| Masha va ayiq |
|---|
 Multserial logotipi |
| Asl nomi | Маша и Медведь |
|---|
| Janri | |
|---|
| Rejissyor | - Oleg Kuzovkov
- Oleg Ujinov
- Olga Baulina
- Vladislav Bayramgulov
- Roman Kozich
- Denis Chervyatsov
- Natalya Malgina
- Georgiy Orlov
- Andrey Belyaev
- Ilya Trusov
- Marina Nefedova
- Vasiko Bedoshvili
- Sergey Antonov
|
|---|
| Ovoz berganlar | - Alina Kukushkina
- Varvara Sarantseva
- Anastasiya Radik
- Yuliya Zunikova (barchasi Masha)
- Boris Kutnevich (Ayiq)
- Eduard Nazarov (Ayiq va Qor bobo)
|
|---|
| Bastakor(lar) | - Vasiliy Bogatyrev
- Anna Drubich
|
|---|
| Mamlakat | Rossiya |
|---|
| Til | ruscha |
|---|
| Mavsumlar soni | 7 |
|---|
| Qismlar soni | 135 |
|---|
| Ishlab chiqarish |
|---|
| Prodyuser(lar) | - Andrey Dobrunov
- Dmitriy Loveyko
- Oleg Kuzovkov
|
|---|
| Qism davomiyligi | 6-8 daqiqa |
|---|
| Studiya(lar) | Animakkord |
|---|
| Efirga uzatilishi |
|---|
| Telekanal | Rossiya-1
Bolajon
Zoʻr TV |
|---|
| Translyatsiya davri | 2009-yil7-yanvar(2009-01-07) — hozirgacha |
|---|
Masha va ayiq (ruscha:Маша и Медведь) yokiQizaloq va maymoq — „Animakkord“ animatsion studiyasi tomonidan yaratilgan, keng ommaga moʻljallangan rusanimatsionseriali. Multserial efirga uzatilishi2009-yil7-yanvarda boshlangan. Multfilm 3D grafika yordamida yaratilgan.
„Karusel“, „Mult“, „Super“ va boshqa telekanallarda efirga uzatiladi.
2011-yilda rus xalq va boshqa ertaklarga asoslangan 26 qismdan iborat „Mashaning ertaklari“ (ruscha:Машины сказки) deb nomlangan birinchi spin-off chiqdi.2014-yilda „Mashaning qoʻrqinchli hikoyalari“ (ruscha:Машкины страшилки) deb nomlangan ikkinchi spin-off chiqdi.
2019-yil31-may kuni 4-mavsum „Mashaning qoʻshiqlari“ (ruscha:Машины песенки) nomi bilan boshlandi.
5-mavsum 4K formatida2020-yil30-iyulda boshlangan[1].
2021-yil16-iyun kuni „Animakkord“ studiyasi vakillari2025-yilgacha Masha va Ayiqning sarguzashtlari haqida toʻliq metrajli animatsion filmni chiqarish niyatida ekanliklarini eʼlon qilishdi[2][3].
Qizaloq Masha tasodifan oʻz uyidan unchalik uzoq boʻlmagan joyda yashovchi Ayiqning uyiga borib qoladi va u yerni tartibsiz holga keltiradi. „Bosqinchi“ning xatti-harakatlaridan dahshatga tushgan ayiq uni oʻrmonga olib borib, undan qutulishga harakat qiladi. Kech tushishi bilan u Mashadan tashvishlana boshlaydi va uni topish uchun oʻrmonga boradi, lekin uni topa olmay, uyiga qaytib keladi va uni oʻsha yerdan topadi. Oʻshandan beri Masha va Ayiq ajralmas doʻst boʻlib qolishdi. Masha tez-tez ayiqni „ziyorat qilish“ uchun keladi, doimo hazillar va tartibsizlik qiladi, Ayiq esa uni tarbiyalashga harakat qiladi.
Uchinchi mavsumdan boshlab Masha ancha ulgʻayadi va masʼuliyati oshadi. Endi u ayiqning uyiga kamroq boradi, oʻzining uyida koʻproq vaqt oʻtkazadi. Oʻrmon aholisi tez-tez turli xil muammolarga duch kela boshlaydilar va Masha ulardan xalos boʻlishga yordam beradi[4][5][6].
Toʻrtinchi mavsumda Masha turli mamlakatlar (Italiya,Germaniya,Fransiya, Angliya, Yaponiya,Braziliya va boshqalar)ga sayohat qiladi va har bir mamlakatning mashhur milliy kuylari asosida qoʻshiqlar kuylaydi[7][8].
Beshinchi mavsumda Masha yanada sergʻayrat boʻlib, Ayiq uchun koʻp tashvishlar keltiradi. Har doimgidek, ular yana kelishib ketishadi[9].