Moyjuvoz (moy chiqaruvchi[1] — „moy chiqarish“ soʻzidan) — bir oz nordon sut, qaymoq yoki smetanadan quvlash — ishlov berilayotgan mahsulotga mexanik taʼsir koʻrsatish orqali sariyogʻ olish uchun qurilma[2].
Qaymoqni mexanik quvlashda sut yogʻi ajralib chiqadi. Yogʻ atrofini oʻrab turgan membranalar buziladi va yogʻ boʻlaklarini hosil qiladi[3]. Moyjuvozda boʻlaklar bir-biriga yopishadi va yirikroq boʻlaklar hosil qiladi. Quvlashda havo pufakchalari yogʻ boʻlaklariga tushadi. Keyinchalik quvlaganda yogʻ tobora zichlashib boradi, havo pufakchaları esa chiqib ketadi. Natijada, yogʻ qolgan suyuqlikdan ajraladi[4].
Yogʻ quvlash haqidagi eng erta eslatmani Bibliyada topish mumkin, u taxminan miloddan avvalgi 2000-yilga tegishli. Moyjuvoz VI asrda mavjud boʻlgan boʻlishi mumkin, chunki Shotlandiyada shu vaqt belgilangan moyjuvoz qopqogʻi topilgan.
Yevropa anʼanalarida, boshqa uy ishlari bilan bir qatorda, moyjuvoz yordamida yogʻ quvlash, asosan, ayollarning ishi boʻlgan[5].
Менделеев Д. И., Руднев В. М. Маслобойное и маслоэкстракционное производства // Энциклопедический словарь Брокгауза и Ефрона : в 86 т. (82 т. и 4 доп.). — СПб., 1890—1907.