Mastaba (arab. — tosh oʻrindiq) —Qad. Misrmaqbaralariningnomi. Dastlabki M. qoldiklarimil. av. 3000— 2800 yillikka oid (Misr). Bu M.lar uyga oʻxshatibgʻisht bilan krplangan qumtepalardan iborat. Ularning yonlariga ibodat qilinadigan maxsusxona hamda dafnanjomlari qoʻyiladiganyertoʻla hamqurilgan. Keyinchalik M.lar faqat toshdan qurilgan. Ulardaibodat qilinadigan hamda marhumninghaykalchasi qoʻyiladigan xonalar boʻlgan. Ibodat qilinadigan xonadevorigadiniy va maishiymavzulardarasmlar oʻyib ishlangan. Qad. Misrdagi I va II sulola davrida M.larfirʼavnlar maqbarasi xizmatini oʻtadi. III suloladan boshlab M.lar oʻrniga firʼavnlar oʻzlari uchunehrom (piramida)lar qurdira boshladilar. Zodagonlar shu ehromlar yoniga oʻzlari va yaqinlari uchun M.lar qurdirgan. Bunday ehrom va M.lar majmuasi Misrda koʻp (Giza, Sakkara, Medum, Peskum va boshqalar).[1]
- ↑OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil