Martti Ahtisaari Viipurida aslinorvegiyalik boʻlganFinlandiyaofitseri oilasida tavallud topgan. Uning oilasi 1939–1940-yillardagi Sovet-Finlandiya urushi paytidaKuopioga, 1952-yilda esaOuluga koʻchib oʻtgan. U 1959-yildaOuluuniversitetining sirtqi pedagogika yoʻnalishini tamomlagan.
Ouluda YMCAga qoʻshilgan va 1960-yildaKarachiga (Pokiston) joʻnab ketgan, hamda u yerda YMCA jismoniy tarbiya maktabiga rahbarlik qilgan. 1963-yildaFinlandiyaning poytaxtiXelsinkiga qaytib kelgan va u yerda politexnika institutiga oʻqishga kirgan. Bu davr davomida rivojlanayotgan mamlakatlarga yordam koʻrsatadigan turli tashkilotlarda ishlagan.1965-yildaFinlandiya tashqi ishlar vazirligida oddiy xodim sifatida faoliyat olib borgan. 1973-yilda u mamlakatningTanzaniyadagi elchisi etib tayinlangan (1973–1976). 1975-1976-yillardaZambiya,Somali vaMozambikda ham elchi boʻlib ishlagan. 1977–1981-yillarda BMT Bosh kotibiningNamibiyadagi maxsus vakili sifatida faoliyat yuritgan. 1978-yildan boshlab AhtisaariBMTningNyu-Yorkdagi shtab-kvartirasida ishlagan va tashkilotda yuqori lavozimlarni egallagan. 1989-yil mart oyida uBMTningNamibiyadagi missiyasini boshqargan. Mamlakat mustaqilligini oʻrnatishda amalga oshirgan xizmatlari uchun u Namibiya faxriy fuqarosi unvoni bilan taqdirlangan. U 1991-yilIroqdagi urush oqibatlarini bartaraf etish boʻyichaBMT harakatlarini, 1992-yil sentyabrdan 1993-yil aprelgacha Martti AhtissariBosniya vaGertsegovinadagi vaziyatni hal qilish boʻyichaBMT ishchi guruhini boshqargan.
1993-yilda Martti Ahtisaari Finlandiya Sotsial-demokratik partiyasiga aʼzo boʻlgan va partiya tomonidan 1994-yilgiprezidentlik saylovlarida oʻz nomzodini qoʻygan. 1994-yilda u toʻgʻridan-toʻgʻri xalq prezidentlik saylovlari orqali saylangan Finlandiyaning birinchi prezidenti boʻlgan. Uning prezidentlik davrida FinlandiyaYevropa Ittifoqiga kirgan (1995). 1995-yil 23-iyulda u Butunjahon esperanto assotsiatsiyasi tomonidan „L. L. Zamenhof gʻoyalariga muvofiq tinchlik va xalqaro hamjihatlikni mustahkamlashga qoʻshgan muhim hissasi uchun“Zamenhof mukofotini qoʻlga kiritigan. 1999-yilda uYugoslaviya rahbariyati bilanNATO, Yevropa Ittifoqi va Rossiya oʻrtasidagi muzokaralari davomida Yevropa Ittifoqi vakili boʻlgan. Iyun oyida, NATOning 11 haftalik bombardimonidan soʻng, Martti AhtisaariRossiya prezidentiningYugoslaviyadagi maxsus vakiliViktor Chernomirdin bilan birgalikdaYugoslaviya prezidentiSlobodan Miloshevich mojaroga barham berish uchunNATO shartlarini imzolashiga erishgan. 2000-yiliXelsinkida „Belgraddagi missiya“ kitobining taqdimoti boʻlib oʻtgan, unda u ushbu voqea haqida ham gapirib bergan.
Olti yillik prezidentlik davri tugaganidan soʻng, u tinchlikparvarlik faoliyatiga qaytgan.
Martti Ahtisaari 2000-yildan beri Finlandiyaning UPM-Kymmene oʻrmon xoʻjaligi kompaniyasi direktorlar kengashining mustaqil aʼzosi hisoblanadi. Hozirda u oʻzi yaratgan „Inqirozlarni boshqarish tashabbusi“ mustaqil nodavlat tashkiloti rahbari hisoblanadi. 2003-yil sentyabr oyidaBMT Bosh kotibining qarori bilan uIroqdagi ushbu tashkilot xodimlarining xavfsizligi boʻyicha ekspert guruhini boshqargan. Oktyabr oyida guruhNyu-YorkdaBMT missiyalarining butun dunyoda himoya qilinish holatini keskin tanqid qilingan hisobotini taqdim etgan.
2005-yil noyabr oyida BMT Bosh kotibiningKosovo boʻyicha maxsus vakili etib tayinlanadi, 2012-yil avgust oyida esaBMTningSuriya inqirozini bartaraf qilish boʻyicha maxsus elchisi lavozimiga uning nomzodi qoʻyiladi[4][5].
2012-yil avgustida Rossiyaning BMTdagi doimiy vakiliVitaliy Churkin Finlandiyaning sobiq prezidenti Martti Axtisaarining isteʼfoga chiqqanKofi Annan oʻrniga BMT va Arab Ligasining Suriya boʻyicha maxsus elchisi etib tayinlanishi nomaqbul qaror ekanligini aytgan. „Bu boʻlishi mumkin emas“, degan Churkin. 2020-yil 24-mart kuni Martti Ahtisaarikoronavirus bilan kasallangani maʼlum boʻlgan.
