Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Murod I

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Murod I
Usmonlilar imperiyasi podshohi
Hukmronligining boshlanishi:Mart 1362
Hukmronligining tugashi:14 Iyun 1389
Oʻtmishdosh:Oʻrxon I
Voris:Boyazid I Yildirim
Tugʻilgan sanasi:29-iyun1326-yil
Tugʻilgan joyi:Amasiya,Usmonlilar imperiyasi
Vafot sanasi:12-avgust1389-yil(1389-08-12)
(63 yoshda)
Vafot joyi:Prishtina,Kosovo[1]

Murod I Xudovandigor (1326—1389) —Usmonlilar imperiyasining 3-sultoni (1362-1389)[2][3].

Usmonlilar sulolasiga mansub Turkiya sultoni (1362—1389). Sulton Oʻrxon Gʻoziyning oʻgʻli. Taxt tepasiga kelgan Murod I birodarlari Ibrohim va Xalillarni qatl etgach, Kichik Osiyoning sharqiy va janubiy xududlarini oʻz tasarrufiga kiritadi. Tez orada mamlakatning ilgari qoʻldan chiqqan gʻarbiy yerlarini qaytarib oladi. 1362-yil bolgarlarning Filippopol (Plovdiv) shahrini zabt etadi. Oradan 2 yil oʻtgach, bolgar shohi Shishman usmoniylar sultoniga xiroj toʻlovchiga aylanadi. Murod I 1370-yillarda poytaxtni Edirne (Adrianopol)ga koʻchiradi. Murod I 1376-yilVizantiya tasarrufiga oʻtgan Gallipoli yarim orolini qaytarib oladi; 1370—1380-yillarda Bolkrndagi barcha yerlarni bosib oladi. 1389-yilning iyunida Murod I ulkan armiyasi bilan serb yerlariga kiradi. Kosovo maydonida knyaz Lazar boshlik, serb kuchlari bilan toʻqnashadi (1389-yil 15-iyun). M.I qaror-gohiga Lazar armiyasi haqida maʼlumot bermoqchi boʻlgan serb-krchoq Miloshni olib kelishadi, u tusatdan Murod I ning yuragiga xanjar sanchadi. Biroq, Murod I ning qoʻshini jangda gʻalaba qozonadi. Asirga olingan Lazar jon berayotgan Murod I koʻz oʻngida qatl qilinadi. Murod I ning toʻngʻich farzandi Boyazid I Yildirim sultonlik shohsupasiga oʻtiradi[4].

Manbalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  1. "Murad I". Encyclopædia Britannica Inc., 2014. Web. 19-Dec. 2014-yil.
  2. Imber, Colin. The Ottoman Empire, 1300-1650: The Structure of Power, 2, Palgrave Macmillan, 2009.ISBN 978-0-230-57451-9. 
  3. Harris, Jonathan,The End of Byzantium. New Haven and London: Yale University Press, 2010.ISBN 978-0-300-11786-8
  4. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Stub ikonaUsmonlilar imperiyasi haqidagi ushbu maqolachaladir. Siz uniboyitib,Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
DovudShaxsiyat haqidagi ushbu maqolachaladir. Siz uniboyitib,Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
Stub ikonaQirol oila aʼzosi haqidagi ushbu maqolachaladir. Siz uniboyitib,Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.


Ushbu maqoladaOʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.


§ Birinchi usmoniy xalifalari
Usmoniylar imperiyasi Taxt uchun kurashgan Usmoniy shahzodalar
Murod Iga qarshi (1373)
Usmoniylar boʻlingan davr (1402-1413)
Mehmed Iga qarshi (1419)
Murod IIga qarshi (1421-1423)
Boyazid IIga qarshi (1481-1482)
Boyazid IIga qarshi (1511-1512)
Salim I Yovuzga qarshi (1512-1513)
Sulaymon Iga qarshi (1553-1561)
Ahmad Iga qarshi (1603-1617)
"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Murod_I&oldid=5245599" dan olindi
Turkum:
Yashirin turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2025 Movatter.jp