Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Noktyurn

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Bu maqoladaichki havolalar juda kam. Matnga aloqador ichki havolalar qoʻshibyordam qiling.
Bu maqolagaboshqa birorta sahifadanishorat yoʻq.(avgust 2024)

Noktyurn (frans. nocturne — tungi) — 1) 18-asr Yevropada, asosan, puflama yoki torli va puflama sozlar ansambllari uchun kechki ochiq havoda ijro etiladigan syuita shaklidagi kichik pyesalar turkumi (Mas, V. Motsart, Y. Gaydn asarlari); 2) 19-asrdan kuychan, lirik harakterdagi, koʻpincha tun obrazi va sokinligi bilan yoʻgʻrilgan musiqa asari. Sekin yoki oʻrtacha surʼatda boʻlib, oʻrta qismi jonliroq. N.ning ilk namunasi fortepiano uchun J. Fild (Angliya) tomonidan yaratilgan, F. Shopen ijodida yetuk badiiy rivoj topgan. N. ayrim cholgʻular, shuningdek, ansambl (A. Borodinning 2-torli kvartetidagi N.), orkestr (Mas, K. Debyussining N.lari) uchun ham yozilgan. N. baʼzan vokal musiqada ham uchraydi (J. Rossini, M. Glinka va boshqalar). Oʻzbekiston kompozitorlaridan A. Kozlovskiyning "Lola" Fargona syuitasida, G. Mushelning "Kashmir afsonasi" ba-letidagi N.; X. Izomov, B. Zeydman, S. Varelaslarning fortepiano pyesalari, I. Akbarov, M. Yusupovlarning vokal asarlaridan N. va uning xususiyatlaridagi lavhalar oʻrin olgan.[1]

Manbalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


Ushbu maqoladaOʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.


Stub ikonaUshbu maqolachaladir. Siz uniboyitib,Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
Bu andozanianiqrogʻiga almashtirish kerak.
"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Noktyurn&oldid=5005080" dan olindi
Turkum:
Yashirin turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2025 Movatter.jp