Michael Schulte | |
---|---|
![]() Michael Schulte (2018) | |
Umumiy maʼlumot | |
Tavalludi | 30-aprel1990-yil (1990-04-30) (34 yosh) |
Janrlar | pop |
Kasbi | qoʻshiqchi,qoʻshiqnavis,kompozitor |
Faoliyat yillari | 2008-yildan hozirgacha |
Leybllar | Edel AG |
Fuqaroligi | ![]() |
Michael Schulte (talaffuzi: Mixael Shulte;30-aprel1990-yil[1],Eckernförde,Schleswig-Holstein) –nemisqoʻshiqchisi,qoʻshiqnavis,gitarachi vaaranjirovkachi.
2011-yilda Schulte „The Voice of Germany“televizon kasting-shousida uchinchi oʻrinni egallagan va 2018-yil fevral oyidaLissabongaEurovision qoʻshiq tanlovida Germaniya vakili sifatida qatnashish uchun bir ovozdan eng yaxshi deb topilib, tanlovda 4-oʻrinni egallagan[2][3].
Michael Schulte oʻz soʻzlariga koʻra, 11 yoshigacha oilasi bilan shimoliyGermaniyaningSchlei koʻrfazi boʻylab ochiladigan temir yoʻl koʻprigi bilan mashhur boʻlganLindau qishlogʻida yashagan[4] . Yetti yoshida dastlabgitara, keyinpianino chalishni oʻrgangan va gapira boshlashi bilanoq qoʻshiq aytishga harakat qiladi[5]. Michael Schulte oʻn yoshidanoq oʻz qoʻshiqlarini yaratgan. Oʻn bir yoshga toʻlganda, oilasiFlensburg yaqinidagiDollerupga koʻchib oʻtadi, u yerda MichaelDaniyagimnaziyasida oʻqiydi. 2009-yilda voyaga yetganlik toʻgʻrisidagi guvohnomani olgach, muqobil fuqarolik xizmatini oʻtagan. Musiqa har doim uning hayotining asosiy qismi boʻlgan, shuning uchun oʻzini koʻcha musiqachisi sifatida sinab koʻrishga jur’at etadi, lekin oʻzini koʻpchilik osongina taniydigan joyda emas, balkiEkkernförde shahrida faoliyatini olib boragan[6][7].
Michael asta-sekin sahna tajribasiga ega boʻldi, lekin RTL telekanalidagi „Deutschland sucht den Superstar“televizon kasting-shousida ishtirok etish taklifini rad etadi[5].
Unga mashhurlikinternet tufayli kelgan. 2008-yil 4-fevralda Schulte oʻz kanaliniYouTube portalida roʻyxatdan oʻtkazadi va darholbarbadoslik qoʻshiqchiRihannaning birinchisingli „Umbrella“ga qilingan kaver versiyasi videoklipini joylashtiradi. Kutilmagan muvaffaqiyatdan ilhomlanib, Michaelveb-kamera yordamida oʻzaranjirovkalarini yaratish va namoyish etishda davom etadi, bu esa unga asta-sekin taniqli boʻlishiga sabab boʻladi[3][8]. Vaqt oʻtishi bilan, Schulte oʻz kanalida turli qoʻshiqchilar bilan birgalikda suratga olingan kliplarni joylashtira boshlaydi, masalan,avstraliyalik qoʻshiqchiGotyening „Somebody That I Used to Know“ qoʻshigʻigaMax Giesinger bilan kuylagan kaver versiyasini joylashtirigan[2][9][10].
2024-yil 31-yanvar holatiga koʻra, YouTubedagi kanali obunachilar soni 331 ming kishini, koʻrishlar soni esa 138 milliondan tashkil qilgan[11].
2011-yilning yozida, Kil haftaligida (nemischa: Kieler Woche) Schulte mashhurirlandiyalikgitarachi vaqoʻshiqchiRea Garvey, nemispop-rok guruhining solistiReamonn[12] bilan konsertda qoʻshiq kuyladi.Rea Garvey „The Voice of Germany“ teleshousining 1-mavsumi (2011—2012) tashkilotchilaridan biri boʻlgan, bu yerda undan tashqariNena,Xavier Naidoo vaThe BossHoss[13] ham bor boʻlishgan. Michaelni ushbu musobaqada ishtirok etishga taklif qilgan Rea Garvey edi. Schulte avvaliga peshqadamlar safida edi, ammo oxir-oqibat uchinchi oʻrinni egallaydi[14]. Oʻzining soʻzlariga koʻra, shouning finalida uningbritaniyalik pop musiqachisiEd Sheeran bilan qilagn dueti uning yangi ijodiy gʻoyalari paydo boʻlishiga sabab boʻladi.Sheeran va Schulte nafaqat tashqi koʻrinishida, balki ichki jihatdan ham bir-biriga oʻxshash musiqiy xislatlarga ega edilar[15][16].
