Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Mosul

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Bu maqoladaichki havolalar juda kam. Matnga aloqador ichki havolalar qoʻshibyordam qiling.

Mosul, al-Mavsil —Iroqning shimoliy qismidagi shahar. Dajla daryosi boʻyida. Naynova muhofazasining maʼ-muriy markazi. Aholisi 670 ming kishi (1990-yillar oʻrtalari). Gʻalla, meva, chorva mollari bilan savdo qilinadigan muhim markaz. Transport yoʻllari tuguni. Toʻqimachilik (muslin gazlamasi ishlab chiqarish), oziq-ovqat, koʻn-poyabzal, metallsozlik, sement sanoati korxonalari mavjud. Universitet, tarix va boshqa muzeylar bor. Mosul yaqinidan oltin-gugurt va neft qazib olinadi.

Mosul 6-asr da vujudga kelgan. 641 yil uni arablar egallagan. Umaviylar va Abbosiylar davrida Sharqning savdo hamda hunarmandchilik markazi boʻlgan. 10—12-asrlarda turli davlatlar poytaxti. 1095—96 yillar Mosulni Saljuqiylar egallagan. 1261-yilda moʻgʻullar hujumiga uchragan. 14-asrning 2-yarmidan Temuriylar, 1514—1918-yillar Usmonli turk saltanati tarkibida boʻlgan. 1920-yildan Iroq tarkibida.

Mosulda al-Jomiʼ alkabir madrasasi (minorasi bilan) (1170—72), al-Izziya madrasasi (12-asr), Qorasaroy qalʼasi harobalari (13-asr) va boshqa, shahar yaqinida Nabi Yunus maqbaramasjidi (10-asr) bor.[1]

Manbalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


Ushbu maqoladaOʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.


Stub ikonaUshbu maqolachaladir. Siz uniboyitib,Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
Bu andozanianiqrogʻiga almashtirish kerak.
"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Mosul&oldid=4780687" dan olindi
Turkum:
Yashirin turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2025 Movatter.jp