North Atlantic Treaty Organization (orthographic projection) in NATO blue.svg
NATO xaritasi
NATO,Shimoliy Atlantika shartnomasi tashkiloti (inglizcha:North Atlantic Treaty Organization., NATO;fransuzcha:Organisation du traité de l 'Atlantique nord, OTAN) –Yevropa,Amerika Qoʻshma Shtatlari hamdaKanada kabi koʻpchilik mamlakatlar birlashgan jahondagi eng yirik harbiy va siyosiy jamlanmasi, yaʼni, „Yevropani tashqi taʼsirlardan himoya qilish“ uchun ushbu tashkilotga 4-aprel 1949-yilAQShda asos solingan. Tashkilot yaratilgan paytda 12 ta mamlakat aʼzo boʻlgan, hozirgi kunda esa aʼzolar soni 32 taga yetgan.
Shimoliy Atlantika shartnomasi ittifoqiga qoʻshilgan mamlakatlar 1949-yilda tinch aholini xavfsizligini mustahkamlash maqsadida oldilaridagi Shimoliy Atlantika doirasidagi davlatlar bilan birlashishgan. Ittifoqqa aʼzo mamlakatlar yaxlit mudofaa tizimini yaratish va dunyo xavfsizligini saqlashni oʻz oldilariga maqsad qilishgan. 2010-yilda NATO „Zamonaviy mudofaaning ilgʻor ishtiroki“ ijtimoiy harakati uchta muhim vazifalarni taqdim etdi, bular: jamoaviy mudofaa, inqirozni oldini olish va hamkorlik asosida xavfsizlikni kuchaytirish.
NATO hozirgi kunda 32 mamlakatni oʻz ichiga olgan tashkilotdir. Ushbu tashkilot qamrovida yuzlab qoʻmitalar, guruhlar, xizmat boshqaruvlari yoki harbiylar va fuqarolar doirasi ostidagi rejalashtirish boʻlinmalari mavjud. Shuning bilan birga, tashkilot tarkibida mutahassislarni tayyorlash va tayyorgarlikdan oʻtkazish oʻquv markazlari faoliyat koʻrsatadi. NATO zarur qarorlar yoki choralar koʻrish shartnomalarini qabul qilish uchun mamlakat aʼzolarini ikki toifaga boʻladi –vositachilar[1] hamdazahiralar guruhlari. Uchrashuvlar oʻtkazish va boshqa vazifalar yechimlarini tashkilotga aʼzo mamlakatlarni umumjamoa qiziqishlari va tasavvuroti jamlanmasiga nazar tashlagan holda koʻrib chiqadi. Doimiy barcha operatsiyalar oʻtkazilish uchun mablagʻlar, tashkilot ostidagi harbiylarga, zarar koʻrgan fuqarolarga NATObudjetidan pul ajratiladi. Moliyaviy holat jarayonda qatnashayotgan mamlakatlar bilan birgalikda hal qilinib, NATO xazinasimoliyalashtiriladi.[1]
NATO davlatlariningmudofaa vazirlari vamudofaa rejalashtirish qoʻmitasi ishida qatnashadiganlar baʼzi muhim hollarda yoki favqulodda vaziyatlardayadroviy rejalashtirish guruhi tarkibi ostida uchrashishadi. Bu guruh aʼzolari yigʻilgandayadroviy siyosat xavfsizlik,himoya, informatsiya sistemalari,boshqaruv,yadroviy qurollar keng doirada muhokama qilinadi va amalda targʻib qilinadi.
Bu guruh NATOning rejalashtirish masalalari va yadroviy siyosat organlari boʻyichaoliy konsultativ organ sifatida ish yuritadi. Shuningdek, NATOning eng asosiy masalalarni koʻrib chiqishda bu guruh alohida rol oʻynaydi.
