Mike Shinoda (talaffuzi:Mayk Shinoda) —Linkin Park guruhining aʼzosi.
Mike yapon kelib chiqishiga ega amerikalik Leslie Shinoda oilasida dunyoga keladi. Onasi venger kelib chiqishli Kim Shinoda. Yoshligini MikeLos Anjelesning shaharchasi — Agurada oʻtkazadi. Kichik ukasi Jason bor (1979-y. t.)
Maktab davrlaridayoq u musiqa bilan shugʻullanishni boshlaydi:fortepiano vagitara chalishni oʻrganadi.Brad Delson bilan bir maktabda oʻqigan va ular birga Mikening honasida yaratilgan studiyada musiqa yozishar edi. Oʻrta maktabning ohirlariga kelib ularga barabanchiRob Bourdon qoʻshiladi va uch yosh musiqachiXero guruhini tashkil etishadi.
Maktabni tamomlaganidan soʻng Mike Tasviriy Sanʼatlar kollejiga oʻqishga kiradi va u yerda grafik dizayn, illyustratsiyani oʻrganadi. Keyinchalik, buLinkin Park vaFort Minor albomlarining muqovalari dizaynini ishlab chiqishga yordam beradi. Kollejda uJoseph Hahn bilan tanishadi, vaqt oʻtgach, u Bradning doʻsti baschiDave "Phoenix" Farrell kabi guruhga di-jey sifatida qoʻshiladi.
Mike Shinoda Anna (Hillinger) Shinoda bilan 2003-yil may oyida turmush qurgan. Hozirda u bolalar yozuvchisi.Where'd You Go qoʻshigʻi Shinodaning soʻzlariga qaraganda uning xotini Annaga bagʻishlangan.