Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Muhammad Ali (Misr)

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Muhammad Ali Poshsho
arabcha:محمد علي باشا
usm.محمد علی پاشا

Muhammad Ali Poshsho 1840-yilda
 Misrvoliysi (poshshosi)
 
Mansab davri
17-may1805 – 2-mart1848
OʻtmishdoshiXurshid Ahmad poshsho
VorisiIbrohim poshsho
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi4-mart1769-yil
Kavala,Makedoniya,Usmonlilar imperiyasi
Vafoti2-avgust1849-yil(1849-08-02)
(80 yoshda)
Ras al-Tin qasri,Iskandariya,Misr
Turmush oʻrtogʻi

Amina Xonim
Mahduran Xonim
Ayn al-Hayat Xotin
Mumtoz Xotin
Mahvish Xotin
Namshaz Xotin
Zayba Hadicha Xotin
Shams Safa Xotin
Shami Nur Xotin
Ummu NumanNaila Xotin

Gulfidan Xotin
Qamar Xotin
Bolalari19 oʻgʻil va 13 qiz
OnasiZaynab xonim
OtasiIbrohim ogʻa
KasbiSiyosatchi va harbiy
DiniIslom (sunniy)
MukofotlariFaxriy legion ordeni
Dafn etilgan joyiMuhammad Ali masjidi

Muhammad Ali (4-mart 1769-yil, Kavala shahri, Makedoniya — 2-avgust 1849-yil, Iskandariya) — Misr hukmdori (podshosi) (1805—49). 1952-yil iyul inqilobigacha hukmronlik qilgan sulola asoschisi, asli alban, yanicharlardan. M.A. tamaki sotish bilan shugʻullangan, 45 yoshida oʻqishni oʻrgangan. 1799—1801-yillarda turk armiyasi tarkibidagi alban otryadiga boshchilik qilib, Misrdagi Turkiya— Fransiya urushida qatnashgan. Umar Makram boshchiligidagi Qohira musulmon ulamolariga tayanib hokimiyatni egallagan (1805). M.A. dastlab Umar Makramni qatl etgan, soʻngra mamluk beklarini qirib tashlab, nomigagina Turkiyaga tobe, aslida Misrning yakka hokimiga aylangan. Muntazam armiya tuzib, uning yordamida Arabiston yarim orol (1811-18), Sharqiy Sudan (1820-22)ni bosib olgan, Grek mshtliy ozodlik inqilobini bostirishda qatnashgan (1824—28), Turkiya sultoniga qarshi urushlar olib borgan (1831—33 va 1839—40). Harajatlarni qoplash maqsadida vaqf, mamluklar va ijaradorlarning yerlarini davlat ixtiyoriga tortib olgan. 1829-yildan yerlarni oʻz yaqinlariga boʻlib bera boshlagan. M.A. maʼmuriy idoralarni qaytadan tashkil etgan, qishloq xoʻjaligi, sanoatni rivojlantirish tadbirlarini koʻrgan. Bu ishlarni amalga oshirishda chet el, asosan, fransuz mutaxassislariga tayangan. Uning davrida tashqi savdo rivojlangan; bir necha dunyoviy maktablar ochgan. Misr yoshlarini chet ellarga oʻqishga yuborgan.[1]

Manbalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


Ushbu maqoladaOʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.


Tashqi havolalarBuni Vikimaʼlumotlarda tahrirlash
Stub ikonaTarixga oid ushbu maqolachaladir. Siz uniboyitib,Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Muhammad_Ali_(Misr)&oldid=4453660" dan olindi
Turkumlar::
Yashirin turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2026 Movatter.jp