Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Munitsipalitet

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Vikilugʻatdamunitsipalitet nomli maqola mavjud.

Munitsipalitet (olmoncha: Munizipalität,fransuzcha:municipalité,lotincha:municipiumdan) — aniq belgilangan hududga va unda yashovchi aholisiga egaoʻzini-oʻzi boshqaruvchimaʼmuriy-hududiy birlik (odatda aholi punktlari guruhi,shahar,shahar tipidagi qishloq yokiqishloq). Ayrim mamlakatlarda (masalan, AQSH, Buyuk Britaniya) shahar boshqaruv organlarigina munitsipalitet deb ataladi. Moskva shahrida mahalliy oʻzini oʻzi boshqaruvchi organ munitsipalitet deb ataladi, u munitsipal yigʻilish va mahalliy maʼmuriyat boshligʻi (munitsipalitet rahbari)ni oʻz ichiga oladi. munitsipalitet tegishli maʼmuriyhududiy birlik aholisi tomonidan saylanadi va unga konstitutsiyaviy huquqda xalq-huquqiy korporatsiyalari sifatida qaraladi. Odatda, munitsipalitet mer, burgomistr va shahrik. boshchiligidagi saylab qoʻyiladigan rayosat hamda ijrochi mulozimlar devonidan iborat boʻladi. Munitsipalitet munitsipal korxonalar, turar joy fondi va boshqa mulklar egasi boʻlishi mumkin; u davlat maktablari, sanitariya xizmati idoralari, mahalliy politsiya, bir qancha mamlakatlarda esa tibbiy xizmat va ijtimoiy taʼminot boʻyicha turli muassasalarni boshqaradi. munitsipalitetning asosiy daromad manbai aholidan yigʻiladigan mahalliy soliqlardir.[1]

Odatda, har xil davlatlarda ikki xildagi maʼmuriy birlikni munitsipalitet deb ataydilar:

  • Shahar munitsipalitetlari — (odatda yirik) shahar va oʻsha darajadagi mavjud boʻlgan asosan qishloq tumanlarini oʻz ichiga oluvchi maʼmuriy birliklar. Bunday holatda boshqaruv organlari odatdamer vashahar kengashi (yoki munitsipal kengash) hisoblanadi.
  • Ayrim mamlakatlardayagona aniqlangan darajadagi (odatda 2- yoki 3-) maʼmuriy birlik, undagi shaharlarning mavjudligi va ularning soniga qaramasdan munitsipalitet deb hisoblanadi. Koʻpchilik bunday mamlakatlardamunitsipalitet — saylov organlari tomonidan boshqariladigan eng kichik maʼmuriy birlik.

Boshqa mamlakatlarda

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Munitsipalitet quyidagi mamlakatlar maʼmuriy birligi hisoblanadi:

2-daraja

[tahrir |manbasini tahrirlash]

3-daraja

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Sifat

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Munitsipal sifati shuningdekRossiya,Ukraina va boshqaSovet davridan keyingi mamlakatlardadavlat mulkchiligi obʼyektlariga nisbatan qoʻllanadi.

Yana qarang

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Havolalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Manbalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


Ushbu maqoladaOʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.


"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Munitsipalitet&oldid=5306064" dan olindi
Turkumlar::
Yashirin turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2026 Movatter.jp