Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Niccolò Paganini

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Nikkola Paganini
italyancha:Niccolò Paganini
Tavalludi27-oktabr 1782-yil
Genuya
Vafoti27-may 1840-yil
Janrlarart music
KasbiKompozitor
FuqaroligiGenuya
Turmush oʻrtogʻi
Paganini

Paganini (Paganini) Nikkolo (1782.27.10,Genuya —1840.27.5, Nitssa) — italyan sozandasi (skripka, gitara) va kompozitor.1797-yildan boshlabItaliyada,1828-yildanYevropaning koʻp mamlakatlarida mukammal mahoratini namoyish qilib, tarixda eng mashhur virtuozlardan biri sifatida nom qoldirgan. Paganini yangi, murakkab ijro usullarini qoʻllab, zamonaviy skripka ijrochiligi asoslarini yaratdi, shuningdek, 19-asr pianino ijrochiligi hamda cholgʻulashtirish sanʼatlari rivojiga taʼsir oʻtkazdi. Paganini sozanda va kompozitor sifatida musiqiy romantizm asoschilaridan. Skripka uchun 24 ta kaprichchio, skripka va orkestr uchun 1- va 2- konsertlari (jami 5 ta), shuningdek, sonatalari (ayniqsa, skripka va gitara uchun), yakka gitara (jami 200 ga yaqin) va boshqa sozlarga moʻljallangan pyesalari, kamer ansambllari, opera, balet va xalq kuylariga yaratgan variatsiyalari kuylarining ravonligi va kuychanligi, garmonik rivoji oʻziga xosligi bilan ajralib turadi. 1954-yildanGenuyada har yili Paganini nomidagi xalqaro skripkachilar tanlovi oʻtkaziladi[1].

Manbalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


Ushbu maqoladaOʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.


Stub ikonaUshbu maqolachaladir. Siz uniboyitib,Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
Bu andozanianiqrogʻiga almashtirish kerak.
"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Niccolò_Paganini&oldid=4959215" dan olindi
Turkumlar::
Yashirin turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2025 Movatter.jp