Mariya Salomeya Skolovskaya-Kyuri (fransuzcha: Marie Curie,polyakcha: Maria Skłodowska-Curie) (1867-yil 7-noyabr,Varshava – 1934-yil 4-iyul, Sansbbvelmo,Parij yaqinidagi So shahrida dafn etilgan) –fransuz vapolyak fizigi va kimyogari.Radioaktivlik haqidagi taʼlimot asoschilaridan biri. U Nobel mukofotiga sazovor boʻlgan birinchi ayol,Nobel mukofotini ikki marta qoʻlga kiritgan tarixdagi birinchi olima(1903-yilfizika boʻyicha P. Kyuri va A. Bekkerel bilan hamkorlikda; 1911-yilkimyo boʻyicha) va ikki ilmiy sohadaNobel mukofotini qoʻlga kiritgan yagona inson. Uning turmush oʻrtogʻi Pyer Kyuri ushbu mukofot sovrindori boʻlgan va bu orqali bunday natijalaga erishgan tarixdagi birinchi oilaga aylanishgan. Kyurilar oilasi jami hisobda beshta Nobel mukofotiga sazovor boʻlishgan. U 1906-yilda Parij universitetida professor unvonini olgan birinchi ayol boʻlgan[6]. Parij tibbiyot akademiyasi aʼzosi (1922-yildan).
U oʻsha vaqtlarRossiya imperiyasi tarkibida boʻlganPolshaningVarshava shahrida tugʻilgan. U dastlab VarshavadagiFlying Universityni tamomlagan. 1891-yilda 24 yoshida u opasi Bronisława bilanParijga oʻqishga boradi, u yerni tamomlagach ilmiy ishini boshlaydi. 1895-yilda u fransuz fizigi Pyer Kyuri bilan turmushga chiqdi va u bilan birga 1903-yilgi Nobel mukofotini qoʻlga kiritadi. 1906-yilda turmush oʻrtogʻi Pierre Parijda baxtsiz hodisa oqibatida vafot etdi. Marie 1911-yilda radioaktiv izotoplarni izolyatsiya qilish uchun oʻzi ixtiro qilgan usullar yordamidapoloniy varadiy elementlarini kashf etganligi uchunKimyo boʻyicha Nobel mukofotiga sazovor boʻldi. 1920-yildaParijda Curie Institute in Paris va 1932-yildaVarshavada Kyuri Institute in Warsawlarga asos soladi.
Turmushga chiqqach u Pierre bilan Industrialfizika vakimyo maktabidagi uning laboratoriyasida ishlagan. 1897-yildan P. Kyuri bilan birgalikda A. K. Bekkerel ochgan (1896) uran tuzlarining nurlanishi ustida tadkiqotlar olib borgan va bu hodisaga „radioaktivlik“ deb nom bergan[7]. P. Kyuri bilan birgalikda poloniy va radiyni ochgan (1898). U radiyning metall namunasini olgan (1910; fransuz kimyogari A. Debyern bilan hamkorlikda) va uning xossasini oʻrgangan. Radioaktivlikning oʻlchash usullarini ishlab chiqqan[8].
Mariya Skodovskaya 1867-yil 7-noyabrdaRossiya Imperiyasiga qarashli Polshaning Varshava shahrida dunyoga klegan. U taniqli oʻqituvchilar[9] Bronislawa, Boguska va Vladislav Sklodovskiyning beshinchi va eng yoshi kichik farzandi. Maria (laqabi Mania)ning katta aka-ukalari Zofia (1862-yil), Yozef (1863-yil), Bronislava (1865-yil) va Gelena (1866-yil) edi[10][11].