Oʻzgan (qirgʻizcha:Өзгөн) —Qirgʻiziston RespublikasiOʻsh viloyatiOʻzgan tumanidagi shahar, tuman markazi.Qoradaryo sohilida.Oʻsh shahridan 68 km. Oʻzgan orqali Oʻsh — Bishkek, Oʻsh — Qoragʻulja avtomobil yoʻllar oʻtgan. Aholisi 41,5 ming kishi (1999). Oʻzganning qadimiy qatlamlari miloddan avvalgi 2—1 a. larga oid. Qadimgi Oʻzganningarki va 3shahristoni boʻlgan. 3 shahristonda 16-asr gacha aholi yashagan. Oʻ.rabotlari 3 shahristonning shimoli-sharqida joylashgan. A.N.Bernshtam boshchiligida oʻtkazilgan arxeologik qazishlar (1945—1950) natijasidaKushonlar davridanTemuriylar davrigacha yaratilgan moddiy yodgorliklar (sopol buyumlar, tangalar, har xil metall asboblar va boshqalar) topilgan. qadimiy Oʻzgan katta siyosiy va maʼmuriy mavqeni egallagan.Meʼmorlik rivojlangan.
Oʻzganda quruq sut,mineral suvlar,pivo zavodlari, non kombinati ishlab turibdi, gilamlar ishlab chiqariladi.Madaniyat saroyi, madaniyat va istirohat bogʻi bor. Meʼmoriy yodgorliklardan minora (11-asr) va 3 gumbazli maqbara (11 — 12 a.lar) saqlangan.