Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Mashhad

Koordinatalari:36°18′25″N59°36′15″E / 36.30694°N 59.60417°E /36.30694; 59.60417
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Mashhad / مشهد
shahar
Koohsangi street
Mooze Naderi
Tomb of Ferdowsi
Hedayat Little Bazaar
National Garden
Imam Reza
Mashhad entrance
Shah Mosque Mashhad
36°18′25″N59°36′15″E / 36.30694°N 59.60417°E /36.30694; 59.60417
MamlakatEron
UstonRazaviy Xuroson ustoni
Hukumat
 • ShahrdorSavlat Murtazaviy
Maydon327 km2 (126 kv mi)
Markazi balandligi995 m
Iqlim turisubtropik-ichkikontinental
Rasmiy til(lar)iforscha
Aholisi
 (2011)
2 749 374
Zichligi8 400 kishi/km2
Milliy tarkibforslar,turkmanlar,kurdlar,tojiklar,ozarbayjonlar va boshqalar
Konfessiyaviy tarkibasosanmusulmonlar (asosiy qisminishia mazhabi egallaydi)
Vaqt mintaqasiUTC+3:30
Telefon kodi+98 51
Mashhad / مشهد xaritada
Mashhad / مشهد
Mashhad / مشهد

Mashhad (forscha:مشهد / Maŝhad‎) —Eronning shimoli-sharqiy qismida joylashgan yirik shahar.Razaviy Xuroson ustonining maʼmuriy markazi. Kattaligi va aholisi soni boʻyicha Eronning ikkinchi (Tehrondan keyin) yirik shahri. 2011-yil maʼlumotlariga koʻra, Mashhadda 2 million 750 mingdan koʻproq kishi yashaydi. Mashhadaglomeratsiyasida esa 3 milliondan ziyod kishi istiqomat qiladi. Shaharning umumiy maydoni — 327 km². Eronning eng yirik diniy, madaniy, siyosiy, iqtisodiy, savdo va sanoat markazlaridan biri.

Mashhad shahri, Razaviy Xuroson ustonining shimoli-sharqida, Kashafrud daryosi vodiysida joylashgan. Eron-Turkmaniston davlat chegarasidan taxminan 70 kilometr janubda joylashgan. Tehron — Mashhad temir yoʻl liniyasining oxirgi stansiyasi, Eron shimoli-sharqidagi muhim va yirik avtomobil yoʻllari tuguni. Shahar hududi oʻrtacha dengiz sathidan 995 metr balandlikda joylashgan.

Mashhad Eronning metallsozlik, yogʻochsozlik, toʻqimachilik, oziq-ovqat, kimyo sanoati boʻyicha eng yetuk shaharlaridan biri hisoblanadi. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Issiqlik elektr styasi, universitet bor. Hunarmandchilikda gilam toʻqiladi, uy-roʻzgʻor va zargarlik buyumlari tayyorlanadi.

M. oʻrnida 9-asrda Sanobod qishlogʻi boʻlgan. M. nomi dastlab arab geograflari asarlarida tilga olingan (10-asrda). Shahar 11—12-asrlarda gʻaznaviylar va saljuqiylar qoʻl ostida boʻlgan. 13-asr oxirida moʻgʻullar hujumi natijasida shaharning koʻp qismi buzilgan. 14-asr oxiridan Xurosonning eng yirik shaharlaridan biri. Temuriylar va Safaviylar hukmronligi davrida M. ravnaqtopgan. 1736—47 yillarda Nodirshoh davlatining poytaxti. 1795-yilda M.ni qojarlar egallagan.

M. — shialarning "muqaddas" shahri. Meʼmoriy yodgorliklaridan Imom Rizo maqbarasi (9-asr). Gavharshod begim masjidi (1405—18), Madrasa, karvonsaroylar saqlangan. Nodirshohmaqbarasi, Rizoshoh bemoristoni 20-asrda qurilgan. Shahar chekkasida fors shoiri A. Firdavsiyning qabri bor (qabr ustiga maqbara qurilgan).[1]

Aholisi

[tahrir |manbasini tahrirlash]

2011-yilgi maʼlumotlarga koʻra, Mashhad shahrida 2 749 374 kishi istiqomat qiladi. Oʻrtacha zichlik — 8 400 kishi/km². Mashhadaglomeratsiyasida esa 3 milliondan ziyod kishi istiqomat qiladi. Mashhad aholisining etnik tarkibidaforslar koʻpchilikni tashkil etadi. Shaharda shuningdekturkmanlar,kurdlar,ozarbayjonlar,tojiklar,hazoralar va boshqa millat vakillari istiqomat qiladi. Aholi dindorlarining asosiy qismiislom dininingshia mazahabiga eʼtiqod qiladi. Shahar rasmiy tili, butun Erondagi kabifors tili.

Manbalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


Ushbu maqoladaOʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.



Stub ikonaUshbu maqolachaladir. Siz uniboyitib,Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
Bu andozanianiqrogʻiga almashtirish kerak.
"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Mashhad&oldid=4493072" dan olindi
Turkum:
Yashirin turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2025 Movatter.jp