Mikey Madison |
---|
 Madison 2024-yilgi Kann festivalida |
Tavalludi | Mikaela Madison Rosberg 25-mart1999-yil (1999-03-25) (26 yosh)
|
---|
Kasbi | Aktrisa |
---|
Faoliyat yillari | 2013–hozirgacha |
---|
Mikey Madison (1999-yil25-martda tugʻilgan) – amerikalik aktrisa. U oʻz karyerasini2016-yildan2022-yilgacha FX telekanalining „Better Things“ nomli komediya seriyasida serjahl oʻsmir Max Fox roli orqali boshlagan[1]. Oʻshandan beri u Quentin Tarantinoning2019-yilda suratga olingan„Once Upon a Time in Hollywood“ nomli filmida Mansonlar oilasining izdoshi Susan „Sadie“ Atkins rolini,2022-yilda suratga olingan„Scream“ filmida esa Amber Friman rolini oʻynadi[2]. U, shuningdek,2024-yildaKann kinofestivalidaOltin palma mukofotini qoʻlga kiritgan Sean Bakerning„Anora“ filmida bosh rol hisoblangan Anora (Ani) rolini ijro etdi[3].
Mikey Madison1999-yil25-martdaAmerika Qoʻshma ShtatlariningKaliforniya shtatidagiLos-Anjeles shahrida tugʻilgan. Uning egizak akasi va yana uchta ukasi bor[4]. Singlisi ssenariynavisga turmushga chiqqanidan soʻng, Madison oʻzini aktrisalik faoliyatida sinab koʻrish uchun ot sportini tark etib,2013-yilda birinchi rolini ijro etdi. U yahudiy[5][6].
Madison oʻzining aktrisalik faoliyatini koʻplab qisqa metrajli filmlarda, jumladan, „Retirement“ (2013), „Pani’s Box“ (2013) va „Bound for Greatness“ (2014) filmlarida suratga tushish bilan boshlagan.2014-yilda Madison oʻzining birinchi badiiy filmi „Liza, Liza, Skies Are Grey“ filmida 15 yoshida rol ijro etdi. Ammo, film2017-yilgacha chiqarilmadi.2016-yilda uLouis CK vaPamela Adlon tomonidan suratga olinganFX kanalining „Better Things“ nomli komediya-drama seriyasida Max Fox rolini oʻynadi.2022-yilda serialning beshinchi va soʻnggi mavsumi suratga olindi va u yakunlandi.
2017-yildan2018-yilgacha uBravo telekanalining „Imposters“ nomli komediya serialida ikkinchi darajali rolni ijro etgan.2018-yilda Madison „Monster“ va „Nostalgia“ drama filmlarida koʻrinish berdi. U Quentin Tarantinoning „Once Upon a Time in Hollywood“ (2019) nomli komediya-drama filmidagi Manson oilasining aʼzosi Susan „Sadie“ Atkins roli orqali yanada mashhurlikka erishdi. Mikey, shuningdek,2019-yiloktabr oyida chiqarilgan „The Addams Family“ nomli oq-qora tarzda suratga olingan animatsion komediyada Candi the Barista personajiga ovoz berdi.
2020-yilsentabr oyida MadisonMett Bettinelli-Olpin vaTyler Gillett rejissyorligidagi „Qichqiriq“ filmida ikkinchi darajali qahramon, Amber Friman rolini oʻynadi. Film2022-yil14-yanvarda premyera qilindi.2024-yilda Madison2024-yilgiKann kinofestivalida premyerasi boʻlib oʻtgan vaOltin palma mukofotini qoʻlga kiritganSean Bakerning „Anora“ filmida striptizchi Anora (Ani) rolini oʻynadi.
Izoh | Ushbu belgi hali chiqarilmagan filmni bildiradi |
- ↑„Pamela Adlon and Louis C.K.'s 'Better Things' First Trailer“. Screencrush.com (2016-yil 19-iyul). 2016-yil 23-avgustda asl nusxadanarxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 27-avgust.
- ↑Carras, Christi. „What did the real characters in 'Once Upon a Time ... in Hollywood' look like?“ (2019-yil 27-iyul). 2019-yil 2-avgustda asl nusxadanarxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 2-avgust.
- ↑„Anora“. www.imdb.com. Qaraldi: 14-iyul 2024-yil.
- ↑Shanahan, Christina „Why you should binge watch Better Things over the Long Weekend, according to Mikey Madison“. InStyle (2016-yil 24-noyabr). 2017-yil 2-mayda asl nusxadanarxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 4-may.
- ↑Nordstrom, Leigh „Meet Mikey Madison From FX's 'Better Things'“. wwd.com (2016-yil 13-oktyabr). 2017-yil 7-yanvarda asl nusxadanarxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 4-may.
- ↑„Haim for the Oscar? That, and what to watch this week in Jewish entertainment“ (2022-yil 14-yanvar). 2022-yil 20-sentyabrda asl nusxadanarxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-sentyabr.
- ↑7,07,17,27,3Allaire, Christian „Inside ‘Anora’ Star Mikey Madison’s First Cannes Film Festival“ (en-US). Vogue (2024-yil 23-may). Qaraldi: 2024-yil 13-iyun.
- ↑8,08,1Todisco, Eric „Mikey Madison: 5 Things To Know About The New ‘Scream’ Star“ (en-US). Hollywood Life (2022-yil 13-yanvar). Qaraldi: 2024-yil 13-iyun.
- ↑Muir, Nathaniel „'It Takes Three' review: Formulaic rom-com tries but forgets most important part • AIPT“ (en-us). aiptcomics.com (2021-yil 4-sentyabr). Qaraldi: 2024-yil 13-iyun.
- ↑Cruse, Daniel „Mikey Madison Gave Us a Deranged, Fire-Burning Killer — Twice“ (en). Collider (2024-yil 24-may). Qaraldi: 2024-yil 13-iyun.
- ↑„Exclusive All Souls Clip Features Mikey Madison in Distress“ (en-US). Yahoo Entertainment (2023-yil 8-dekabr). Qaraldi: 2024-yil 13-iyun.
- ↑Saclao, Christian „‘Imposters’ Season 2 Will Revisit Maddie’s Past“ (en-US). International Business Times (2018-yil 4-aprel). Qaraldi: 2024-yil 13-iyun.
- ↑Miller, Julie „Inside Natalie Portman’s New Murder Mystery Series, Lady in the Lake“ (en-US). Vanity Fair (2024-yil 7-iyun). Qaraldi: 2024-yil 13-iyun.