Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Napoleon III

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Napoleon III,Lui Napoleon Bonapart (1808—73) —Fransiya imperatori (1852—70).Napoleon Ining jiyani. N. III Shveysariya, Italiya va boshqa mamlakatlarda quvgʻinlikda hayot kechirgan (1848). 1836 va 1840-yillarda Fransiyada hokimiyatni qoʻlga olishga urinib koʻrgan. 1840-yilda Gam kalʼasiga bir umr qamoqqa hukm qilingan. 1846-yil Buyuk Britaniyaga qochgan. 1848-yil fevral inqilobidan soʻng Fransiyaga qaytib kelgan hamda yirik sarmoyadorlarning diktatorlik rejimiga intilishidan foydalanib, 1848-yil 10-dekabrda respublika prezidenti qilib saylangan. 1851-yil 2-dekabrda inqilobga qarshi davlat toʻntarishi qilib, qonun chiqaruvchi majlisni tarqatib yuborgach, butun hokimiyat prezident qoʻliga oʻtgan. N.III nomi bilan imperator deb eʼlon qilingan (1852-yil 2-dekabr). Fransiya N.Sh hukmronligi davrida Qrim urushida, Avstriya-Italiya-Fransiya urushi (1859) da, Hindixitoy (1858-62), Suriya (1860—61), Meksika (1862—67) va boshqa mamlakatlarga qilingan intervensiyalarda qatnashgan. Fransiya-Prussiya urushi (Sedan jangi)da prusslarga asir tushgan (1870.2.9.) Parijdagi 1870 yil sentyabr inqilobi natijasida taxtdan agdarilgan. Umrining oxirigacha Angliyada yashagan[1].

Manbalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Stub ikonaDavlat yetakchisi haqidagi ushbu maqolachaladir. Siz uniboyitib,Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
DovudShaxsiyat haqidagi ushbu maqolachaladir. Siz uniboyitib,Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
Niderlandlar bayrogʻiNiderlandiya monarxlari
Gollandiya Qirolligi
(1806–1810)
Niderlandlar (1815–yildan)
Izoh:egri yozuvda vaqtinchalik prezidentlar koʻrsatilgan.
"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Napoleon_III&oldid=5013479" dan olindi
Turkum:
Yashirin turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2025 Movatter.jp