Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Mato

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Mato – xalq badiiyhunarmandchiligida qadimdan qoʻlda toʻqib tayyorlangantoʻqimachilikmahsuloti;gazlama.Oʻrta Osiyo hududidaip (boʻz,janda,olacha,susi,chit,kalami),ipak (atlas,baxmal,zandonachi,shoyi) vanim-shoyi (beqasam,adras,parpasha) matolar tayyorlash qadimdan keng tarqalgan. Dastlab gulsiz (sidirgʻa), keyinroq sodda gulli – hoshiyali, yoʻl-yoʻl va kataklar hosil qilib bezash yoʻlga qoʻyilgan; shuningdek, abrbandi usulida boʻyab tayyorlangan, bosma qolipda gul bosish (ayniqsa,chitgarlikda) rivojlangan.Oʻzbekiston hududi (Buxoro,Margʻilon,Namangan,Samarqand,Toshkent,Qoʻqon,Xorazm va boshqalar)da mato tayyorlash markazlari yuzaga kelgan va rivojlangan. Xalq ustalari tomonidan hozirgi kunda anʼanaviy usullarda tayyorlanayotgan matolar (adras, atlas, beqasam, shoyi va boshqalar) anʼanaviynaqshi va sifati bilan diqqatga sazovor; respublika hududida va xorijda ham ushbu matolarga talab katta[1].

Manbalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Stub ikonaUshbu maqolachaladir. Siz uniboyitib,Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
Bu andozanianiqrogʻiga almashtirish kerak.
"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Mato&oldid=4102764" dan olindi
Turkum:
Yashirin turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2025 Movatter.jp