2020-yilda Schulte „The Voice of Germany“televizion kasting-shousiga nomzod sifatida emas, balki onlayn murabbiy sifatida (inglizcha:Online-Coach Comebackstage) qaytadi. Uni tanlovdan oʻta olmagan daʼvogarlar bilan ishlash imkoniyati quvontirgan, chunki u ularning ahvolini, his-hayajoniniyaxshi tushunar va ularga shouga qaytishiga yordam bergan[17].
GermaniyadaEurovision tanloviga ishtirokchilarni saralashda asosan ARD teleradiokompaniyalari uyushmasi shugʻullanadi. 2018-yil 22-fevral kuni Birinchi kanalda „Lissabon uchun bizning qoʻshiqlar“ (nemischa: Unser Lied für Lissabon) koʻrsatuvi namoyish etildi, unda olti nafar nomzod ishtirok etgan. Yangilangan qoidalar boʻyicha ovoz berish natijasi teng ravishda uchta natijadan iborat boʻladi – teletomoshabinlar, xalqaro hakamlar hay’ati va Eurovision ekspertlarining ovozi. Michael Schulte vafot etgan otasiga[10][18] bagʻishlangan „You Let Me Walk Alone“balladasini ijro etgani uchun uchta baholash guruhining har biridan 12 ball oladi.
2017-yildan buyonQuyi SaksoniyaningBuxtehude shahrida istiqomat qilayotgan Michael[19][20] muxbirlarga bergan turliintervyularida xotirjamligini, tabiat qoʻynida yashashni yoqtirishini, u yerda „qushlarning sayrashi, shamol shovqini va barglarning shitirlashi ostida“ yangi qoʻshiqlarini yozishi mumkinligini, megapolislar uni hech qachon oʻziga jalb qilmaganligini tan oladi[3] . Biroq Michael „Eurovision-2018“ tanlovi boshlanishidan oldinLondon,Madrid,Amsterdamda rejalashtirilgankonsertlar va „You Let Me Walk Alone“ qoʻshigʻi taqdimoti bilan bogʻliq gastrol safariga mamnuniyat bilan qoʻshiladi[21]. Tayyorgarlik bosqichida Michael odatiy xotirjamligini saqlab qoldi va uning balladasi ohangiga mos ravishda kulrang jinsi shim va qora koʻylakda final chiqishida paydo boʻlishni rejalashtiradi[5]. Shu jumladan, oʻgʻlining tugʻilishini kutayotgani uchun oʻz otasi haqidagi shaxsiy xotiralari alohida ahamiyatga ega ekanligini taʼkidlaydi. Gitara chalgan sevimli otasi Michaelga birinchi akkordlarni oʻrgatgan. Otasining eski gitara kamarini u oilaviy yodgorlik sifatida asraydi[5][22][23].
Schulte Germaniya vakili oʻlaroq „Eurovision-2018“dagi chiqishi haqidagi fikrlarini oldingi yillardagi soʻnggi oʻrinlarga nazar tashlab, juda ehtiyotkorlik bilan aytgan va oʻz balladasi bilan hech boʻlmaganda oʻntalikka kirishga umid qiladi.Eurovision tanlovi natijalaridan qatʼi nazar, Michael Schulteni 2018-yil noyabr oyidaGermaniyaningMyunxen,Kyoln,Gamburg,Berlin shaharlari boʻylab gastrol safarida ishtirok etadiganlar roʻyxatiga oldindan kiritishadi[24].
„Eurovision-2018“ natijalari hakamlar hay’ati tomonidan ovoz berish (shu jumladan finalga chiqa olmagan mamlakatlar) va teletomoshabinlarni tanlash orqali aniqlangan. Bu ikki ovoz berish oʻrtasida sezilarli farq bor. Professional hakamlar hay’atining qaroriga koʻra, eng koʻp ballniAvstriya – 271,Shvetsiya – 253,Isroil – 212,Germaniya – 204,Kipr – 183 oladi. Tomoshabinlar soni boʻyicha beshlikkaIsroil,Kipr,Italiya,Chexiya,Germaniya kiradi. Ballar yigʻindisi boʻyicha ikkila ovoz berishdaIsroil – 529,Kipr – 436,Avstriya – 342,Germaniya – 340,Italiya – 308 eng yaxshilari boʻlishdi.
Ommaviy axborot vositalari sharhlovchilari Michael Schultening 4-oʻrinni olishini kutilmagan va hatto shov-shuvli deb atashdi. Musiqachining oʻzi bolaligidanEurovision qoʻshiq tanlovining muxlisi boʻlganini tan oladi[25][26][27].