Ilk bor NATO mamlakatlari va hokimiyati boshliqlari 1999-yilning aprel oyidaVashingtondagi uchrashuvidaBolqon,Somali,Gaiti va boshqa hududlarda oʻtkazilgan alyans harakatlaridan NATO mamlakatlari oʻzlari orasida ommaviy inqirozga yuz tutayotganlari qayd etilgan. Ushbu holatdan soʻng 1990-yilda jahonning har bir burchagida tanilgan NATO tashkiloti tahlilchilari NATOni bu xatti-harakatlarini Shimoliy Atlantika kuchlari behuda yoʻqotilishi sifatida baholashdi. Shuning uchun hozirgi vaqtlarda ushbu tahliliy guruh NATOning, shu bilan birga Yevropa davlatlari hokimiyatlarining ochiq yuzini yaqqol va aniqlik bilan oʻrganishmoqda. Tahliliy guruh aʼzolari bosh kotib oʻrinbosarlarining nazorati ostida bir necha haftada bir marta yigʻilib, shu kungacha jahonda boʻlib oʻtgan hodisalarni tahlil qilishadi va ularga qarshi maxsus choralar qabul qilinadi.
Yuqori bosh qoʻmondonlik organi NATO tashkiloti ichida barcha bajarilgan harbiy yurishlar va hududlardagi barqarorlikni saqlash uchun qatʼiy javobgardir. Bu organ javobgarlikni oʻz boʻyniga olgani bois NATOdagi siyosiy va harbiy savollarga javob berish hamda tegishli tavsiyalarni joriy etish huquqiga egadir.Yuqori bosh qoʻmondonlik organi bir vaqtning oʻzida aʼzo mamlakatlar bosh kotiblari taʼsiridan erkin holda ish yuritadi va milliy hokimiyatga tegishli barcha savollarga yechim topishga javobgardir.
Shimoliy Atlantikaning shartnomasi roziligi asosida tashkilotga aʼzo davlatlarning doimiy ishtiroki majburiyligi bilan saylangan aʼzolardan iborat boʻlgan NATOMaslahat organi nomli boshliq organ mavjud boʻlib, ushbu organ vakillari maʼlum vaqt oraligʻida yigʻilish eʼlon qilib, oldiga qoʻyilgan muammolarning yechimini muhokama qilish uchun toʻplanishadi.
Bu Maslahat organiga aʼzo boʻlgan mamlakatlarining Tashqi ishlar vaziri (kamida yiliga ikki marta), mudofaa vaziri (zaruriy hollarda) va boshliqlari hamda NATO hukumati raislari ham qatnashishadi. Nato Maslahat organi uchrashuvlarida tashkilotning olib borayotgan ishlari strategiyasi va ustuvorligiga oliy darajada aniqlik kiritib koʻrib chiqiladi. Bu organ NATO olib borayotgan ishlarni tashkilotga aʼzo mamlakatlarningdeklaratsiya tushunchalari bilan yoritib berish va bogʻliq muammolarni hal qilish, shuningdek asosiy qarorlar yechimini hal qilish huquqiga ega. NATOga aʼzo mamlakatlar tashkilot ichida teng huquqli sanaladi va NATO maslahat qoʻmitasi yigʻilishlari keng aylana stol atrofida oʻtkazilib, qoʻyilgan masalalar barchaning bir ovozli yechimi bilan hal qilinadi.
NATOning doimiy bosh kotibi bu organga raislik qiladi va elchining katta yordamchisi sifatida ish yuritadi. NATO maslahat organi raisi har yili oʻtkaziladigan alifbo tartibi yoʻli bilan tashqi ishlar vaziri darajasida saylanadi. Organ tashkilotning faoliyatini muvaffaqiyatli olib borish va barcha strukturalarini yaratish uchun masʼul etib tayinlangan. Ushbu Maslahat organi yechimlari yigʻinlarida ishtirok etgan raislar oʻrinbosarlari, ularning maslahatchilari vakonsultantlari, javobgarlik qoʻmitalari ishtirokida hamdaiyerarxiya tartibidagi aniqliklar orqali koʻrib chiqiladi. NATO maslahat organining konsultativ boʻlimi, bunda ishtirok etgan barcha mamlakatlar vakillari va bosh kotib qoʻl ostidagi yordamchilar siyosiy savollar boʻyichaSiyosiy qoʻmitaga yondashib, muammolar oʻzaro baham koʻriladi.
NATO tashkilotga aʼzo boʻlgan Yevropa mamlakatlardan tashqari yana bir nechta davlatlar bilan bitim tuzdi va bu bitimniTinchlik yoʻlida hamkorlik nomi bilan atadi.
NATOning eng oliy harbiy yurishlarni oʻtkazadigan maxsus Nato harbiy qoʻmitasi mavjud boʻlib, qoʻmita quyidagilardan iboratdir: •tashkilotga aʼzo mamlakatlarning oliy unvondagi harbiylari,•qoʻmondonlar, •Islandiyafuqarolar raisi (harbiy kuchga ega emasligi sababli).
