Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Microsoft PowerPoint

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Microsoft PowerPoint (Windows)
Microsoft PowerPoint ramzi
MuallifMicrosoft
Ishlab chiquvchiMicrosoft
So‘nggi versiyasi.
  • 2016 (16.0.4229.1024) (Windows)
  • 2016 (15.14.0) (macOS) (22-sentabr 2015 (Windows), 15-sentabr 2015 (macOS)) /2023-yil
Operatsion tizimMicrosoft Windows,macOS,Android
Statusmatn muharriri
LitsenziyaEULA

Microsoft PowerPoint (toʻliq nomi — Microsoft Office PowerPoint,inglizcha:power point — ishonarli hisobot) — taqdimotlar yaratish va ularni tomosha qilishga moʻljallangan dastur boʻlib, Microsoft Officening bir qismi hisoblanadiva Microsoft Windows, macOS tizimlarida ishlash imkoniyatiga ega. PowerPointda yaratilgan taqdimotlarproyektor yordamida katta ekranlarda yoki katta oʻlchamli televizion ekranlarda koʻrishga moʻljallangan.

Tarixi

[tahrir |manbasini tahrirlash]

PowerPoint yaratish fikri Berkli oliygohi talabasi Bob Gaskins (Bob Gaskins)da paydo boʻladi. 1984-yil Gaskins Forethoyyhyught firmasiga qoʻshildi va Dennis Ostin (Dennis Austin) ismli dasturchini ishga yollaydi. Bob va Dennis harakatlarini birlashtirishadi  va Presenter dasturini yaratishadi. Dennis dasturning original versiyasini  Tom Rudkin bilan yaratadi. Keyinchalik Bob dastur nomini PowerPoint deb oʻzgartirishga qaror qiladi.

1987-yil  PowerPoint 1.0  Apple Macintosh tizimi uchun namoyish etiladi. U oq-qora formatda ishlagan. Keyinchalik Macintoshning rangli koʻrinishlari paydo boʻlgan va dasturning ham rangli versiyasi yaratilgan. PowerPointning ilk versiyalarida dastur tarkibiga koʻk jildli kitob shaklidagi yoʻriqnoma kiritilgan, ammo bu biroz qimmatga tushishi munosabati bilan Forethought elektron yoʻriqnomaga oʻtishga qaror qiladi.

1987-yil Forethought va PowerPoint Microsoft tomonidan $ 14 mln.ga sotib olinadi. 1990-yil Microsoft Office paketitoʻplamidagi Windows uchun versiyasi namoyish qilindi. 2002-yildan boshlab Office XP PowerPointning paydo boʻlishi bilan u Office paketidan alohida ham tarqatilishi mumkin edi.Albatta Q.M.T

Versiyalari

[tahrir |manbasini tahrirlash]
YilVersiyaNomIzoh
19902.0PowerPoint 2.0 Windows 3.0 uchunMS Office 1.x tarkibida
19923.0PowerPoint 3.0 Windows 3.1 uchunMS Office 3.0 tarkibida
19934.0PowerPoint 4.0MS Office 4.x tarkibida
19957.0PowerPoint Windows 95 uchunOffice 95 tarkibida
19978.0PowerPoint 97Office 97 tarkibida
19999.0PowerPoint 2000Office 2000 tarkibida
200110PowerPoint 2002Office XP tarkibida
200311PowerPoint 2003Office 2003 tarkibida
200712PowerPoint 2007Office 2007 tarkibida
201014PowerPoint 2010Office 2010 tarkibida
201315PowerPoint 2013Office 2013 tarkibida
201616PowerPoint 2016Office 2016 tarkibida
201817PowerPoint 2019Office 2019 tarkibida

Formatlari

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Taqdimotlar quyidagi (prefiks yordamida) koʻrinishlarda saqlanishi mumkin:

  • .ppt — PowerPoint taqdimoti
  • .pps — faqatgina PowerPoint taqdimoti
  • .pot — PowerPoint modeli

PowerPoint 2007 oʻzining macOS uchun versiyasida (2008) Office Open XML formatini taqdim etdi. Shundan soʻng taqdimotlar. pptx,. ppsx,. potx koʻrinishiga ega boʻldi. Taqdimotga audio fayl qoʻshish uchun MPEG LAYER 3 18HB 11025 Hz stereo formatini ishlatish zarur.

