Singin' in the Rain (1952) musiqali filmi posteri.
Musiqali film –kino vatelevideniye asari; undamusiqa asosiy oʻrinni egallab,filmning janri va dramatik qurilishini belgilaydi, syujet rivojlanishi, asar gʻoyasi va qahramonlar ichki dunyosini ochishga xizmat qiladi. 1920-yillarning oxiridaovozli kino bilan bir vaqtda musiqali film ham rivojlana boshladi. Rivojlanishning turli bosqichlarida musiqali filmning tuzilishi oʻzgarib bordi.Dramaturgiya, musiqa,vokal,xoreografiya va ijrochilik sanʼati sintezi turli koʻrinishlarda shakllana boshladi.
Tarixdagi birinchi musiqali filmAQShda yaratilgan. Film nomiThe Jazz Singer („Jaz xonandasi“) boʻlgan[1]. Keyinchalik bunday turdagi filmlarGermaniya („Tabassumlar mamlakati“, „Koʻrshapalak“ va boshqalar) da yaratilgan. 1930-yillarga kelib musiqali filmning asosiy janrlari – lirikkinokomediya, filmrevyu,operetta,opera,balet shakllandi.
Oʻzbekistonda musiqali film yaratish 1940-yillardan boshlandi.Ikkinchi jahon urushi yillarida yaratilgan filmlarning aksariyatini film-konsertlar tashkil etdi. „Film-konsert“ (Y. Aʼzamov), „Frontdagi doʻstlarga“, „Vatan sovgʻasi“ (K. Yormatov), „Besh respublika konserti“ (Z. Sobitov) va boshqa shular jumlasidan. „Doyra raqsga chorlaydi“, „Musiqiy torlarimiz siri“ film-konsertlari, „Dilbarim“film-komediyasi, „Dilorom“ birinchi oʻzbek film-operasi, „Jonlangan miniatyuralar“ („Suhayl va Mexri“, L. Fayziyev; M. Leviyev) filmbaleti va boshqa filmlarda musiqadan oʻrinli foydalanishga, mavzuga hamohang ekran tilini kashf etishga muvaffaq boʻldilar.„Oʻzbektelefilm“ da yaratilgan „Shashmaqom“ (T. Akromov), „Menga qoʻshiqchizib ber“ (L. Inozemseva), „Men balerina“ (Sh. Mahbubov) kabi filmlarda milliy madaniyatni, oʻzlikni anglash, qadriyatlarni eʼzozlash va yangi ijodiy izlanishlar koʻzga tashlanadi. Anʼanaviy oʻzbek aytim (vokal) va cholgʻu musiqa sanʼatini tiklash va rivojlantirishni targʻib qiluvchi „Xiva vaqti bilan soat yettida“, „Boysunda qor eriganda“, „Qalbingda xalq ohanglarini eʼzozla“ kabi film-konsertlar oʻzining milliyligi bilan ajralib turadi. 1987-yil Oʻzbekiston televideniyesida birinchi bor „Toʻmaris“ (rejissyor N. Mahmudov; U. Musayev) telebaleti qoʻyildi. „Maysaraning ishi“ (M. Abzalov), „Yulduzimni ber, osmon“ (F. Davletshin), „Monolog“, „Sevgi qoʻshigʻi“ (Bahodir Zokirov), „Mesh polvon“ (M. Abzalov) va boshqa keyingi yillar yaratilgan eng yaxshi musiqali filmlardir.