Qoʻmita harbiy muammolarini oliy kengash bilan muhokama qilish uchun yiliga ikki marotaba yigʻiladi.
Harbiy qoʻmita vujudga kelishida NATO oʻzining harbiy tartibini uchga boʻldi va, ular quyidagilardan iborat:
Yevropadagi ittifoqning yuqori qoʻmondonligi. (u asosan ittifoqga aʼzo davlatlar qoʻmondonlarining hamfikrligi ostida ish yuritadi).
Atlantika okeani qoʻmondonligi (u Atlantika ittifoqining yuqori qoʻmondonligi tomonidan boshqariladi).
Kanal qoʻmondonligi (bu yerdaLa-Mansh boʻgʻozi nazarda tutilyapti). Ushbu qoʻmondonlikka barcha harbiy flot armiyasi va suv osti kuchlari xizmat qiladi.
NATO harbiy qoʻmitasiningvazifasi itttifoq mamlakatlari orasida, qolaversa dunyo davlatlari orasida oddiy aholi tinchligini birdamlik sifatida saqlash rejalarini takomillashtirish va bu ishlarni amaliy ravishda jonlashtirishdan iboratdir. Yevropa yuqori bosh qoʻmondonlini Nato oliy qoʻmondonligi (asosan amerikalik qoʻmondonlar)nazorat qiladi. Bu qoʻmondonlikga uch Yevropa harbiy teatr qoʻmondonligi nomini olgan koloniyalar boʻysinadi:
Shimoliy Yevropa qoʻmondonligi
Markaziy Yevropa qoʻmondonligi
Janubiy Yevropa qoʻmondonligi
Ushbu choralar orasida harbiy qoʻmita muammolarini NATO maslahatdoshlar qoʻmitasi tomonidan koʻrib chiqiladi.
Islandiya – oʻz armiyasiga ega boʻlmagan NATOning yagona aʼzosi, bu mamlakatning tashkilotga kirishining shartlaridan biridir. Shunga qaramay, davlatning qirgʻoq qoʻriqchilari bor. Shuningdek, NATOning tinchlikparvar missiyalarida ishtirok etish uchun Norvegiyaning bazalarida island koʻngillilarini tayyorlash qarori qabul qilingan.
Tashkilotda 1967-yilning dekabridan Oliy harbiy va siyosiy organ rukni ostidaMudofaalar rejalashtirish qoʻmitasi tashkillashtirildi. Ushbu organ oʻzining qamrovliligi jihatdanMaslahat organi bilan teng huquqlidir. Bu qoʻmita alyansning oliy harbiy hukumati sanaladi hamda strukturasi doimiy aʼzo davlatlar raislaridan tarkib topgan boʻlib, kamida ikki yilda bir marta harbiy aloqalar bilan xavfsizlikni taʼminlash borasidagi savollarni muhokamalash uchun mudofaa vazirlari orasida oʻzaro yigʻinlar uyushtirilib, barcha masalalar hal qilinib turiladi. Qoʻmita NATOga aʼzo mamlakatlarni umumiy xavfsizligini taʼminlash va yuksaltirish nuqtai nazarini NATOning siyosiy hukumatiga tavsiya qilib keladi. Mudofaalar rejalashtirish qoʻmitasi har yillik shahar va mamlakatlar miqyosida tinch aholini xavfsizlik bilan taʼminlashga tayyorgarlik samaradorligini oshirishiga koʻmaklashadi. Inqiroz yuz berganda yoki jang vaqtida qoʻmita urush holatini baholash maslahatini taklif etib, harbiy kuchlardan foydalanilishi va yangi qoidalar ishlab chiqishni nazorat qiladi. Ushbu qoʻmita qarorlari bilan NATOning yuqorida sanab oʻtilgan masalalari tez hal boʻlibgina qolmay, shu bilan birgalikda qoʻmita ishtirokidagi tayyorgarliklar, yechimlarning qabul qilinishi katta ahamiyatga molikdir.
Bosh shtab NATOning harbiy qoʻmitasi raislari va yuqori bosh qoʻmondonlik organi bilan birgalikda oliy harbiy namoyandachilar hamda qurolli kuchlar ittifoqi sifatida NATO bosh qarorgohida oliy pogʻonalardan oʻrin olishgan. U Birlashgan ittifoq doirasida Yevropa mintaqasidagi ikki qoʻmondonlikni oʻz maqsadlariga yoʻnaltiradi.
