Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Nijniy tagil

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Bu maqoladaichki havolalar juda kam. Matnga aloqador ichki havolalar qoʻshibyordam qiling.

Nijniy tagil - Rossiya Federatsiyasi Sverdlovsk viloyatidagi shahar (1917-yildan). Oʻrta Ural togʻlarining sharqiy yon bagʻrida, Tagil daryosi (Ob havzasi) boʻyida. Temir yoʻl tuguni. Aholisi 399,6 ming kishi (1998). Qora metallurgiya (metallurgiya kombinati va boshqalar), mashinasozlik, vagonsozlik, shuningdek, kimyo va koks-kimyo sanoatlari („Uralximplast“ ishlab chiqarish birlashmasi) rivojlangan, harbiy texnika ishlab chiqariladi. Mis rudasi qazib olinadi. Pedagogika instituti, 2 teatr, oʻlkashunoslik, tasviriy sanʼat va boshqa muzeylar bor. N.T.ga 1722-yilda asos solingan. Oʻsha yerda konchilik rivojla-nishi bilan vujudga kelgan.[1]

Manbalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


Ushbu maqoladaOʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.


Stub ikonaUshbu maqolachaladir. Siz uniboyitib,Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
Bu andozanianiqrogʻiga almashtirish kerak.
Bu maqolabirortaturkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling.(avgust 2024)
"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Nijniy_tagil&oldid=4818191" dan olindi
Yashirin turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2025 Movatter.jp