Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Niobiy

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Niobiy(Nb)
Atom raqami41
KoʻrinishiOch-havo rangli, yaltiroq
yumshoqmetall
Atom xossasi
Atom massasi
(molyar massasi)
92.90638m. a. b. (g/mol)
Atom radiusi146pm
Ionlashish energiyasi
(birinchi elektron)
663.6(6.88)kJ/mol (eV)
Elektron konfiguratsiyasi[Kr] 4d4 5s1
Kimyoviy xossalari
Kovalentlik radiusi134pm
Ion radiusi(+5e)69pm
Elektrmanfiylik
(poling boʻyicha)
1.6
Elektrod potensiali0
Oksidlanish darajasi5, 3
Termodinamik xossalari
Zichlik8.57g/sm³
Solishtirma issiqlik sigʻimi0.268J/(K·mol)
Issiqlik oʻtkazuvchanlik53.7Vt/(m·K)
Erish harorati2741K
Erish issiqligi26.8kJ/mol
Qaynash harorati5015K
Qaynash issiqligi680kJ/mol
Molyar hajm10.8sm³/mol
Kristall panjarasi
Panjara tuzilishikubik
markazlashgan
Panjara davri3.300Å
Panjara/atom nisbatin/a
Debye harorati275.00K
41
Niobiy
Nb
92,9064
4d45s1

Niobiy (Niobium), Nb —Mendeleyev davriy sistemasining. U guruhiga man-sub kimyoviy element. Tartib raqami 41, atom massasi 92,9064. Bitta tabiiy izotopi 93Nb bor. Niobiyning sunʼiy radioaktiv izotoplaridan 95Nb(Tl/2=35 kun) radioaktiv indikator sifatida ishlatiladi. Niobiyni ilk bor ingliz olimi Ch.Xatchet 1801-yilda kashf qilib, "Kolumbii" deb atagan; keyinchalik unga yunon af-sonasidagi qahramon bahodir Tantalning qizi maʼbuda Niobeya nomi berilgan, chunki Niobiyning xossalari tantalga oʻxshaydi. Metall holidagi sof Niobiy 1907-yilda olingan. Atom radiusi 0,145 nm, ion radiusi (qavslarda koordinatsiyey son keltirilgan) Nb2+ 0,085 nm (6), Nb3+0,086 nm (6), Nb4+ 0,082 nm (8), Nb5+ 0,062 nm (4), 0,078 nm (6), 0,083 nm (7), 0,088 nm (8). Oksidlanish darajasi +5, baʼzan +4, +3, +2 va +1.

Niobiy Yer poʻstining massa jihatidan 2-10^3% ini tashkil etadi. Minerallari siyrak uchraydi. Ular 2 guruhga boʻlinadi: biri —tantalniobatlar, yaʼni tantalat va niobat kislotalarning tuzlari, ikkinchisi — titan-tantalniobatlar, yaʼni tarkibida titan, tantal va Niobiy boʻlgan murakkab minerallar. Niobit (yoki kolumbit) nomli minerallar Fe(NbO,)2 birinchi guruhga mansub, uning tarkibida Gʻe(TaO3)2 oz miqdorda boʻladi. L o parit Me(NbO3) +Me(TiO3) (bu yerda Me— Na, Sa, Se, Sr boʻlishi mumkin) ik-kinchi guruhga kiradi. Tabiatda Niobiy tantal, titan, nodir-yer elementlari, uran,toriy vasirkoniy bilan birga uchraydi. Niobit va loparitdan tashqari, piroxlor nomli mineral ham amaliy ahamiyatga ega. Niobiyning yirik konlari Afrikada, Kanada va Norvegiyada, Kola yarim orolda bor.

Niobiy — kulrang metall, zichligi 8,57 g/sm³; suyuqlanish temperaturasi 2477°, qaynash temperaturasi 4760° atrofida. Niobiy korro-ziyaga chidamli, kimyoviy jihatdan juda barkaror element. Kislotalarda, hatto zar suvida ham erimaydi. Lekin suyuqlantirilgan ishqorlarda (havo kislo-rodi ishtirokida) eriydi; natijada niobatlar hosil boʻladi. Koʻpchilik me-tallar bilan qotishmalar beradi.Nitrat kislota bilan ftorid kislota aralash-masida erib, kompleks ftoridlar hosil qiladi. Yuqori temperaturada metallmaslar bilan reaksiyaga kirishadi. 200° dan yuqorida havoda oksidlanib, Niobiy oksidlarini beradi. Niobiy monooksid, NbO kulrang yaltiroq kukun, suyuqlanish temperaturasi 1945°. Niobiy (U1)-oksid, NbO2 — qora rangli kristall, suyuqlanish temperaturasi 1917°, zichligi 5,98 g/sm³. Havoda qizdirilsa NbO5 ga aylanadi. Niobiy (V)-oksid, NbOs rangsiz kristall, suyuqlanish temperaturasi 1510°, zichligi 4,55 g/sm³. Niobiy poʻlatni mikrolegirlashda, korroziyaga chidamli, olovbardosh yuqori si-fatli poʻlat olishda qoʻllanadi.[1]

Niobiy -unsurlar davriy jadvalining 41 unsuri,metall.

 12              3456789101112131415161718
1H He
2LiBe BCNOFNe
3NaMg AlSiPSClAr
4KCa ScTiVCrMnFeCoNiCuZnGaGeAsSeBrKr
5RbSr YZrNbMoTcRuRhPdAgCdInSnSbTeIXe
6CsBaLaCePrNdPmSmEuGdTbDyHoErTmYbLuHfTaWReOsIrPtAuHgTlPbBiPoAtRn
7FrRaAcThPaUNpPuAmCmBkCfEsFmMdNoLrRfDbSgBhHsMtDsRgCnNhFlMcLvTsOg
8UueUbnUbuUbbUbtUbqUbpUbhUbs 
Ishqoriy metallarIshqoriy yer metallarLantanoidlarAktinoidlarSuperaktinoidlarOʻtish metallarYengil metallarYarim metallarQolganmetallmaslarGalogenlarInert gazlarXossalari nomaʼlum

Manbalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


Ushbu maqoladaOʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.



KimyoKimyoga oid ushbu maqolachaladir. Siz uniboyitib,Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Niobiy&oldid=5254156" dan olindi
Turkumlar::
Yashirin turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2026 Movatter.jp