Harbiy qoʻmitaga izchillik borasidaxalqaro harbiy shtat yordam beradi va u maxsus harbiylardan tashkil topgan boʻlib, davlat ishlarini toʻgʻri yoʻnaltirish qoidasi bilan NATO asosiy qarorgohida faoliyat yuritadi. Ushbu qoʻmita NATOning yechimlarini tahlil qilib tayyorlaydi hamda harbiy hamkorlikni tashkilot aʼzolari oʻrtasida uchinchi ishtirokchi sifatida bitim tuzadi (bu yerda NATOning namoyandalari va unga aʼzo mamlakatlardan tashqari alohida keltirilyapdi). 2002-yilda shtat ishtirokidagi faoliyatda 16 mingga yaqin odam qatnashgan. Xalqaro harbiy shtat hay’ati NATO aʼzolari tomonidan tavsiya qilingan davogarlarni Harbiy qoʻmita yordamida saylangan toʻrt yulduzli qoʻmondon tomonidan boshqariladi. Ushbu qoʻmondon oʻziga boʻysinadigan beshtavitse-direktorlarga ega. Ularning har biri tegishli shtab ostida boʻlingan javobgarliklarga maʼsuldir (yaʼni rejalar va siyosat borasida, tahliliy amaliyotlar, bitimlar, mintaqalar xavfsizligi, qurolli va harbiy zahiralar). Shtab maslahatchilar guruhi, konsultantlar va nazoratchilarga ega.
Mamlakatlar orasida hamma taraflama hamkorlik maqsadlarini hayotiylashtirish va NATO masalalariga oid shartnoma yaratish Iqtisodiy qoʻmita tomonidan oʻz boʻyniga olingan va ushbu qoʻmita aʼzolari mamlakatlar orasida qiziqtirgan savollar yaʼni iqtisodiy rivojlanish hamda xavfsizlikni taʼminlash maqsadi va mudofaaga qobiliyatli mamlakatlar orasida oʻtkaziladigan forumlarni koʻrib chiqadi. Bu qoʻmita tabiy jihatdan iqtisodiy hamkorlik masalalarini muhokama qilishda keng dunyoqarash va sharoit vaziyatlarini mudofaa qobiliyatiga tayyorlash nigohi bilan nazar soladi (budjetdagi harbiy chiqim mablagʻlari, mudofa komplekslari sanoati rivojlanishi, mudofa rejalarini amalga oshirish uchun muhim zahiralar bilan taminlash va hokazo). Bu masalalar doirasiga kiradigan savollar boʻyicha har yili NATO tashkilotchilari orasida oʻrtaga tashlanib iqtisodiy muammolar va xom-ashyolar borasida muhokamalar qilinib tadbiq qilinadi. Bunday yigʻinlarni tayyorlash va oʻtkazishga Iqtisodiy qoʻmita rahbarlik qiladi.
NATO bayrogʻiNATOga mamlakatlarning aʼzo boʻlishi (Miniatura shaklida)
Deyarli kun ora NATOning barcha qoʻmitalari faoliyatidagi xalqaro kotibiyat yigʻinini hokimiyatda tayinlangan aʼzoQoʻmondon kotibi boshchiligida tashkillashtiriladi.
Qoʻmondonlik kotibi bir vaqtning oʻzida NATO maslahatdoshlar organi raisi, mudofalar rejalashtirish qoʻmitasi, yadroviy rejalar guruhi hamda NATOning boshqa barcha qoʻmitalarning rasmiy raisi vazifasiga tayinlangan. Ushbu shaxs muhokamalarni harakatlantirish va tashkillashtirish, shu bilan birgalikda amalda tadbiq qilish choralarini uning echimi va dunyoqarashiga asoslanib koʻrib chiqiladi. Qoʻmondonlik kotibining oʻzi NATO doirasidagi aʼzo mamlakatlar muammolarini muhokama qilishi, bahslar bilan oʻrtoqlashishi, oʻzining shaxsiy xizmatidan foydalanishi va qabul qilingan qarorlarni taqdim qilish borasida tegishli huquqlarni qabul qiladi. U NATOning tashqi koʻlamligi borasida asosiy raisi va alohida hokimiyat yoki jamiyat bilan aloqa qiladigan targʻibotchisi sanaladi. Baʼzi bir holatlardabosh kotib oʻz oʻrnida boʻlmaganida, uning vazifalarini vaqtincha barcha qoʻmitalarning oʻrta darajadagi raisi, yaʼnibosh kotib oʻrinbosari egallab turadi.
