Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Masturbatsiya

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Masturbatsiya (masturbatio;lotincha manus — qoʻl, stupro — bulgʻamoq) yokionanizm (Bibliyadagi personaj Onan nomidan) — shahvoniy hisni qondirish maqsadidajinsiy aloqasiz erogen sohalar vajinsiy aʼzolarni sunʼiy taʼsirlab yoki ruhan tasavvurlash yoʻli bilan shahvoniy hisni qoʻzgʻatiborgazm — shahvoniy lazzat olish.

Masturbatsiya, asosan, balogʻatga yetish davrida koʻproq kuzatiladi va haqiqiy jinsiy hayot boshlanishi bilan barham topishi mumkin. Haddan tashqari tor ichki kiyim kiyilganda ham jinsiy aʼzolar taʼsirlanadi,pornografik filmlar, suratlar,erotik raqslar, oʻyinlar, filmlar, hikoyalar, tush koʻrishlar va shu mazmundagi kitoblarni oʻqish, jinsiy aloqalar mavzusida soʻzlashish masturbatsiyaga bahona boʻlishi mumkin.

Masturbatsiya odat tusiga kirib qolganda, salbiy oqibatlarga olib boradi.[manba kerak] Yuqorida keltirilgan sabablar bartaraf etilsa, bu odat asta sekin barham topadi. Bundan tashqari, oʻsmirlarda masturbatsiyaning rivojlanishiga yordam beradigan kasalliklar (ekzema,gijjalar, ayniqsa,ostritsalar vaqabziyat)ni yoʻqotish ham ijobiy natija beradi.[manba kerak] Masturbatsiyaoligofreniya,psixopatiya,shizofreniya va ruhiy kasalliklarda ham uchrashi mumkin. Masturbatsiyaning oldini olish uchun oʻspirinlar har kuni toza havoda sayr qilishlari, badan tarbiya va foydali mehnat bilan shugʻullanishlari lozim.[manba kerak]

Manbalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
VikiombordaMasturbatsiya
haqida turkum mavjud
Stub ikonaUshbu maqolachaladir. Siz uniboyitib,Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
Bu andozanianiqrogʻiga almashtirish kerak.


Ushbu maqoladaOʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.


"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Masturbatsiya&oldid=5021964" dan olindi
Yashirin turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2026 Movatter.jp