Muvofiqligi

[tahrir |manbasini tahrirlash]

PowerPoint Microsoft Office qismi hisoblanadi. Bu esa  PowerPointga taqdimot yaratuvchi dastur sifatida dunyoga keng tarqalishiga yordam berdi. Tez-tez PowerPoint taqdimotlari foydalanuvchilar tomonidan boshqa kompyuterlarga joʻnatilib turiladi. Bu esa raqobatchi dasturlar bilan muvofiqlikni taʼminlash zaruriyatini bildiradi. PowerPointning baʼzi taqdimotlari Windows tizimiga oʻrganganligi bois uni macOS PowerPoint versiyasida ochishning iloji yoʻq. Shu sababli Microsoft ochiq standartlarga oʻtishga qaror qildi.

Reklama taqdimoti

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Reklama prezentastiyasini yaratish bu koʻp vaqtni talab qiladigan, juda muhim va masʼuliyatli jarayondir. Bu oʻrinda sizdan talab qilinadigani bu rasmlar, animastiya (harakat), qisqa matnlardan iborat ssenariyni oʻylab topish. Prezentastiyalar tayyorlashda eng effektiv va universal vositalardan biri-bu Microsoft Office ilovasidagi-Power Point dasturidir. U grafik axborotlar, taqdimotlar, ovoz, video kliplar, animastiyalardan foydalanib, sifatli taqdimotlar yaratish imkonini beradi.Prezentastiyalarni tayyorlash natijasida:

  • qatnashuvchilarga tarkatish uchun chop qilingan hujjat;
  • kadoskopda foydalanish uchun kalkalar;
  • slaydoskoplarda foydalanish uchun 35-millimetrli slaydlar;
  • choʻntak daftarchasi;
  • elektron prezentastiyalarni olish mumkin.

Microsoft Power Point dasturi 1987-yildan boshlab paydo boʻlgan boʻlsa ham, ammo prezentatsion grafik ishlarida yetakchi oʻrin tutadi. Bu dasturning keyingi versiyalarida esa shu dasturga yangi qoʻshimcha fikrlar va prezentastiyalarni qoʻllashning yangi usullari ishlab chiqildi. Microsoft Power Pointdan foydalanayotgan har bir foydalanuvchi xoh u yangi ish boshlovchi boʻlsa, xoh tajribali boʻlishidan qatʼiy nazar, ushbu dasturga kiritilgan yangi usullarni yuqori darajada baholaydi.
Microsoft PowerPoint – taqdimotlarni tayyorlash va taqdimotlarni hosil qilish uchun moʻljallangan boʻlib, unda yaratilgan taqdimotlarda oddiy animastiyalar hosil qilish mumkin. Taqdimot – maʼruza, biznes reja va hokazolar boʻlishi mumkin. Har bir taqdimot bir necha slayddan tashkil topgan boʻlishi mumkin.
Microsoft Power Point – universal, imkoniyatlari keng boʻlgan, koʻrgazmali grafika amaliy dasturlari sirasiga kiradi va matn, rasm, chizma, grafiklar, animastiya effektlari, ovoz, videorolik va boshqalardan tashkil topgan slaydlarni yaratish imkonini beradi.

Yana qarang

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Tanqid

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Dastur bir necha marotaba tanqidlarga uchragan. Tanqidchilarga baʼzida taqdimot dizayn koʻrinishi yoqmagan boʻlsa, baʼzida maʼlumot kiritishdagi kamchiliklar vaʼj qilingan. PowerPointni taqdimot yaratish uchun ishlatmaslikni targʻib qiluvchilar orasida Yelsk oliygohi professori Edvard Tafti va rossiyalik dizayner Artemiy Lebedevlar bor.

Havolalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Microsoft_PowerPoint&oldid=5896278" dan olindi
Turkumlar::
Yashirin turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2026 Movatter.jp