Qoʻmondonlik kotibining boshqaruv vakolatiga xalqaro hamkorlar, Qoʻmondonlik kotibining xizmati uchun ajratilgan besh operatsiya boʻlimi, boshqarma xizmati va moliyaviy nazorat xizmatlari kiradi va qaʼtiy qoidalarga rioya qilib erkin foydalanish huquqiga ega. Bu boʻlimlarning har biriga Qoʻmondonlik kotibining yordamchilaridan biri rahbarlik qiladi. Yordamchi esa asosiy qoʻmita javobgarligi boʻlimining raisi hisoblanadi. Qoʻmondonlik kotibi NATO tashkilotining yuritayotgan ishlariga vazirlar darajasida ado etuvchi kotib sifatida javobgarlikni oʻz boʻyniga oladi.
NATOning yangi rahbari Yevro-Atlantika ittifoqi turli tomonlardan yangi tahdidlar bilan yuzlashayotgani haqida ogohlantirgan.AfinadaYunoniston Bosh vaziriAntonis Samaras bilan koʻrishgan Yens StoltenbergRossiyaningUkrainadagi xatti-harakatlarini hamdaIroq vaSuriyadagi janglardan vataniga qaytayotgan xorijlik jangarilarniYevropa uchun yangi tahdid manbalari deya sanagan.
Rossiya Ukrainada xalqaro huquq normalarini buzdi. Bu holat mavjud ishonchga jiddiy putur yetkazib, Yevro-Atlantika ittifoqi xavfsizligiga tahdid solmoqda. Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikada esa “Islomiy davlat” va boshqa ekstremist guruhlar zoʻravonlik va beqarorlikka sabab boʻlmoqda. Uyiga qaytayotgan xorijlik jangarilar ham tinchligimizni xavf ostiga qoʻyyapti. Koʻplab tomonlardan turli shakllardagi tahdidlar bilan yuzlashyapmiz, - degan NATO Bosh kotibi.[3]
Antonis Samarasga koʻra, Rossiya bilan toʻliq harbiy hamkorlikni qayta tiklash hozir imkonsiz, ammo Moskva bilan muloqotni davom ettirish kerak, deya oʻz fikrini qayd etgan.
NATO-Rossiya kengashi doirasida toʻliq hamkorlikni qayta tiklash hozir imkonsiz. Lekin Rossiya bilan aloqa qilish yoʻllari ochiq qolishi va siyosiy muloqot davom etishi kerak. Yevropa xavfsizligini taʻminlashda Rossiyaning ishtiroki muhim. Bunga muammo yechimining bir qismi sifatida qarash kerak, - Antonis Samaras.
Rossiya harbiy samolyotlarining Yevropa osmonida faollashishi ortidan NATO harbiy hozirligini oshirayotgani haqida xabar bergan.[3]Stoltenbergning aytishicha, ittifoq Boltiq, Shimoliy va Qora dengizlar uzra Rossiya amalga oshirayotgan havo reyslarini yaqindan kuzatib bormoqda.NATO Bosh kotibiYens Stoltenbergning aytishicha,RossiyaUkraina ichida va chegarasida harbiy kuch toʻplab, ilgʻor uskuna va havo mudofaasi tizimlarini oʻrnatmoqda degan fikrlarni yuritgan. StoltenbergMoskvadan qoʻshinlarini ortga qaytarishni soʻrab, Ukraina sharqidagi ixtilofni tugatishga hissa qoʻshishga chaqirgan. Gʻarb nazarida Kreml isyonchilarni qoʻllab-quvvatlagan degan farazlar boʻlgan.Moskva bu daʼvolarga javoban har doim ayblovlarni inkor etgan. Ukraina Mudofaa vazirligi2014-yilning16-noyabridan to18-noyabriga qadar Ukraina gʻarbida sodir boʻlgan toʻqnashuvlarda besh askarini yoʻqotganini, sakkiz nafari yaralanganini maʼlum qilgan.Olmoniya Tashqi Ishlar vaziriFrank-Valter ShtaynmeyerUkraina hukumati va isyonchilarni2014-yilning sentabr oyidaMinskda imzolangan tinchlik shartlarini bajarishga chaqirgan.Birlashgan Qirollik Tashqi Ishlar vaziriFilip Xemmondning fikricha, tinchlik bitimini imzolaganRossiyaga uning majburiyatlarini eslatib turish kerakligini taʼkidlagan.Ukraina Bosh vaziriArseniy Yatsenyuk nazaridaUkraina vaRossiya rasmiylari neytral hududda masala boʻyicha muzokara qilishi lozimligini taʼkidlagan boʻlsa, Kreml bunga javobanKiyevni sharqdagi isyonchilar bilan muloqotga chorlagan.Ukraina PrezidentiPetro PoroshenkoningOlmoniya matbuotiga aytishicha, kerak boʻlsa,UkrainaRossiya bilan keng qamrovli urushga tayyorligini yashirib oʻtirmagan.[4]
