlarga koʻra, oʻsimliklar miqdori ilgari begona oʻtlardan tarkib topgan va qumliklaryaylov sifatida ishlatilgan. Keyinchalik zonaga Eduard fon Falz-Fein tomonidan kiritilgan qoʻy podalari hisobiga kamayib ketgan.

Geografiyasi

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Oleshki choʻliXerson viloyati, Xerson tumanida,Xersonning sharqidan 30 km (~20 mil) uzoqlikda joylashgan. XVIII asr oxiridaQrim xonligiRossiya imperiyasi tomonidanqoʻshib olinishidan avval hudud koʻchmanchi Noʻgʻay Oʻrdalariga, xususan JambuilutOʻrdasiga tegishli edi. Hudud haqida batafsil tarixiy maʼlumotlar saqlanib qolgan.

Eng yaqin aholi punkti yetti kilometr uzoqlikda joylashgan (~4,5 mil).Sovet davrida qumliklarVarshava shartnomasi ittifoqi uchuvchilari uchun havo kuchlarining bombardimon poligoni sifatida qoʻllangan. Bugungi kunga qadar qumliklar orasidan haligacha portlamagan oʻq-dorilarni topish mumkin.

Atrof-muhit

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Harorati va yogʻingarchilik miqdori tufayli bu qumliklar baʼzan yarimchoʻl zonasi sifatida tasniflanadi. Oleshki qumlari 15 km (~10 mil) maydonni tashkil etgan va insonlar tomonidan bunyod etilgan, qumtepalarning harakatlanishini oldini olish uchun ekilgan juda zich oʻrmon qoplamasiga ega. Zichligi tufayli oʻrmon yongʻinlari tez-tez kuzatiladi. Nisbatan kichik qumli dasht boʻlsa-da, Oleshki qumlarida vaqti-vaqti bilanqum boʻronlari ham kuzatiladi[2]. Ular mintaqadagi qumning turiga qarab paydo boʻladi, chunki u juda nozik qum zarralaridan va kuchli shamol oqibatida hosil boʻladi. Qum boʻronlarining intensivligi ancha zaif. Oleshki qumlarida chuqurligi 30-40 m (~100 fut) boʻlgan, mahalliy muhitning muhim qismini tashkil etuvchi yer osti koʻli mavjud. 

Galereya

[tahrir |manbasini tahrirlash]
Oleshki qumliklari va undagi insonlar tomonidan barpo etilgan oʻrmonlar

Manbalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  1. Sometimes Oleshky Sands are declared the largest desert (or sands) inEurope, but the largest sandy desert in Europe isRyn Desert (40,000 km²), it is 20 times larger
  2. Blogsite (Wayback Machine saytida 2-yanvar 2014-yil sanasidaarxivlangan)(ruscha)

Havolalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
VikiombordaOleshki qumliklari
haqida turkum mavjud

46°35′00″N33°03′00″E / 46.58333°N 33.05000°E /46.58333; 33.05000

"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Oleshki_qumliklari&oldid=5191440" dan olindi
Turkum:
Yashirin turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2025 Movatter.jp