Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Noah Okafor

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Noah Okafor
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismiNoah Arinzechukwu Okafor[1]
Tavallud sanasi24-may2000-yil (2000-05-24) (24 yosh)
Tavallud joyiBinningen,Shveysariya[2]
Boʻyi1.85 m
AmpluasiYarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Red Bull Salzburg
Raqami77
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2008—2009FC Arisdorf
2009—2017Basel
Professional faoliyati*
YillarJamoaIsht.(Gol.)
2018—2020Basel39(3)
2020Red Bull Salzburg64(25)
Milliy terma jamoa
2014—2015Shveysariya U153(0)
2016—2017Shveysariya U177(3)
2017—2018Shveysariya U181(0)
2018—2019Shveysariya U197(1)
2019Shveysariya12(2)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 13-noyabr uchun)

Noah Arinzechukwu Okafor (talaffuzi: Noa Arinzechukvu Okafor) (2000-yil 24-mayda tugʻilgan) –shveysariyalik professionalfutbolchi, Avstriyaning Bundesligadagi „Red Bull Salzburg“ klubi vaShveysariya terma jamoasidayarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Faoliyati

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Basel

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Okafor oʻzining ilk oʻyinlarini mahalliy FC Arisdorf jamoasida oʻtkazdi. 2009-yilda u „Basel“ yoshlar jamoasiga oʻtdi va ularning yoshlar akademiyasining barcha bosqichlarida faoliyatini davom etirdi. U 2018\2019-yilgi mavsumda klubning asosiy jamoasiga oʻtdi va 2018-yil 31-yanvarda Okafor bosh murabbiyRaphaël Wicky qoʻl ostida oʻzining klubi bilan birinchi professional shartnomasini imzoladi[3]. U 2018-yil 19-may kuni „Luzern FC“ga qarshi uy oʻyinida ularning asosiy jamoasi uchun debyutini oʻtkazdi. Murabbiy uni 34-daqiqada jarohat olganMohamed Elyounoussiga almashtirdi va oʻyin 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlandi[4]. U 2018\2019-yilgi mavsumning 2-davrasida, 2018-yilning 28-iyulida, safarda „Xamax“ga qarshi oʻyinda oʻz klubi uchun ilk golini kiritdi[5].

Murabbiy Marcel Koller qoʻl ostida Basel 2018\2019-yilgi mavsumda Shveysariya kubogini qoʻlga kiritdi. Birinchi turda „Basel“ „Monlingen“ni 3:0 hisobida magʻlub etdi, ikkinchi davrada „Echallens Région“ 7:2 va 1/8 finalda „Winterthur“ni 1:0 hisobida magʻlub etdi. Chorak finalda „Sion“ jamoasini qoʻshimcha boʻlimlardan soʻng 4:2 hisobida, yarim finalda esa „Zürich“ 3:1 hisobida magʻlub boʻldi. Bu oʻyinlarning barchasi mehmonda oʻtkazildi. Final 2019-yil 19-may kuni Bernning Stade de Suisse Wankdorf stadionida „Thun“ jamoasiga qarshi oʻtkazildi. Hujumchi Albian Ajeti birinchi, Fabian Frei ikkinchi golni „Basel“ darvozasiga kiritdi, soʻng Dejan Sorgić Thun darvozasini ishgʻol qildi, ammo yakuniy natija 2:1 hisobida boʻldi[6]. Okafor toʻrtta kubok oʻyinida qatnashib, yarim finalda „Zürich“ga qarshi oʻyinda gol urdi.

2017-yil va 2020-yillar oraligʻida Okafor „Basel“ safida jami 72 oʻyin oʻtkazib, jami 9 ta gol urgan. Ushbu oʻyinlarning 39 tasi Shveysariya Superligasida, 7 tasi Shveysariya kubogida, sakkiztasi UEFA musobaqalarida va 18 tasi oʻrtoqlik oʻyinlari boʻlgan. U uchta golni ichki chempionatda, ikkitasini kubokda, ikkitasini yevrokuboklarda, qolgan ikkitasini esa sinov oʻyinlarida kiritgan[7].

Red Bull Salzburg

[tahrir |manbasini tahrirlash]

2020-yilning 31-yanvarida Okafor Red Bull Salzburg bilan shartnoma imzoladi[8].

2021-yil 8-dekabrda OkaforChempionlar ligasi guruh bosqichining soʻnggi oʻyinida „Salzburg“"Sevilya"ni magʻlub etganida oʻyindagi yagona golni kiritdi. Bu gʻalaba „Salzburg“ning 1/8 finalga yoʻl olishini va Chempionlar ligasining pley-off bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritgan birinchi Avstriya klubiga aylantirdi[9][10].

Faoliyat statistikasi

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Klub

[tahrir |manbasini tahrirlash]
KlubMavsumLigaLiga kubogiKontinentalJami
DivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGol
Basel U212017—2018Shveysariya promo-ligasi131131
2018—20192121
Jami152152
Basel2017—2018Shvetsariya Superligasi1010
2018—20192433110284
2019—20201402172233
Jami3935282527
Red Bull Salzburg2019—2020Avstriya Bundesligasi1133110154
2020—20211864070296
2021—202221952833414
2022—202314720632210
Jami642514322610034
Karyerada jami1183019530816743

Yutuqlari

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Basel

  • Shveysariya kubogi: 2018—2019

Red Bull Salzburg

  • Avstriya Bundesligasi: 2019—2020, 2020—2021, 2021—2022
  • Avstriya kubogi: 2019—2020, 2020—2021, 2021—2022

Manbalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  1. „FIFA World Cup Qatar 2022 – Squad list: Switzerland (SUI)“. FIFA (2022-yil 15-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 15-noyabr.
  2. „Noah Okafor“. Red Bull Salzburg. Red Bull Salzburg. Qaraldi: 2022-yil 21-may.
  3. FC Basel 1893. „Der FCB verlängert mit Noah Okafor bis 2020“ (de). FCB extends contract with Noah Okafor until 2020. FC Basel 1893 AG (2018-yil 31-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 16-noyabr.
  4. Verein "Basler Fussballarchiv”. „FC Basel - FC Luzern 2:2 (1:1)“. Verein "Basler Fussballarchiv” (2018-yil 19-may). Qaraldi: 2022-yil 16-noyabr.
  5. FC Basel 1893. „Kein Sieger zwischen Xamax und Basel“ (de). No winner between Xamax and Basel. FC Basel 1893 AG (2018-yil 28-iyul). Qaraldi: 2022-yil 16-noyabr.
  6. Verein "Basler Fussballarchiv”. „FC Basel - FC Thun 2:1 (1:0)“. Verein "Basler Fussballarchiv”. Qaraldi: 2022-yil 16-noyabr.
  7. Verein "Basler Fussballarchiv”. „Noah Okafor - FCB statistic“. Verein "Basler Fussballarchiv” (2020). Qaraldi: 2022-yil 16-noyabr.
  8. „FC Red Bull Salzburg - Welcome to Salzburg Noah Okafor“ (de). redbulls. Qaraldi: 2020-yil 26-fevral.
  9. „Salzburg-Sevilla“. UEFA (2021-yil 8-dekabr). Qaraldi: 2021-yil 8-dekabr.
  10. „Okafor strike sees Salzburg to historic win over Sevilla“. Reuters (2021-yil 8-dekabr). Qaraldi: 2021-yil 8-dekabr.

Havolalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
VikiombordaNoah Okafor
haqida turkum mavjud
AC Milan – hozirgi tarkib
"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Noah_Okafor&oldid=5381162" dan olindi
Turkum:
Yashirin turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2025 Movatter.jp