1949-yili Bitimning tuzilishidaSovet Ittifoqideputatlari orasida mamlakatning xususiy xavfsizligiga rahna solmoqchi degan fikrlar yuritilgan.1949-yili va1954-yillardaBerlin shahridaAQSh,Buyuk Britaniya,Fransiya kabi mamlakatlarining tashqi ishlar vazirlari vaSSSR mahkamasi raislari oʻrtasida boʻlib oʻtgan yigʻilishda NATOni mudofaa borasida haddan ziyod chuqurlashib ketgan tashkilot sifatida Sovet Ittifoqi tomonidan tanqid qilingan. Keyinchalik oʻzining tashqi aloqalarini mustahkamlash uchun alyans bitimiga aʼzo boʻlib shu bilan birga NATOga aʼzo barcha mamlaktlarniSSSR bilan hamkorlik qilishiga chaqiradi va oradan bir necha yillar oʻtib hech bir asossiz ushbu hamkorlik bekor qilingan. NATOning xatti harakatlariga javoban Sovet IttifoqiYevropa taʼsirini oʻzining ravnaqi yoʻlida bartaraf etish uchun1955-yil davlat ichidan harbiy blokni Sovet Ittifoqi yuritayotgan siyosatni tahlil etish borasida Varshava shartnomasini tuzadi.Varshava shartnomasi tashkiloti va Sovet Ittifoqi parchalanib ketishidan[5],[6] soʻng NATO jamlanmasi xavflarni bartaraf etish mahkamasi borasida rasmiy bitim tuzdi va bu bitim oʻzining doirasiga Uzoq Sharq mamlakatlarini qamrab olish choralari qoʻyilgan edi. Va NATO oldindan Sovetlar xavfini bartaraf etish maqsadi ekanligini oshkora va yaqqol amerikalik publitsist Noam Xomsk, aytganidek bayon etib kelgan. Noam Xomsk iboralari:
NATO oldidagi vazifalar xalqaro energetika sistemalarini nazorat qilish, dengiz yoʻllari, yer osti quvurlaridan oʻtgan barcha narsalarni Hukmdor nazorati sifatida yechish.[7] deya NATO borasidagi fikrlarini omma oldida takidlagan.
2006-yilning aprel oyida A. I. Soljenitsin, „Moskovskie novosti“ gazetasi muhbirlari savoliga javob berayotib shuni eʼlon qilgan:
NATO metodik va ustuvorlik jihatidan harbiy doirasini juda ham keskin tarzda rivojlantiryapti. Bunga sabab Rossiyani janub tomondan qamrab olishdir. Bu yerda ochiq ravishda rangli inqilobni xom ashyo bilan qoʻllab quvvatlashi Shimoliy Atlantikani Oʻrta Osiyoga qiziqishlari baland ekanligini namoyon qiladi. Bunda faqat birgina eʼtirof qoladi, shu ham boʻlsa erkinlikni yoʻqotib Rossiya atrofini butunlay oʻrab olishidir[8]
7-iyun2007-yildaRossiya prezidentiVladimir Putin "Shimoliy Atlantikaning ishtirokchi mamlakatlari va „Dunyo tinchligiga birdamlik“ programmasida ishtirok qiladigan boshqa mamlakatlar orasidagi rozilik shartnomasi ,19-iyun,1995-yilgi qabul qilingan qaror holati hamda unga qoʻshilgan masalalar" borasidagi № 99 federal qonuniga imzo chekdi.2008-yilning yanvarida NATO ishlarini koʻrib chiqishi boʻyichaRossiyaning doimiy hukumat boshligʻi vazifasini ijro etish uchunDmitriy Rogozin tayinlandi va u oʻz oʻrnida Rossiya Federatsiyasi va Shimoliy Atlantika shartnomasi munosabatlarini jamiyatda qiziqtirgan savollarga mavjudiyatlik balandligi sifatini oshirdi.
