Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Mixail Bakunin

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Mixail Aleksandrovich Bakunin (1814.18.5,Tver gubernyasi — 1876.19.6, Bern) — inqilobchi, anarxizm nazariyotchilaridan biri.1848 — 49 yillardagi Yevropa (Parij, Drezden, Praga) inqilobiy harakatlarining ishtirokchisi. 1849-yil mayida Bakuninni Drezden qoʻzgʻoloni rahbarlaridan biri sifatida Saksoniya va Avstriya hukumatlari oʻlimga, soʻng umrbod qamoqqa hukm qildi. Keyinroq B. Rossiya hukumati qoʻliga topshirilgach, Nikolay I buyrugʻi bilan Sibirga surgun etildi. 1861-yilda Bakuninning u yerdan qochib, Yaponiya va Amerika orqali Londonga keldi. Turli inqilobiy tashkilotlar, nashrlar, maxfiy jamiyatlar ishida faol qatnashdi. 1868-yilda 1-Internatsionalga kirib, Marks va safdoshlariga qarshi kurash boshladi. B. "Davlat tuzumi va anarxiya" (1873) asarida tarix — evolyutsion jarayon, u insoniyatning "hayvonot dunyosidan" "ozodlik dunyosi" sari harakatidan iborat, degan gʻoyani ilgari surdi. Uning fikricha, taraqqiyotning yuqori bosqichida zulm-istibdodga asoslangan har qanday davlat barham topadi, insonning barcha qobiliyatlari kamolga yetishi uchun imkon yaratiladi.

Adabiyotlar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


Ushbu maqoladaOʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.




Stub ikonaUshbu maqolachaladir. Siz uniboyitib,Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
Bu andozanianiqrogʻiga almashtirish kerak.
"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Mixail_Bakunin&oldid=4930429" dan olindi
Yashirin turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2025 Movatter.jp