Manhattan (talaffuzi: Manhetten) –New York shahrining besh hududidan biri. 2020-yil holatiga koʻra, aholisi 1 694 251 nafarni tashkil etadi. Maydoni – 87 km2. Asosan Manhattan orolida joylashgan boʻlib, u Nyu-York shtatining janubiy qismida, AQShning shimoli-sharqiy megapolisining markazida, shahar metropoliteni asosini tashkil etadi[2]. Manhattan iqtisodiy va maʼmuriy markaz boʻlibgina qolmay, madaniy, moliyaviy, ommaviy axborot vositalari va koʻngilochar poytaxt sifatida dunyoda tan olingan[3][4].
Manhattan hududi dastlabLenape yerlarining bir qismi boʻlgan[5]. Yevropaliklar tomonidan 1624-yilda hududda savdo punkti sifatida tashkil etilgan, 1626-yilda esa „Nyu-Amsterdam“ nomini olgan. 1664-yilda inglizlar tomonidan egallanganidan keyin bu yer „Nyu-York“ deb nomlangan[6]. 1785-yildan 1790-yilgacha Qoʻshma Shtatlar poytaxti boʻlgan bu shahar keyinchalik mashhurOzodlik haykali bilan ham dunyoga tanilgan[7].
Manhattan 1898-yilda Nyu-York shahri tarkibiga kirgan va shu vaqtdan boshlab markaziy rol oʻynagan. Aynan bu yerda joylashgan Stonewall Inn zamonaviy LGBT harakatining boshlanishiga sabab boʻlgan va hozirgi kunda ham Manhattan LGBT madaniyatining markazlaridan biri sifatida tan olinadi[8]. Shuningdek, bu yerdaJahon savdo markazi joylashgan edi, u 2001-yilning 11-sentabridagi terrorchilik hujumlarida vayron boʻlgan.
Manhattan Nyu-York shahrining iqtisodiy markazi boʻlib, uning 2,45 millionlik ishchi kuchi butun Nyu-York metropoliteni hududidan jalb qilinadi va bu butun shahar ish oʻrinlarining deyarli yarmidan koʻprogʻini tashkil qiladi. Manhattandagi ishchi kuchi koʻproq yengil xizmat koʻrsatish sohalariga yoʻnaltirilgan. 2010-yilda Manhattanning kunduzgi aholisi 3,94 millionga yetgan shu jumladan 1,48 million yoʻlovchi, tashrif buyuruvchi, sayyoh va talabalar ham keldi. Bu yerda 1,61 million ishchi kuniga kelib-ketib ishlaydi, va bu oqim mamlakatdagi har qanday okrug yoki shahar ichidagi eng yirik oqim hisoblanadi[9].