Shvetsiya Serafim ordeni ritsari sifatida Martti Ahtisaari gerbi
Ahtisaari Namibiyaning faxriy fuqarosi boʻlgan boʻlsa-da, Namibiyaning birinchi prezidentiSem Nujoma2001-yilda nashr etilgan avtobiografiyasida Ahtisaarining Namibiyadagi harakatlarini qattiq tanqid qilgan.
Yugoslaviyani bombardimon qilishni qoʻllab-quvvatlashi
1999-yil iyun oyida Yugoslaviyaning„Nedelniy Telegraf“ gazetasiSlobodan Miloshevich fikrlariga tayangan holda,Viktor Chernomirdin va Martti Ahtisaari oʻrtasidagiYugoslaviyaPrezidenti bilan muzokaralar tafsilotlarini eʼlon qilgan: "Axtisaari uchrashuvni quyidagi bayonot bilan boshlagan: „Biz bu yerga muhokama yoki muzokaralar uchun yigʻilganimiz yoʻq“.Miloshevich hujjatlarni olib, soʻradi: „Agar imzo qoʻymasak nima boʻladi?“ Bunga javoban Ahtisaari stol oʻrtasidan gul vazasini olib, kaftini stolning tekkis yuzasi boʻylab notiqlik bilan yurgazib „Belgrad shu stolga oʻxshaydi, biz darhol Belgradga toʻxtovsiz ravishda bombardimonamalga oshirishni boshlaymiz“ – , deb aytgan. Qoʻllarini avvalgidek harakatlanib, Ahtisaari qoʻrqinchli tarzda quyidagi soʻzlarni takrorlagan:"Bu Belgrad bilan sodir boʻladi". Bir lahza sukut saqlab turgan va keyin qoʻshib qoʻygan:"Bir haftadan kamroq vaqt ichida yarim million aholi halok boʻladi".
Korrupsiya ayblovlari
AxtissariSerbiyadagiKosovo viloyatining ajralib chiqish jarayonini tasvirlaydigan„Ahtisaari rejasi“ ning muallifi edi. Mutaxassislarning fikricha, Martti Ahtisaari tomonidan ishlab chiqilgan rejaning bir qator qoidalariBMT Nizomi vaBMT Xavfsizlik Kengashining 1244-sonli qaroriga zid kelgan. Matbuotda Germaniya razvedka xizmatiBNDga tayanib, AhtisaariKosovo separatistlaridan katta miqdorda pora olgani haqidagi maʼlumotlar chop etilgan.
Norvegiyalik siyosatchiOle Danbolt Myos Martti Ahtisaariga tinchlik boʻyicha Nobel mukofotini topshirmoqda (Norvegiya, Oslo, 2008-yil 10-dekabr)
Martti Ahtisaari 2008-yil oktyabr oyida „Oʻttiz yildan ortiq vaqt davomida bir necha qitʼalarda xalqaro mojarolarni hal qilishdagi muhim saʼy-harakatlari uchun“ tinchlik yoʻnalishidaNobel mukofotiga sazovor boʻlgan. Finlandiya tashqi ishlar vaziriAleksandr Stubb taqdirlash marosimini „Finlandiya uchun tarixiy kun“ deb atagan. Shu bilan birga, bir qator rossiyalik va xorijiy siyosatchilar, hamda ommaviy axborot vositalari mukofotni berish qarorini qoralab, uni siyosiy sabablarga koʻra amalga oshirilgan, deya baholashgan. Rossiya Federatsiyasi Davlat Dumasi xalqaro qoʻmitasi rahbariKonstantin Kosachev taʼkidlaganidek, bu „Nobel mukofoti nufuziga hissa qoʻshmaydigan mutlaqo siyosiylashtirilgan qaror“ boʻlgan. Yugoslaviyaning Moskvadagi sobiq elchisiBorislav Miloshevich ham mukofotning siyosiy mohiyatini shunday baholagan. Axtisaari Nobel tinchlik mukofoti sovrindorlarining xitoylik huquq himoyachisi Lyu Syaoboga yozgan maktubini imzolashdan bosh tortgan.Lyu Syaobo ham tinchlik uchunNobel mukofoti sovrindori boʻlgan.
Martti xotini Eeva Ahtisaari (1936-yil 18-iyun,Varkaus) bilan 1968-yilda turmush qurgan. 2020-yil 21-martda EEvaga COVID-19 koronavirus infeksiyasi tashxisi qoʻyilgan. UXelsinkidagi Musiqa uyida boʻlib oʻtganXalqaro xotin-qizlar kuni sharafiga oʻtkazilgan konsert chogʻida virus yuqtirgan boʻlishi mumkin. 2020-yil 24-mart kuni sobiq prezident Martti Ahtisaarining oʻzida ham koronavirus aniqlangan. 14-aprel kuni Finlandiya prezidenti idorasi sobiq prezident va uning rafiqasi (davolashdan keyin) koronavirus testi manfiy chiqqani haqida xabar bergan.
Martti Ahtisaari oʻgʻli Marko bilan (2008-yil)
Oʻgʻli Marko Ahtisaari 1969-yildaXelsinkida tugʻilgan. Nyu-YorkdagiKolumbiya universitetida iqtisod, falsafa va musiqa boʻyicha tahsil olgan. 2012-yilning fevral oyidan boshlab konsernining dizayn boʻyicha direktori, shuningdek,Nokia direktorlar kengashi aʼzosi etib tayinlangan.