Maranyan — Braziliyaning shim.gʻarbiy qismidagi shtat, Atlantika okeani sohilida. Maydoni 333,3 ming km². Aholisi 5,63 mln. kishi (2000). Maʼmuriy markazi — San-Luis shahri M. hududi Braziliya yassitogʻligining shim. kismi va sohilboʻyi allyuviy pasttekisligidan iborat. Ikdimi sernam, subekvatorial iqlim. Oʻrtacha oylik temperatura San-Luis shahri atroflarida 21—3 G, yillik yogin 1900 mm gacha, jan.-sharqiy qismida 650–1000 mm, sentabr-noyabr oylari kurgʻoqchil. Oʻsimligi yassitogʻlarda kserofil butalar va siyrak oʻrmonlar, pasttekislik qismida qimmatbaho daraxt turlariga boy sernam ekvatorial oʻrmonlardan iborat. M. xoʻjaligining asosini yirik dehqonchilikka asoslangan qishloq xoʻjaligi tashkil etadi. Dehqonchilik, asosan, shim., sohilboʻyi hududlar va daryo vodiylarida rivojlangan. Asosiy ekinlari — paxta, shakarqamish, tamaki, sholi. Shuningdek, makkajoʻxori, maniok, dukkaklilar ekiladi. Qoramol, choʻchqa, echki va qoʻy boqiladi. Baliq ovlanadi. Oʻrmonlarda palma yongʻogʻi, kokos yongʻogʻi va boshqa yigiladi. Yirik shakar zavodlari va toʻqimachilik korxonalari mavjud. Yirik daryolarida kema qatnaydi. Alkantara shahri yaqinida dengiz suvidan tuz olinadi. Yirik porti — San-Luis.[3]