Londonda joylashgan tadqiqotlar markaziRossiyani Uchinchi Jahon urushiga turtki boʻladigan harakatlarda ayblagan. Havo makonini buzish, dengizda boshqa davlat hududiga kirish, Gʻarbga qarshi hujumlar uyushtirish niyatini namoyish qilish – bu Kremlning soʻnggi oylardagi qadamlari deya2014-yilning noyabr oyida yangi hisobotida aynan shu haqida yozgan.2014-yilning fevral oyidan, to2014-yilning oktabr oyiga qadar Rossiya harbiy samolyotlari NATOga aʼzo davlatlar havo chegaralarini qariyb 40 marta buzib oʻtgan. Bu „Yevropa yetakchilik tarmogʻi“ nomli tahliliy guruh maʼlumoti. Yana bir boshqa hisobotga koʻra, Rossiya qiruvchi samolyotiningDaniyaga tegishli yoʻlovchi samolyot bilan toʻqnashishiga oz qolgan.Bundan tashqari,Shvetsiya suvlarigaRossiya suvosti kemasi kirgani taxmin qilingan. Aynan shunday taxminlar hamdaEstoniya razvedkasi agentining oʻgʻirlanishi va Rossiyaning mashqlar paytidaAQShga qarata raketa uzishini faraz qilishi guruhni izlanish oʻtkazishga majbur qilgan.
Masala aslida nihoyatda jiddiy - deydi londonlik tahlilchi Jonatan Ayl -xavfsizlik kafolatlarini buzishga qaratilgan urinishlarga guvoh boʻlyapmiz. Vaholanki, Gʻarb sobiq kommunistik davlatlarga bu kafolatlarni bergan.[9]
Kafolatlar yozma ravishda berilgan,Polshada esa chegara zastavalari bunyod etilgan. Bugunda ular kengaytirilmoqda, NATOga aʼzo davlatlar esa koʻproq mashqlar oʻtkazyapti, xuddi Ukrainadagidek.
Moskvaga urush boshlash niyatida emasligimizni namoyish qilishimiz zarur. Bizga mojaro kerak emas. Lekin Rossiyadan qoʻrqmaymiz. Shuni ular tushunsin - degan Ayl.[9]
Ekspertlar fikricha, Rossiyaning hozirgi siyosati bir tarafdan Gʻarbning harbiy qudratini oʻrganishga, boshqa tarafdan mamlakat ichida Putin obroʻsini oshirishga qaratilgan degan iddaolar ilgari surilgan. Ammo harbiy tahdid jiddiy emas, deya fikr bildirgan Xalqaro strategik tadqiqotlar institutidan Duglas Barri.
NATO yuzlashayotgani Sovet davridagidek katta havo kuchlari emas. Rossiya havo kuchlari undan ancha kichik, salohiyati ham 1980-yillardagi Sovet havo qoʻshinlarinikiga yetmaydi - degan u.
Shunga qaramay, sarmoyalar hajmining oshganiRossiyaga harbiy parvozlarni koʻpaytirishga yordam bergan.2015-yillarda Kreml qurolli kuchlarini zamonaviylashtirishni rejalagan.
Bu Rossiya rahbariyatining ishtahasi naqadar yuqoriligidan darak beradi, - deya fikrini qayd etgan Barri.
