Mer
Asboblar
Umumiy
Nashr/eksport qilish
Boshqa loyihalarda
Mer (frans. maire — katta, boshliq) — AQSH,Buyuk Britaniya,Fransiya va boshqa bir necha davlatlar munitsipalitetlarida oliy mansabdor shaxs. Odatda, merni munitsipalitetning oʻzi, baʼzi hollarda — bevosita aholi saylaydi, ayrim mamlakatlarda mer markaziy hukumat tomonidan lavozimga tayinlanadi yoki tasdiqlanadi. Mer munitsipalitet vakili boʻladi, uning majlislarida raislik qiladi. Mer mahalliy byudjet tayyorlanishi va ijrosi uchun javob beradi, bir qancha munitsipal lavozimlarga odamlarni tayinlaydi, devon ishini yoʻnaltirib turadi. Buyuk Britaniyada va AQShning ayrim shaharlarida mer, asosan vakillik va raislik vazifalarini bajaradi. Rossiya Federatsiyasida M lavozimi 1991-yildaMoskva va boshqa ayrim shaharlarda joriy qilindi.[1]
![]() | Ushbu maqoladaOʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Ushbu maqolachaladir. Siz uniboyitib,Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozanianiqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqolabirortaturkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling.(avgust 2024) |