| Moris Gamelin Gustav |
|---|
 |
| Tavalludi | 1872-yil 20-sentabr Parij,Fransiya |
|---|
| Vafoti | 1958-yil 18-aprel(85 yosh) Parij,Fransiya |
|---|
| Qoʻshin turlari | Fransiya quruqlik qo`shinlari |
|---|
| Xizmatdagi yillari | 1891-1940-yil |
|---|
| Unvoni | General |
|---|
| Qoʻmondonlik qilgan | 51-piyoda brigadasi |
|---|
| Jang/urush | Marne jangi,Somme jangi,Saar hujum operatsiyasi,G`alati urush,Fransiya kampaniyasi |
|---|
Moris Gustav Gamelin (fransuzcha:Maurice Gamelin;1872-yil 20-sentabr[1]—1958-yil 18-aprel) —Fransiya harbiy rahbari, armiya generali (1931-yil 9-fevral),Ikkinchi jahon urushi boshida fransuz armiyasining bosh qoʻmondoni boʻlgan.
Moris Gustav Gamelin 1872-yil 20-sentabrdaParijda tugʻilgan[2].Gamelinning otasi Zefirin 1859-yilda Solferino jangida qatnashgan. Gamelin yoshligidanoq,Franko-Prussiya urushi oxirida Elzas-Lotaringiyani qoʻshib olgani uchun Germaniyadan qasos olishga intilgan avlodda oʻsib ulgʻaygan askar sifatida salohiyatini namoyon etdi. Gamelin 1891-yil 19-oktabrda ixtiyoriy ravishda Sent-Sirdagi harbiy akademiyaga 31-oktabrda kirishdan oldin xizmat qildi[3]. 1893-yilda u oʻz sinfini birinchi boʻlib tugatdi.
Birinchi jahon urushida u Jozef Joffre qoʻmondonligi ostida xizmat qilgan, brigada va boʻlinmalarni boshqargan, Marnadagi birinchi jangda qatnashgan.Sovet-Polsha urushi paytida, uPolshada harbiy maslahatchi boʻlib ishlagan. 1925-1928-yillardaSuriyadagi fransuz qoʻshinlariga qoʻmondonlik qilgan.
1931-1935, 1938-1939-yillarda Bosh shtab boshligʻi boʻlgan.
1933-yildan boshlab u fransuz qurolli kuchlarini modernizatsiya va qayta tashkil etishni amalga oshirgan, shuningdek , Majinot liniyasi qurilishining tugallanishiga rahbarlik qilgan.
10-may kuni Germaniyaning Fransiya,Niderlandiya vaBelgiyaga bostirib kirishi boshlanishida Gamelin kutish va koʻrish pozitsiyasini egallagan va bunday muvaffaqiyatsiz buyruq natijasida u oʻz lavozimidan chetlatilgan; 1940-yil 19-mayda uning oʻrnini general Veygand egallagn.
1940-yil sentabr oyida Vichi rejimi davrida u marshal Petain hukumati tashabbusi bilan uchinchi respublikaning boshqa siyosiy va harbiy arboblari bilan birgaRiom jarayonida davlatga xiyonat qilganlikda ayblanib hibsga olindi va sudlandi, keyinchalikGermaniyaga deportatsiya qilingan, u yerning konslagerida boʻlgan..
1946-1947-yillarda Gamelin urush haqidagi xotiralarini nashr etgan.
Morise Gustav Gamelin 1958-yil 18-apreldaParijda vafot etadi.
- Zalesskiy K. A. Ikkinchi jahon urushida kim kim edi. SSSR ittifoqchilari. — M.: AST, 2004. — T. 1. — 702 s. —ISBN 5-17-025106-8.
- Gordienko A. N. Ikkinchi jahon urushi qo'mondonlari. T. 1., Mn., 1997.ISBN 985-437-268-5
- ↑„Birth certificate of Gamelin, Maurice Gustave“ (fr) (29 September 2020).
- ↑Alexandr, Martin S.. The Republic in Danger: General Maurice Gamelin and the Politics of French Defence, 1933–1940. Cambridge University Press, 1-noyabr — 13-bet.ISBN 978-0-521-52429-2.
- ↑Alexander, Martin S.. The Republic in Danger: General Maurice Gamelin and the Politics of French Defence, 1933–1940. Cambridge University Press, 1 November 2003 — 13-bet.ISBN 978-0-521-52429-2. Qaraldi: 2013-yil 26-iyul.