Mutaxassislar fikricha, Rossiyaning asosiy maqsadi NATOning yanada kengayishiga chek qoʻyish va hatto sobiq kommunistik davlatlarni oʻz taʼsir doirasiga qaytarish deb hisoblashgan.[9]NATO rahbarining taʼkidlashicha, Sovuq urush davri qaytgani yoʻq, ammo Rossiyaning harbiy harakatlari oʻrtadagi ishonchga putur yetkazishi mumkinligini matbuot anjumanida bildirib oʻtgan. Alyans tarqatgan maʼlumotga koʻra, oʻtgan ikki kun ichida 20 dan ortiq Rossiya harbiy samolyoti toʻrt guruhga boʻlinib ittifoqning havo chegaralarini kesib oʻtgan.2014-yilning oʻzida bunday holatlar soni 100 dan oshgan. Bu esa oʻtgan yilgi koʻrsatkichdan uch barobar koʻp demakligini mutaxasislar taʼkidlashgan.2014-yilning mart oyida RossiyaQrimni oʻz hududiga qoʻshib olgandan keyin Rossiya va NATO aloqalari keskin sovuqlashgan. NATO, shuningdek, Moskvani sharqiy Ukrainadagi isyonchilarni qoʻllab-quvvatlayotganlikda ayblagan.NATO soʻzlovchisining aytishicha, Rossiya samolyotlarini toʻxtatish uchunNorvegiya,Birlashgan Qirollik,Portugaliya,Germaniya vaTurkiyaga qarashli qiruvchi samolyotlar havoga koʻtarilgan. Bu nomaʼlum samolyotlar NATO hududiga kirganda doim rioya qilinadigan odatdagi tartib, deya bu holatni izohlagan NATO rasmiysi. NATOning sharqiy aʼzolari, xususan,Polsha va Boltiqboʻyi davlatlari, ayniqsa, Rossiyaning harbiy faolligidan norozi boʻlishgan. Ularning xavotirlariga javoban,AQSh yetakchiligidagi ittifoq mintaqada havo sarhadlarini qoʻriqlovchi samolyot va harbiy mutaxassislar sonini oshirgan.
Oʻzbekiston va NATO oʻrtasidagi hamkorlik1994-yil 13-iyulda tasdiqlangan NATOning „Tinchlik yoʻlida hamkorlik“ dasturining Doiraviy bitimiga muvofiq hamda1996-yildan boshlab har yil ishlab chiqariladigan hamkorlikning muhim sohalarini qamrab oladigan (harbiy taʼlim, mudofaa siyosati, terrorizmga qarshi kurash, ilmiy izlanishlar, favqulodda holatlarda fuqarolar muhofazasini taʼminlashni rejalashtirish) sherikchilik boʻyicha individual dasturlar doirasida amalga oshiriladi.[10]
Oʻzbekiston va NATOning YeAHK doirasidagi maxsus yigʻilishlarida, jumladan YeAHKning tashqi ishlar va mudofaa vazirlari, elchilar, siyosiy qoʻmitalar, oliy harbiy-siyosiy qoʻmitalar, „Tinchlik yoʻlidagi fan“ boʻyicha Qoʻmitasi va fuqarolar muhofazasi boʻyicha Qoʻmitasi yigʻilishlarida ishtirok etib kelmoqda.
Xalqaro ilmiy-texnikaviy hamkorlikni rivojlantirishda NATOga aʼzo mamlakatlar bilan hamkorik, yaʼni NATOning Fan qoʻmitasi alohida ahamiyat kasb etadi. Soʻnggi yillardagiOʻzbekistonning NATOga aʼzo davlatlar bilan hamkorligi tajribasi uning juda samarali ekanligini koʻrsatmoqda. Hozirgi paytdaOʻzbekistonda NATO bilaninformatsion texnologiyalar,tibbiyot va boshqa qator loyihalar amalga oshirilmoqda.2007-yil may va2008-yil oktabr oylarida NATOning Fan qoʻmitasi raisi K.UspelerningOʻzbekistonga tashrifi hamkorlikning yanada yangi bosqichlarga koʻtarilishiga turtki boʻlgan.
2008-yil 3-apreldaOʻzbekiston Respublikasi PrezidentiI. A. Karimov NATO Bosh kotibi Ya. Sxefferning taklifiga binoan NATO/EAHKningBuharest shahridagi sammitida ishtirok etdi vaAfgʻonistonda barqarorlikni taʼminlash maqsadida „6+3“ Guruhini tashkil etish tashabbusini ilgari surdi.
Oʻzbekiston va NATO oʻrtasidagi ikki tomonlama aloqalarni rivojlanish masalalarini muhokama qilish maqsadidaMarkaziy Osiyo va Kavkaz mamlakatlari boʻyicha NATO Bosh kotibining maxsus vakili R.Simmons respublikaga bir necha bor tashrif buyurgan.