Lissabondagi xalqaro muvaffaqiyat Michael SchulteniBuxtehudeda ham mashhur qiladi. 2018-yil 18-mayda shaharburgomistri Katya Oldenburg-Shmidt (nemischa: Katja Oldenburg-Schmidt) qoʻshiqchini shaharning qadimiy ratushasida boʻlib oʻtgan tantanali ziyofatda tabriklaydi[28], u yerda qoʻshiqchi shaharning oltin kitobiga imzo chekadi vabalkondan tomoshabinlarga minnatdorchilik bildirib, ularga oʻzballadalaridan parchalarni kuyladi hamda 2018-yil 13-oktyabrda boʻladigan konsertiga taklif qiladi[20][29][30][31][32].
2018-yil 19-mayda „Stern“ jurnali „Kun bayonoti“ (nemischa: Spruch des Tages) ruknida qoʻshiqchining quyidagi soʻzlarini joylashtiradi: „Tanlovning Germaniyadagi saralash bosqichiga ariza topshirish hayotimdagi eng yaxshi qarorlardan biri edi.ESC men uchun hech qachon unutmaydigan ulkan sarguzasht va davr boʻldi“. Michael Schulte, shuningdek,Eurovision-2019 uchun Germaniyadagi saralash bosqichiga ariza berishni va uning shaklini qayerdan topish mumkinligini ham tushuntirgan[33].
Eurovision-2021ning final konsertida Michael Schulte oʻzining 2018-yildagi You Let Me Walk Alone[34] qoʻshigʻiniZoe Wees bilan birga duetda ijro etgan. Schulte Lissabondagi muvaffaqiyatidan besh yil oʻtib, Germaniyaning eng mashhur yakkaxon xonandalardan biri boʻlib qolmoqda. Uning yangi albomi „Remember Me“ taqdimoti 2023-yil sentyabr oyiga rejalashtirilgan[35].
Eurovisondagi chiqishidan bir oy oʻtgach,Buxtehude shahrida Michael Schulte va uning qayligʻi Katarina Mayerning toʻyi boʻlib oʻtadi (nemischa: Katharina Mayer). Kuyovjoʻra boʻlib, uning doʻsti, mashhur musiqachiMax Giesinger qatnashgan[36][37]. 2018-yil 17-avgustda Michael va Katharinaning birinchi farzandi dunyoga keladi, unga Luis deb ism qoʻyishadi[38][39].
2018-yil 24-iyun kuni Michael Schulte gitarada Kil haftaligi yakunida qoʻshiq aytib, ishtirok etadi, bu haftalikda uch milliondan ortiq tomoshabinlar qatnashgan[40][41].
Birinchi farzandi tugʻilgandan soʻng, Schulte otalar va oʻgʻillar oʻrtasidagi muloqot mavzusini qamrab oluvchi „Never Let You Down“ nomli yangi qoʻshigʻini yozadi[42].
2018-yil 16-noyabrdaBerlindagi Potsdam maydonidagi teatrda 1948-yildan beri boʻlib kelayotgan „Bambi“ televizion mukofotining 70-tantanali topshirilish marosimi boʻlib oʻtadi. Ommaviy ovoz berish natijalariga koʻra (nemischa: Publikumswahl), mukofotni Michael Schulte olgan, u bu nominatsiyadaMike Singer,Nico Santos va Leadan oʻzib ketadi[43].
2019-yil 3-oktyabrdaGermaniya birligi kunida Michael SchulteKil maydonida bepul konsert beradi. Uning „Highs & Lows“ yangi albomi bilan Germaniya boʻylab gastrol safari 2020-yilning martiga rejalashtiriladi[44].
2021-yil 12-martda er-xotinning ikkinchi oʻgʻili tugʻiladi, unga Lenni (nemischa: Lenny) deb ism qoʻyiladi. Bu yangilik eʼlon qilinganda, Michael „Stay“ deb nomlangan yangi singlining tez orada chiqishini shaʼma qiladi[45].
2023-yil fevral oyida Michael SchulteMax Giesinger bilan birgalikda aytgan „More to this life“ qoʻshigʻi chartlarda yuqori oʻrinlardan joy oladi[46].
(Eʼlon qilingan vaqti qavs ichida koʻrsatilgan)
Yil | Nomi | Reyting[47] | Izoh | ||
---|---|---|---|---|---|
![]() | ![]() | ![]() | |||
2012 | Creep | 62 (1 haftada) | — | — | Sanasi: 6 -yanvar 2012-yil (faqat raqamli formatda) |
Video Games | 66 (1 haftada) | — | — | Sanasi: 27-yanvar 2012-yil (faqat raqamli formatda) | |
Carry Me Home | 8 (5 haftada) | 30 (3 haftada) | 25 (3 haftada) | Sanasi: 3-fevral 2012-yil (faqat raqamli formatda); 10-fevral 2012-yil (CD) | |
2018 | You Let Me Walk Alone | 27 (1 haftada) | — | — | Sanasi: 20-fevral 2018-yil Unser Lied für Lissabon dasturi;Euroviision-2018 |
![]() | Wikimedia CommonsdaMichael Schulte mavzusiga oid fayllar bor. |