Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Marvon

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Marvonumaviylar sulolasidan boʻlgan 2-xalifaning ismi. M. I (623— 685)Usmon ibn Affonning yaqin kishisi boʻlgan.Usmon oʻldirilgach, qochishga majbur boʻlgan.Muoviya II va-fot etgach (684), qonuniy xalifa Xolid ibnYazid I balogʻat yoshiga yetguniga qadar taxtga oʻtirgan. RaqibiAbdulloh ibn Zubayrning sarkardalari ustidan gʻalaba qozongan vaSuriya,Misr vaMesopotamiyada xalifa sifatida tan olingan. Biroq oʻgʻliAbdulmalikni oʻzigavaliahd qilib belgilaganida Xolidning onasi tomonidan boʻgʻib oʻldirilgan. M. II (688—750), M. I ning nabirasi. Dastlab (734—744)Armanistondanoib boʻlgan, soʻngra xalifaValid IIIning qasoskori sifatida tanilgan, xalifalikka saylangan (744) vaGʻaron shahrini qarorgoh qilgan. Harbiy iqtidori tufayli Suriya vaIroqdagi koʻplab raqiblari (ayniqsa,xorijiylar) ustidan gʻalaba qozongan. Lekinabbosiylar xonadoniga mansub Ibrohimni qatl etishi bilan ushbu xonadon aʼzolarining qoʻzgʻolon koʻtarishlariga sababchi boʻlgan.Arbela shahri yaqinidagiZob daryosi boʻyida Abul Abbos sarkardasiAbu Muslim tomonidan yengilgach (750),Misrga qochgan va u yerda xristian qibtiy tomonidan oʻldirilgan. M. II oʻlimi bilan Umaviylar xalifaliginingOsiyodagi hukmronligi barham topgan.[1]

Manbalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



DovudShaxsiyat haqidagi ushbu maqolachaladir. Siz uniboyitib,Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
Damashqxalifalari
(661-750)
Kordova amirlari
(756-929)
Kordova xalifalari
(929-1031)
[H] Hammudidlar sulolasi istilo qiladi
"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Marvon&oldid=5350377" dan olindi
Turkum:
Yashirin turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2025 Movatter.jp