Neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti, OPEK (inglizcha:OPEC, The Organization of the Petroleum Exporting Countries) – neft qazib olishni va aʼzo mamlakatlarning neft eksport siyosatini muvofiqlashtiruvchi hamda aʼzo mamlakatlar manfaatlarini himoya qiladigan xalqaro tovar tashkiloti. Tashkilot rasman 1960-yilda Venesuela tashabbusi bilan Bagʻdod konferensiyasida tashkil etilgan. Nizomi Karakas (Venesuela)da 1961-yilda qabul qilingan va keyinchalik koʻpgina oʻzgartirishlar kiritilgan. Eron, Iroq, Kuvayt, Liviya muassis mamlakatlar hisoblanadi. Aʼzo mamlakatlar Jazoir, Venesuela, Gabon, Indoneziya, Iroq, Eron, Liviya, Katar, Kuvayt, Nigeriya, BAA, Saudiya Arabistoni, Ekvador (2003).
20-asrning 80-yillari 2-yarmida bu tashkilotga kirmaydigan mamlakatlar va Saudiya Arabistonidan neft taklifining oʻsishi natijasida OPEKning taʼsiri keskin pasaydi. Hozirgi xalqaro iqtisodiy munosabatlarda taʼsir doirasi hamon kuchli. Tashkilotning oliy organi – yiliga 2-marta chaqiriladigan konferensiya boʻlib, unda ishtirokchi mamlakatlar ishlab chiqarish strategiyasi va narxlar koʻrib chiqiladi va tasdiklanadi. Idorasi Avstriyada joylashgan.[1]
Boshida OPEC bosh ofisiJeneva (Shveysariya)da joylashgan edi, keyinchalik 1-sentabr 1965-yildaVena (Avstriya) ga koʻchib oʻtdi.
OPEC ga aʼzo davlatlar 2/3 yaqin dunyo neft zaxiralari ustidan nazorat olib borishadi. Ular ulushiga dunyo daromadlaring 40 % yoki dunyo nefti eksportining yarmi toʻgʻri keladi.